-rasm. Tan olishdan keyingi baholash




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

2-rasm. Tan olishdan keyingi baholash
2
 
Agar biz qayta baholash modelidan foydalansak korxona aktivlarini har yili 
qayta baholash shart emas. Lekin, qayta baholash bu shu darajada tez-tez bo‘lishi 
kerakki, hisobot kunidagi asosiy vositalarning balans qiymati uning haqqoniy/adolatli 
2
Muallif tomonidan tayyorlandi.
Tannarx modeli
Ushbu modelda asosiy vositalarni tannarxi 
bo'yicha hisobga olasiz va amortizatsiya/eskirish 
summasiga, hamda qadrsizlanish summasini 
hisobga olib kamaytirib borasiz.
Tannarx modeli
Qayta baholash modeli
Ushbu modelda asosiy vositalarni adolatli/haqqoniy qiymat 
bo'yicha qayta baholashingiz kerak.
Qayta baholangandan so'ng, balans qiymatini amortizatsiya va 
qadrsizlanish orqali kamaytirasiz.
Qayta baholash modeli


256 
qiymatidan sezilarli darajada farq qilib qolmasligi kerak. Shuningdek, baholash 
uchun tashqi baholovchilarni jalb qilish shart emas. Agar korxonada yetarlicha 
tajribaga ega hodimlar bo‘lsa, qayta baholashni rahbari ham qilsa bo‘ladi.
MHXS asosiy vositalarni qayta baholashdagi yo‘qotish eng qisqa vaqt ichida 
foyda va zarar to‘g’risidagi hisobotda tan olishga majbur qiladi va shu bilan bir 
vaqtda, daromadni foyda va zarar to‘g’risidagi hisobotda tan olishni kechiktiradi. 
Endi esa Tannarx modeli haqida aytadigan bo‘lsak bu modelda kerak bo‘ladigan 
yagona narsa bu - asosiy vositalarni yaroqlilik muddatigacha amortizatsiya qilish 
(qoldiq qiymatidan tashqari). Bu vaziyatda yer amortizatsiya qilinmaydi. Sababi unda 
cheksiz yaroqlilik muddati borligi tufayli. 
Asosiy vositalarning ba’zi elementlarida turli xildagi komponentlar bo‘lishi 
mumkin, va har bir muhim komponentning har xil yaroqlilik muddati bor. Shuning 
uchun, buxgalteriya dasturida yirik aktivlarning muhim tarkibiy qismlarini Asosiy 
vositalar jurnalida alohida qayd etish muhimdir. Misol, samalyot va uning dvigateli 
bo‘lishi mumkin; bino va uning turli xil almashtiriladigan qismlari; va boshqalar. 
Asosiy vositalarda biz foydalana oladigan turli xildagi eskirish/amortizatsiya usullari 
mavjud. Eng mashhurlaridan biri [bir maqomli] to‘g’ri chiziq usuli, so‘ngra qoldiqni 
kamaytirish va ishlab chiqarish usullari hisoblanadi. 
Asosiy vositalarning chiqib ketishi sodir bo‘ladi qachonki aktiv kelajakdagi 
iqtisodiy qiymatga ega bo‘lmaganda yoki uni boshqarish huquqini yo‘qotganingizda 
(masalan, sotilgan yoki tasarruf etilganda). Asosiy vositalarni hisobdan 
chiqarilgandan so‘ng, har qanday daromad yoki xarajat to‘g'ridan-to‘g'ri foyda va 
zarar to‘g’risidagi hisobotga olinadi. Agarda qayta baholash usulidan foydalansak, 
rezervda qayta baholash bo‘yicha to‘plangan daromad foyda va zararga "qayta 
ishlanadi". Bunda esa boshqa umumlashgan daromadni debitlab, foyda va zarar 
to‘g’risidagi hisobotni kreditlash orqali amalga oshiriladi. 

Download 8,84 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish