268
Mahalliy olimlarimizdan N.M.Maxmudov hamda N.R.Avazovlar o‘zlarining
ilmiy risolalarida O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan
samarali foydalanish yo‘llari bo‘yicha izlanishlar olib borishgan.
Bunda mualliflar
investitsion jazobadorlik, investitsiyani sohalar va iqtisodiyotga yo‘naltirishga ta’sir
etuvchi omillar borasida izlanishlar olib borishgan [4].
S.E.Elmirzayev
izlanishlarida rivojlangan
davlatlarda divedent siyosati,
korporativ tuzilmalar faoliyatini oʻz mablagʻlari va qarz mablagʻlari hisobiga
moliyaviy ta’minlash
masalalari, korxonalar faoliyatiga xorijiy kapitalni jalb etish
yoʻllari,
kapital bahosini aniqlash, moliyaviy aktivlar daromadliligini baholash
yoʻnalishlari kabi masalalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib bergan[5].
F.T.Muxamedov ilmiy izlanishlarida fond birjalarida
savdo mexanizmalarini
o‘rganishga e’tibor qaratgan. Savdo mexanizmlarining savdo jarayonlarining
ishtirokchilar uchun qulayligi, fond bozoriga yo‘naltiriladigan kapital hajmiga ta’siri,
birja savdo tizimlari orqali mamlakat iqtisodiyotiga
hamda fond bozoriga
yo‘naltirilgan kapital hajmi o‘rganilgan [6].