№1(3) 2022 "IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro
ilmiy va innovatsion jurnali
14
texnologiyalarini va pochta aloqasi obyektlarida avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etish,
shuningdek, pochta va logistika xizmatlari sifatini oshirish eksport korxonalari uchun qator
qulayliklarni yaratadi, natijada transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish va mahalliy
ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini qulay va o‘z vaqtida eksport qilishni ta’minlash,
logistika xarajatalarini qisqartirish va natijada tannarxni kamaytirish imkoniyatini oshiradi.
O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika tashqi savdo
aylanmasi 28 216,0 million AQSh dollarini tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan
680,4 million AQSh dollariga (2,5 foizga) o‘sdi. Jahon Savdo Tashkiloti umumiy hajmida
eksport 10329,2 million AQSh dollarini (2020-yilning yanvar-sentyabr oylariga kelib 17,2
foizga pasayish qayd etilgan), import esa 17886,8 million AQSh dollarini (o‘sish 18,7 foiz)
tashkil etdi. Natijada tashqi savdo aylanmasi passiv saldosi 7557,6 million dollarni tashkil
etdi.
Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021-yilning may oyida 4250,1 million
AQSh dollari darajasida qayd etildi. 2020-yilning shu oyiga nisbatan o‘sish 2 078,9 million
dollarni tashkil etdi. 2021-yil sentabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 3252,2 million
AQSh dollarini tashkil etdi va 2020-yilning shu davriga nisbatan 10,1 foizga o‘sish
kuzatildi. O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2021-yilning uchinchi choragida 10
203,1 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu o‘tgan chorak ko‘rsatkichidan 6,5 foizga
kam natija qayd etildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 179 davlati bilan savdo aloqalarini amalga
oshirib kelmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha hamkor bo‘lgan 20 ta yirik davlat
orasida to‘rt davlat, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan ham
faol tashqi savdo balansi mavjud. Tashqi savdo aylanmasining passiv balansi qolgan 16 ta
davlatda saqlanib qolgan. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi XXR (19,1%),
Rossiya Federatsiyasi (18,1%), Qozog‘iston (9,9%), Turkiya (8,6%), Koreya Respublikasi
(4,9%), Qirg‘iziston (2,4%) va Germaniya (2,0%) qayd etilgan.
Rivojlangan davlatlarda eksport-import operatsiyalarini
amalga oshirishda onlayn
platformalarda savdo maydonchalari tashkil qilingan. Ushbu savdo maydonchalari orqali
bugungi kunda turli savdo operatsiyalari, kontragent shartnomalari blokcheyn modeli
asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa uchinchi tomon davlat, bank sektori, yoki
vositachilarga qilinadigan moliyaviy xarajatlarni tadbirkorlar
foydasiga tejab qolishga
imkon yaratmoqda. Savdo maydonchasi keng ko‘lamli bank xizmatlarini o‘z ichiga olgan
yoki bankdan tashqari moliyaviy xizmatlarni (qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar,
sug‘urta va boshqalar) taqdim etishga yo‘naltirilgan moliyaviy supermarketlarning biznes
modeli hisoblanadi. Bundan tashqari, eksport operatsiyalarini amalga oshirishda Fintech
texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan tijorat banklari tomonidan mijozlarga bank-mijoz,
sms-banking, internet-banking va boshqa masofaviy bank xizmatlari shu jumladan, mobil
ilovalar orqali xizmat ko‘rsatish eksport ko‘lamini va sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Tijoratni amalga oshirishda raqamli texnologiyalar, jumladan elektron tijorat bilan
shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarini QR kodli
to‘lovlar texnologiyasi va NFS texnologiyalari orqali amalga oshirish, mobil qurilmalar
orqali to‘lovlarni zamonaviy va qulay bo‘lgan masofaviy usullarda
qabul qilish orqali
ma’muriy va operatsion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini yaratadi.
Xulosa
Raqamli iqtisodiyotga o‘tishning yagona yo‘li – bu ishlab chiqarishning barcha
bosqichlarini raqamlashtirishdan boshlash kerak. Yuqori texnologiyali sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni rivojlantirishda Sanoat 4.0
"IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №1(3) 2022
15
konsepsiyasida keltirilgan yangi texnologiyalarni qo‘llash yo‘lidagi muhim qadamdir. Bu
nafaqat murakkab mahsulotlarning modellarini, balki mahsulotning hayot aylanishining bir
qismi bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari, tizimlari, manbalari va boshqa elementlarni ham
raqamlashtirishni o‘z ichiga oladi. Bu ishlab chiqarish korxonalari uchun tashqi bozor
talablariga muvofiq raqamli texnologiyalar asosida sifatli, innovatsion va raqobatbardosh
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mahsulot ishlab chiqarish va
sotishda tannarxni optimallashtirishga va
foydani maksimallashtirishga, raqamli
platformalarni rivojlantirish va tashqi bozorlarda chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish
orqali yangi eksport bozorlarini izlash, bu orqali zamonaviy sanoat mahsulotlarini eksport
qilishga ixtisoslashgan raqamli klaster tizimini rivojlantirishga,
eksport faoliyatini
rivojlantirish orqali esa jahon bozori reytingidagi o‘rnimizni yaxshilashga, ishlab chiqarish
xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga, biznes boshqaruvi jarayonlariga yuzaga
kelayotgan turli muammolarni hal qilish va zamonaviy biznesda samaradorlikni oshirish
imkoniyat yaratishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish
orqali korxona ta’minotining barcha bosqichini raqamlashtirishga erishish, raqamli
boshqaruvni ta’minlash va real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini
joriy qilib tizimli
tahlillarni yuqori aniqlik bilan prognozlashtirishga erishish mumkin. Bundan tashqari,
logistika tizimida raqamli infratuzilmani takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni
joriy etish maqsadida raqamli logistika tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish shuningdek, bu
orqali logistika va xarid xarajatlarini qisqartirishga erishish mumkin. Eksportyor
korxonalarda zamonaviy dasturiy mahsulot va ilg‘or axborot kommunikatsiya tizimlarini
joriy etish hisobiga mahsulot (ish, xizmat) sifatini jahon standartlariga mos ishlab
chiqarish, ishlab chiqarishdagi uzilishlarni oldini olish, mahsulot tannarxini kamaytirish va
foydani maksimal ko‘paytirishga erishish bunda moliyaviy-iqtisodiy
tizimning
shaffofligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion raqamli boshqaruv tizimlari va Fintech
(moliyaviy texnologiyalar)ni qo‘llash natijada esa inson omilini chetga chiqarish, ishchi
joylarini bosqichma-bosqich avtomatlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy
etish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirishga, eksport operatsiyalarini amalga
oshirishda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va savdo hajmini oshirish maqsadida
buyurtmachilar (mijozlar) bilan o‘zaro munosabat
mexanizmlarini shaffof, virtual, B2B
shaklda masofaviy (onlayn platformalar) orqali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali yuqori
eksport salohiyatini oshirishga erishish mumkin.