№1(3) 2022 "IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali
6
texnologiyalar, jumladan, dasturiy taʼminot, internet oʼyinlari, elektron tijorat, katta
hajmdagi maʼlumotlar bazasi massivlarini saqlash texnologiyasi hamda boshqalarga
sarmoyalarning ortishi hisobiga tarkibiy oʼzgarishlar roʼy bermoqda. Raqamli bozorlarning
rivojlanishi aholining taʼlim darajasi yuqori boʼlgan mamlakatlarda oson kechayotganiga
guvoh boʼlyapmiz. Yangi ehtiyojlar, axborot tezligi va hajmi kundan kunga ortib borishi
natijasida raqamli iqtisodiyotda yangi mahsulotlar yaratish orqali ehtiyojlarni arzon, tez,
samarali qondirishga erishiladi. Shu sababli, har bir mamlakat global bozorlarga chiqish
uchun raqamlashtirish imkoniyatlaridan unumli foydalanadi.
So‘ngi 3 yilda
mamlakatimizda raqamlashtirish, raqamli infratuzilmani yaratish
masalasi dolzarb kun tartibiga chiqdi. Xususan, bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 5 noyabrdagi PF-6079 sonli “Raqamli O‘zbekiston — 2030”
strategiyasi va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni, ilmiy
tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriyasi
bilan integrasiya qilish,
axborot
texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4851 sonli prezident qarori,
raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832 sonli qator qaror,
farmonlar ishlab chiqildi.
Bugungi kunda iqtisodiyotning real sektorida raqamli texnologiyalarni joriy qilish va
eksport salohiyatini raqamli iqtisodiyot texnologiyalari bilan rivojlantirish maqsadida
xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz:
-sanoat sektorida faoliyat yuritayotgan korxonalarda
zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy qilish orqali korxona ta’minotining barcha bosqichlarini
raqamlashtirish va boshqarishni ta’minlash hamda o‘rnatilgan dasturiy ta’minot
mahsulotlarini ushbu korxonalarni texnologik qayta jihozlash dasturlari bilan
uyg‘unlashtirish ishlarini tizimli amalga oshirish;
-eksport qiluvchi korxonalarda zamonaviy dasturiy mahsulot va ilg‘or axborot
kommunikatsiya tizimlarini joriy etish hisobiga mahsulot (ish, xizmat) sifatini jahon
standartlariga mos ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlarni oldini olish,
mahsulot tannarxini kamaytirishga va foydani maksimal ko‘paytirishga erishish bunda
moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion raqamli
boshqaruv tizimlari va Fintech (moliyaviy texnologiyalar) dasturiy
mahsulotlarni joriy
etishga erishish;
-ishchi joylarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda sun’iy intellekt
texnologiyalarini joriy etish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirish va inson
omilini chetga chiqarish;
-eksport operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash
va savdo hajmini oshirish maqsadida buyurtmachilar (mijozlar) bilan o‘zaro munosabat
mexanizmlarini shaffof, virtual, B2B shaklda masofaviy (onlayn platformalar) orqali
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali eksport salohiyatini oshirish;
-boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimini, jumladan, real
vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish hamda mamlakat
eksport salohiyatida katta ulushga ega yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda korxona
resurslarini boshqarish tizimi (ERP) joriy qilish orqali rivojlantirish mumkin.