266
recommendations were developed to increase the activity of retail investors in the
capital market in Uzbekistan.
Key words:
capital market,
retail investors, purchasing power parity, trading
mechanism, financial literacy, fractional shares, cryptocurrency, personal portfolio.
Kirish
Investitsion faoliyatning jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy o‘sishni
samarali milliy kapital bozorisiz amalga oshirish mumkin emas. «Rivojlangan milliy
kapital bozori esa iqtisodiyotning o‘sishiga
hamda mulkdorlar jamiyatini
shakllantirishga yordam beradi» [1] va aksincha, mulkdorlar sinfining iqtisodiyotda
mavjudligi kapital bozorida chakana investorlar faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir shaxs о‘z moliyaviy holatini yaxshilash va
daromadini oshirish uchun shaxsiy mablag‘larini investitsiyalarga yo‘naltiradi.
Bugungi kunda bu faoliyatni moliya bozorisiz amalga oshirish bir muncha murakkab
masala bo‘lib, hech bo‘lmaganda resurslar transaksiyasini
bank tizimi orqali amalga
oshirish zarurati yuzasidan moliya bozoriga murajaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Moliya
bozorining bugungi rivojlanish tendensiyalari shuni ko‘rsatmoqdaki dunyo
aholisining katta qismi (asosan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda) ortiqcha
moliyaviy resurslarini kapital bozori orqali ko‘paytirishga va jamg‘armalarini fond
instrumentlariga
yo‘naltirishga
harakat
qilmoqda.
Xususan,
AQShda
uy
xo‘jaliklarining 52 % aksiyalar bozoriga bevosita yoki bilvosita investitsiya qiladi.
Buning asosiy sabablari jahonda fond instrumentlarining istalgan toifadagi
(daromadga
munosabati, riskga munosabati, hududni hisobga oluvchilar va hatto
investorning diniy mansubligi) investorlarga mo‘ljallangan moliyaviy instrument
turlarining mavjudligi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Chakana investorlar o‘z jamg‘armalarini investitsiyalarga yo‘naltirishlari
orqali
o‘z kapitalini ko‘paytirishni maqsad qilgan holda iqtisodiyot tarmoqlarida kapital
harakatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari chakana investorlar Kapital
bozoriga investitsiya yo‘nalitirishining yana bir ijobiy jihati shundaki,
investor
o‘zining kelgusidagi iqtisodiy farovonligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
So‘ngi yillarda moliyaviy aktivlar bahosining xalqaro bozorda doimiy o‘sish
267
tendensiyasi
hisobidan
chakana
investorlarning
moliya
bozoriga
kapital
yo‘naltirishlari faollashib bormoqda. Moliya bozorida faoliyat yuritayotgan
kompaniyatlar (banklar, fond birjalari, sug‘ruta kompaniyalari, brekerlik tashkilotlari,
va h.k.) o‘z mijozlari sonini, hizmatlar hajmini oshirish maqsadida kundan-kunga
yangi
innovasion texnologiyalar, yangi hizmat turlari va yangi savdo platformalarini
ishlab chiqib bozorda taklif etayotganlari ijobiy baholanmoqda. Ammo buning
natijasida axborot manbai kengayib, bozorda
investorlar uchun ishonchli
ma’lumotlarni topish borgan sari qiyinlashib, ularni himoya qilish imkoniyatlari
pasayib bormoqda. Bu kabi riskli holatlarni oldini olish uchun esa keng aholi
qatlamida moliyaviy savodhonlik darajasini oshirish
muhim ahamiyat kasb etishi
hech kimga sir emas. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda ushbu maqolada kapital
bozorida
chakana
investorlarning
faolligiga
ta’sir
ko‘rsatuvchi
omillarni
tizimlashtirib sodda ko‘rinishlarda tahlil qilishga harakat qilamiz.