"IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №1(3) 2022
7
o‘zgartirmoqda. Ayni damda iqtisodiyotning har bir sektorida biznes yuritish internet va
raqamli ma’lumotlar bazasiga tayanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi
hukumat, biznes va fuqarolik jamiyati raqamli texnologiyalardan barqaror iqtisodiy
o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy inklyuzivlikni mustahkamlash,
faol jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va boshqaruv sifatini yaxshilash maqsadida
foydalanishi mumkin. Bu borada qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan xususan,
World Economic Forum (2019) tahliliga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlardagi
kichik va o‘rta korxonalar hamda yirik biznes subyektlari uchun raqamli platformalardan
foydalanish, internet orqali sotuvni yo’lga qo’yish, kontragent shartnomalarini tuzish, keng
qamrovli mahsulot (ish, xizmat)larni taqdim etishda yuqori samara beradi. Masalan, onlayn
to‘lov mexanizmlaridan global iste’molchilarga erishish uchun
foydalanish korxonalar
eksport operatsiyalarini amalga oshirish uchun, eksportda yuqori o’sishni ta’minlashda
raqamli platformalardan foydalanish qulay imkoniyat yaratadi.
2020-yilda AKT xizmatlari jahon bo‘ylab jami xizmatlar eksportining qariyb 14
foizini tashkil etdi, shu bilan birga raqamli yetkazib beriladigan xizmatlar savdosining uzoq
muddatli o‘sish tendensiyasi tez sur’atlarda tezlashdi. Pandemiya sababli ko‘plab
mamlakatlarda amalga oshirilgan chegaralardagi cheklovlari tufayli aloqa xizmatlari,
kompyutyer xizmatlari va dasturiy ta’minotdan foydalanish ko‘paydi, natijada dunyo
bo‘ylab AKT xizmatlari eksporti qiymati 676 milliard dollarga yetdi. Bu jami xizmatlar
eksportining qariyb 64 foizini raqamli yetkazib berish xizmatlarini egalladi va jami
xizmatlar savdosining misli ko‘rilmagan pasayishi fonida
AKT xizmatlari eksportiga
nisbatan kam salbiy ta’siri kuzatildi. Biroq bu ulushlar barcha hududlarda oshgan bo‘lsa-
da, raqamlashtirishning pandemiya bilan bog‘liq tezlashishi raqamli tafovutlarni yanada
kuchaytirdi va rivojlanishda ortda qolayotgan mamlakatlar raqamli tendensiyalarga
moslashib biznesni saqlab qolish xavfini keltirib chiqardi. “Iqtisodiyotni raqamlashtirish
past sur’atlarda o‘sayotgan davlatlarda elektron savdoga tayyorgarligi kamligi mamlakatda
raqamli savdo birdan bir muhim soha bo‘lib qolgan bir paytda raqamli savdo
operatsiyalarini amalga oshirishga to‘sqinlik qildi”, deydi Shamika N. Sirimanne (2020),
UNCTADning texnologiya va logistika bo‘yicha direktori. Bunda raqamli iqtisodiyotga
yetib olish uchun raqamli tayyorlik bo‘yicha ketayotganlarning imkoniyatlarini oshirish
zarurligini ta’kidlaydi.
Joshua P. M., (2020) fikriga ko‘ra, yuqori o‘sishga
erishayotgan davlatlarda
professional IT platformalari kabi yangi raqamli xizmatlar ishlab chiqarish kundan kunga
oshib bormoqda va ushbu platformalar orqali sotish biznesning muhim faoliyat turiga
aylandi. Onlayn platformalar orqali moliyaviy va ta’lim xizmatlarini onlayn tarzda ko‘proq
sotishga erishish mumkin.
Qayumov S., va boshqalar (2020) tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, Bulutli hisoblash, Big
data ya’ni ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish kabi yangi elektron xizmatlar tovarlar
eksportiga qiymat qo‘shish imkonini beradi va bu global ma’lumotlar oqimlari global
qiymat zanjirlarini asoslaydi. 3D bosib chiqarish, M2M
kommunikatsiyalari, Fintech
(moliyaviy texnologiyalar), blokcheyn modeli asosida qurilgan savdo maydonchalari kabi
raqamli platformalarni iqtisodiyotda o‘sishi eksport operatsiyalarini tartibga soluvchi
hamkorlikka ta’sir ko‘rsatishi ya’ni savdo bilan bog‘liq transchegraviy shartnomalarni
tuzishga, kontragent aloqalarni o‘rnatishga, yetkazib berish va sotishni osonlashtirishga,
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga,
tannarxni
minimallashtirishga
va
savdo
operatsiyalari
yanada
xavfsiz
va
takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
Pogorleskiy va Sutyrin. (2020) o‘z tadqiqot ishlarida transchegaraviy elektron
№1(3) 2022 "IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro
ilmiy va innovatsion jurnali
8
tijoratda soliq va bojxona to‘lovlarini undirish, eksportchilarga QQS tovonini hisoblash va
internet-do‘konlarda tushumlarni hisobga olishning samarali avtomatlashtirilgan
tizimlarini yaratilishi soliq tizimini suiste’mol qilishning oldini olishga, soliqdan qochish
ehtimolliklarini maksimal darajada kamaytirishga, shuningdek, firmalar tomonidan soliq
ma’murchiligi xarajatlarini kamaytirishi ilmiy jihatdan asoslashgan.
Boughanmi H. (2018) tahliliga ko‘ra, elektron tijoratni kengaytirish va elektron
tijorat tranzaksiyalarini rag‘batlantirish savdo logistikasi samaradorligini oshirishga, savdo
xarajatlarini kamaytirishga, global va mintaqaviy savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-
quvvatlash asosiy elementi sifatida keltirib o‘tgan.
Rajapova M. (2019) raqamli iqtisodiyot sharoitida fan va texnologiya yutuqlarining
strategik vazifalarini hal qilishga qaratilgan innovatsion faoliyatni institusional qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlarini tahlil qilgan. Shuningdek, elektron
tijorat va zamonaviy
axborot texnologiyalarini joriy etish rivojlanayotgan ochiq bozor iqtisodiyotiga ega
mamlakatlarda innovasiyalarni rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotga o‘tish shaffoflikni
ta’minlash bilan bir qatorda yuqori darajadagi investitsiyalar oqimini jalb qiladi deya
ta’kidlagan.
Szalavetz A. (2019) ilmiy izlanishida zavod iqtisodiyotida ilg‘or ishlab chiqarish
texnologiyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar bo‘yicha faoliyat yurituvchi ishlab
chiqarish sho‘ba korxonalarini modernizatsiya qilish tartibini o‘zgartirish
masalalarini
o‘rganadi.
Ahmedov I. (2020) tahliliga ko‘ra, iqtisodiyotni raqamlashtirish xalqaro va ichki
savdo o‘rtasidagi chegaralarning yo‘qolishiga, uy xo‘jaliklari va ularning savdo
faoliyatining yangi shakllarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada, bulutga asoslangan
yangi savdo usullari virtual savdo platformalarini qamrab olgan xalqaro standartlarni
darhol yaratish vazifasini qo‘yadi. Bu ixtirochilar,
muhandislar, ishlab chiqaruvchilar,
vositachilar, iste’molchilar, hukumat va fuqarolik jamiyati vakillari intellektual mulk
huquqlariga oid barcha tartibga solish jarayonlarini ko‘rib chiqish uchun tez o‘sib
borayotgan ma’lumotlar oqimini tahlil, monitoring qilib borishni talab qiladi.
McKinsey. (2017) tahliliga ko‘ra, raqamli iqtisodiyotda IT-dan foydalanish orqali
xarajatlarni kamaytirishga erishiladi, bu esa optimallashtirish va samaradorlikni oshirishga
olib keladi. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulot hajmini oshishiga, aholi jon boshiga
to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot ulushini aholi turmush darajasiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatishiga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirish va ehtiyojlarni raqamli,
manzilli qondirish imkoniyatini yaratadi.
Altiev Q.C., Qayumov S. (2020) fikriga ko‘ra, elektron
hukumatni rivojlantirishda
mamlakatda resurslarining cheklanganligi, raqamli infratuzilmani yo‘lga qo‘yishda
uzluksiz elektr ta’minotining yetishmasligi, internet ishlash tezligining talab darajasida
emasligi, chekka hududlarda AKT aloqa kanallarining yetib bormaganligi va yoki
imkoniyatlarning yetarli darajada emasligi kabi muammolarga duch keladi.