Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

Xulosa va takliflar 
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, O‘zbekistonda chakana investorlar 
ko‘lamini kapital bozorida oshirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib 
qolmoqda.
Mavzu doirasida olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida quyidagicha xulosalarga 
keldik: 
Birinchidan, chakana investorlarning investitsion faoligini oshirishda aholi keng 
qatlamining moliyaviy savodhonlik darajasini ko‘tarish; 
Ikkinchidan, chakana investorlar faolligini oshirishda emitentlar va savdo 
tashkilotchilar tizimiga aholi keng qatlamining ishonchini kuchaytirish; 
Uchinchidan, chakana investorlar uchun moliyaviy hizmatlar hamda moliyaviy 
instrumentlarning jozibador turlari, qulay savdo mexanizmalari hamda daromadli 
yo‘nalishlar bo‘yicha bozorni o‘rganuvchi konsalting kompaniyari orqali 
ma’lumotlarni jamlab ular haqida keng ommani xabardor qilish; 
O‘zbekistonda yuqoridagi kabi masalalarning yechimi sifatida quyidagilar taklif 
qilishimiz mumkin: 
Birinchidan, aholining o’rtacha ish haqini oshirish, aholi jon boshiga YaIM 
hajmini oshirish; 
ikkinchidan, aholi keng qatlamining moliyaviy savodhonligini oshirishda yuqori 
o‘rinlarda turuvchi mamalakatlar (Daniya, Norvegiya, Shvedsiyada 71% aholisi 
moliyaviy savodxon hisoblanadi)[11] tajribasidan foydalanish ya’ni, maktabning 
yuqori sinflarida moliyaviy savodhonlik darslarining majburiy fan sifatida o‘tilishini 


273 
amalga oshirish. Bundan tashqari, media maydonda Moliya vazirligi tomonidan 
moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha ishonchli va sodda axborotlarni keng 
ommaga yetkazish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy 
savodxonlik bo‘yicha axborot-ta’lim veb-sayti sayti haqida keng ommani tanishtirish 
va ushbu sayt o‘quv materiallarini muntazam takomillashtirib, boyitib borish; 
uchinchidan, Emitent hamda savdo tashkilotchilari haqida axborotlar ochiqligini 
yanada kuchaytirish. Moliya vazirligining Korporativ axborot yagona portal hamda 
Ochiq ma’lumotlar portalining sayt ma’lumotaridan emitent va savdo ishtirokchilari 
haqida barcha ma’lumotlarni doimiy yangilab ommalashtirib borish.
To’rtinchidan, fond birjasida moliyaviy instrumentlarning yangi turlari savdosini 
amalga oshirish bo‘yicha ichki “benchmark”larni tashkil etish, moliya bozorida 
resurslar jalb qilishda bozor holatini baholash imkoniyatlariga ega xizmat 
kо‘rsatadigan konsalting institutlari faoliyatini rivojlantirish. Bunda moliya bozori 
instrumentlarining har bir turi (kreditlar va fond bozori instrumentlari,…) bo‘yicha 
bozorda aniq tahliliy hisob kitoblarga asoslangan ma’lumotlar bazasini shakllantirish 
va doimiy yangilab borish biznikcha mamalakatimizda kapital bozorida chakana 
investorlar faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 8,84 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish