262
2.
Mehmonov S.U Byudjet hisobi. O‘quv qo‘llanma. T: Fan va texnologiya
2012.
3.
Ostanaqulov M. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi. O‘quv
qo‘llanma. T.: "IQTISOD-MOLIYa", 2009.
4.
Ostanaqulov M. Byudjet hisobi. Darslik. T.: "TALQIN", 2008.
5.
Mirziѐyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. – T.:
O`zbekiston, 2017. – 66 b.
6.
«O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar
strategiyasi to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-sondli farmoni.
MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA
O‘TISHNING TASHKILIY-ILMIY ASOSLARI
Jumayeva Gulrux Jo‘raqulovna-QarMII,
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti
O‘zbekiston bugungi kunda jahon hamjamiyatining faol
ishtirokchisiga aylanib
borayotganligini dunyo miqyosida o‘tkazilayotgan sammitlardagi ishtiroki ham
ko‘rsatib turibdi. Xususan, joriy yilning 19 may kuni Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sian
shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo-Xitoy” Sammitida O‘zbekiston Resbublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ishtiroki ham alohida ahamiyat kasb etdi. Aynan,
Sammitda ta’kidlanganidek. “Dunyoga farovon Markaziy Osiyo kerak. Bu jahon
iqtisodiyotining tiklanishiga ham kuchli turtki beradi”
3
.
Shuday ekan, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ko‘lamini kengaytirish,
xalqaro fond bozorlaridagi ishtirokini kuchaytirish dolzarb masala hisoblanadi va
bunda hisob-kitob tizimini umume’tirof etilgan xalqaro
standartlar asosida tashkil
etish davr talabidir. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi “biznes tili” deb qabul qilingan.
Chunki, iqtisodiy subektlar bir-biri bilan iqtisodiy aloqada bo‘lar ekanlar, ular o‘z
3
https://kun
uz/11143384
263
sheriklarning moliyaviy holatini yaxshi bilishlari shart. Moliyaviy holatini o‘rganish
uchun esa uning moliyaviy hujjatlarini tushunishlari, hamkorlikdagi sub’yektlar bir-
biriga zid kelmaydigan bir xil tamoyil va qoidalar asosida moliyaviy hisobotlarni
tayyorlashlari zarur. Bir so‘z bilan aytganda, moliyaviy hisobot tiniq va aniq hamda
eng asosiysi ishonchli bo‘lishi lozim.
Shunday ekan, bugungi kunda mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar,
barcha xo‘jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy hisobotlarini
milliy standartlardan
xalqaro standartlar asosida tuzish muhim hisoblanib, xalqaro standartlar asosida
tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga
ega bo‘lishi va o‘zining sarmoyasini kiritish bo‘yicha qarorlar qabul qilishlarida
yengilliklar tug‘diradi.
Ma’lumki, buxgalteriyaning maqsadi – turli foydalanuvchilarni ma’lumotga
bo‘lgan
ehtiyojini, ushbu ma’lumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan
qondirishdan iborat. Bunda qarorlarni qabul qilish uchun axborot tizimdan
foydalanish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy naflar ushbu tizimga ketgan
xarajatlardan ustun bo‘lishi lozim.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari dunyo miqyosida moliyaviy hisobot
standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada
yaxshilanishida muhim rol
o‘ynadi. MHXSlarining afzalliklari va foydalanish maqsadlari quyidagi;lardan iborat:
-
ko‘pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo‘yiladigan milliy talablar
uchun asos bo‘lib xizmat qilish;
-
hisob va hisobotga nisbatan o‘z talablarini ishlab chiqayotgan alohida
mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi;
-
fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni
Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda
tuzilishini talab qilgan
hollarda;
-
kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to‘lig‘icha Moliyaviy
hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi
milliy organlar tomonidan ishlatishi;
-
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda
264
ham kompaniyalar soni ortganligi tufayli foydalanilishi.
Yuqoridagi qaydlardan ko‘rinadiki, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari
dunyo miqyosida yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi
mamlakatlar Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) ni o‘z
standartlaridek o‘zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari
esa mamlakat xususiyatidan
kelib chiqib ba’zi o‘zgarishlarni kiritmoqdalar. Xalqaro yirik kompaniyalar
tomonidan Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlaridan foydalanish ular uchun
qulayligi ta’kidlanmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalushda bir qator huquqiy,
uslubiy asoslar yaratilmoqda. Ammo tahlillardan ko‘rinadiki, milliy iqtisodiyotimizda
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishda nafaqat huquqiy va uslubiy,
balki o‘z yechimini kutayotgan tashkiliy asoslarni ham
yaratish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Chunki, MHXS talablariga umumiy yondashuvlar qiyosiy tahlil
qilinganda mavjud farqlar tashkiliy asoslarga bevosita bog‘liqligini asoslaydi.