Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘RQ-404-
son Qonuni. 2016-yil 13-aprel.
257
2.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2020-yil
24-fevraldagi
PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
3.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS).
4.
Shakarov Q.M. Asosiy vositalar hisobi va nazoratini tashkil qilish
(mulkchilikning turli xil shakllarida). Toshkent moliya instituti, i.f.n., diss.
avtoref.: 2000.
5.
Ibragimov A., Rizayev N. Asosiy vositalar hisobining xususiyatlari.// Soliq
solish va buxgalteriya hisobi №8 2007. 9-14 betlar. -B 1.
6.
Karimov A.A., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Imamova N.M. Xalqaro
moliyaviy hisobot standartlari Darslik. -T: «MOLIYA». 2021. –B. 235.
7.
www.lex.uz/docs/821041
5-sonli “Asosiy vositalar” nomli BHMS.
MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI TALABLARI
ASOSIDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING HISOBINI TASHKIL
ETISH METODOLOGIYASI
Jizzax politexnika instituti katta o’qituvchisi
Bobobekov Baxrom Qaxxarovich
Annotatsiya:
Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, uning
talablari va maqsadlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, tovar-moddiy
zaxiralarning hisobini tashkil etishning huquqiy asoslari, asosiy vazifalari va ushbu
jarayonni yanada yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlar aks etgan.
Kalit so`zlar:
Mulkchilik, milliy standart, investor, sub’ekt, moliyaviy hisobot,
kapital, daromad, xarajatlar, Tovar-moddiy zaxiralar, investitsiya, moddiy aktivlar.
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
ta`kidlaganidek:
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o`sishning yuqori
sur`atlarini saqlab qolish, jumladan, milliy valyuta va ichki bozordagi narx
darajasining barqaror bo`lishini ta‟minlash - eng muhim ustivor vazifamizdir” [5].
Shuningdek, xo`jalik subyektlarini yanada rivojlantirish masalalari 2017-2021-
yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi
258
bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo`nalishlarda ham alohida
belgilab berilgan[6].
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investistiyalarni to`g`ridan-to`g`ri jalb
etilishi, erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi buxgalteriya
hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil qilishni zarurat
qilib qo`ymoqda. Hozirgi vaqtda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari xo`jalik
subyektlar tomonidan tashqi foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirishga yo`naltirilgan
buxgalteriya axborotini tayyorlashda tobora keng foydalanilmoqda. Bu holat
axborotni sifatini oshirish, kapital qiymatini pasaytirish, kapital bozoriga kirishni
osonlashtirish kabi bir qator sabablar bilan izohlanadi. Ma`lumki, moliyaviy
hisobotlar xalqaro standartlarini bilmasdan turib ushbu standartlarga o`tib bo`lmaydi.
Bugungi kunda, buxgalteriya hisobining xalqaro standarti sifatida ikkita etalon:
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari – MHXS (International Financial
Reporting Standards – IFRS) hamda AQShning Buxgalteriya hisobining umumqabul
qilingan qoidalari – BHUQ (Generally Accepted Accounting Principles – GAAP) tan
olingan.
Jahon fond bozorlarida listingdan o`tish uchun taqdim qilinadigan moliyaviy
hisobot aynan shu ikki standart talablari asosida tayyorlanadi va taqdim etiladi.
Bunda shuni e`tiborga olish lozimki, AQSh fond bozori listingiga kirish uchun
GAAP (BHUQ) talablari, qolgan fond birjalari uchun esa MHXS talablari asosida
moliyaviy hisobot taqdim etiladi.
AQShning Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan qoidalarida “standart”
so`zi mavjud emas. Lekin yuqoridagi standartlarga berilgan ta‟riflarga muvofiq,
GAAPni buxgalteriya hisobining xalqaro standarti sifatida qarashimiz mumkin.
Ko`pgina xorijiy olimlar tomonidan ham GAAP xalqaro standart sifatida tan olinadi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti hisoblangan GAAP yaratilishida Ingliz-
sakson buxgalteriya hisobi qoidalari katta manba bo`lib xizmat qilgan. Shu bilan
birga, uning nazariy asoslarini ishlab chiqishda mamlakatning, nafaqat buxgalteriya
hisobi bilan bevosita shug„ullanuvchi olimlari, balki barcha iqtisodiy yo`nalishda
faoliyat yurituvchi mashhur olimlar o`z hissalarini qo`shishgan. Lekin GAAPning
259
rivojlanishida qanchalik ko`p omillar o`z izini qoldirmasin, u pozitivizm ta`siri
doirasida shakllandi (pozitivizm-fanning rolini faktlar va hodisalarni yozib
borishdangina iborat deb cheklab qo`yadi, ularning mohiyatini tushuntirib berishdan
bosh tortadi, u asosan amaliyot va tajribaga tayanadi). Ishonch bilan aytish
mumkinki, GAAP AQSh iqtisodiyotining ellik yillik amaliy tajribasining mevasidir.
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda moliyaviy hisobotlarini milliy standartlardan xalqaro standartlar asosida
tuzish muhim hisoblanib, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni
xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi va o’zining
sarmoyasini kiritish bo’yicha engilliklar tug’diradi. Buxgalteriya hisobi ma’lum bir
xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash, qayta
ishlash va moliyaviy hisobot shaklida faoliyat yurituvchi sub’ektning moliyaviy
holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga ma’lumotni yetkazib berishni amalga
oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi – turli foydalanuvchilarni
ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni olish uchun eng kam sarf-
xarajatlar bilan qondirishdir[1]. O’z-o’zidan ma’lumki qarorlarni qabul qilish uchun
axborot tizimdan foydalanish natijasida olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy naflar
ushbu tizimga ketgan xarajatlardan ustun bo’lishi lozim. Demak, moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari predmeti bo’lib, xalqaro standartlar asosida pul
ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari, ularning
xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalari bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moddiy va nomoddiy aktivlar, majburiyatlar,
kapital, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan
bog’liq bo’lgan xo’jalik, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining ob’ektlari
hisoblanadi. Aktivlar - avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida olingan va
korxona tomonidan nazorat qilinadigan, ularni foydalanishdan kelajakda iqtisodiy naf
olinishi kutiladigan resurslardir. Majburiyatlar – bu avvalgi davrlarda sodir etilgan
hodisalar natijasida paydo bo’lgan korxonaning joriy qarzi, ushbu qarzlar qaytarilishi
natijasida korxonaning iqtisodiy nafni o’z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib
keladi[2]. Xususiy kapital – bu barcha majburiyatlarni ayrgandan keyin korxonaning
260
aktivlardagi bo’lgan ulushi. Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va
asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi
bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan kapital bundan mustasnodir. Zararlar – bu
asosiy faoliyat va barcha xo’jalik muomalalari, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy
kapitalning kamayishi bo’lib, harajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi
natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. Foyda faoliyat natijalarini o’lchashda
yoki boshqa ko’rsatkichlarni, ya’ni investitsiyani olib kelgan foydasi, bir aktsiyaga
to’g’ri keladigan foyda kabilarni asosi sifatida foydalanadi. Foydani o’lchash bilan
bevosita bog’liq elementlar – bu daromadlar va xarajatlardir[3].
Daromadlar – bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko’payishi yoxud
majburiyatlarni kamayishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy
kapitalni oshiradigan iqtisodiy naflarni ko’payishi, ammo aktsiyador kapitalga
ta’sischilar tomonidan to’lanadigan badallar bundan mustasnodir. Xarajatlar - bu
aktivlarni sarflanishi yoki yemirilishi yoxud majburiyatlarni ko’payishi shaklida
vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni kamaytiradigan iqtisodiy
naflarni kamayishi, ammo aktsiyador kapitalni ta’sischilar orasida taqsimlanishi
bundan mustasnodir.
Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish
jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan,
shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish
jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun
foydalaniladigan moddiy aktivlardir
1
.
Tovar-moddiy zahiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki
bir operatsion tashkil mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish –
ta’mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va yonilg‘ilar, ozuqa va em-
hashak, tara (idish)lar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari,
o‘stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun
materiallar hamda laboratoriya sinovida bo‘lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan
materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-kurs ishi ishlari uchun maxsus
asbob- uskunalar va boshqalar qiradi[4].
261
Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish
jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan,
shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish
jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun
foydalaniladigan moddiy aktivlardir
1
.
Tovar-moddiy zahiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki
bir operatsion tashkil mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish –
ta’mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va yonilg‘ilar, ozuqa va em-
hashak, tara (idish)lar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari,
o‘stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun
materiallar hamda laboratoriya sinovida bo‘lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan
materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-kurs ishi ishlari uchun maxsus
asbob- uskunalar va boshqalar qiradi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, umuman byudjet tashkilotlari hisob
tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqib tovar moddiy
zahiralar hisobini yanada yaxshilashda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz:
Tovar moddiy zahiralar hisobini qonuniy xujjatlar talablariga qatiy amal
qilgan xolda amalga oshirish; byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralarini
hisobdan chiqarish bo‘yicha alohida yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash; tovar
moddiy zahiralarini o‘z vaqtida to‘g‘ri buxgalteriya xujjatlarida hamda hisob
registrlarida aks ettirishni ta’minlash uchun ichki hisob siyosatini tasdiqlash; tovar
moddiy zahiralarini byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘lar
hisobidan kirim qilinganligini aks ettirish uchun ishchi schyotlar rejasini tuzib olish.
Ya’ni Byudjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 06 “Boshqa
tovar-moddiy zahiralar” schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga
kirim
qilingan materiallar manbaalari bo‘yicha alohida shakllantirib olishi mumkin.
|