255
-
aktivlarni tugatish va demontaj qilish uchun 20-yildan keyin qilinadigan
majburiy xarajatlar kiradi;
-
uskunalarni sinab ko‘rish uchun ketadigan xarajatlar.
Asosiy vositalarning tan olishdan keyingi baholash tannarx va qayta baholash
modellaridir. Ularning keyingi baholanishiga kelganda, korxonaning hisob siyosati
bo‘yicha tanlov bo‘ladi. Ushbu tanlovni barcha asosiy vositalar uchun birdek emas,
balki asosiy vosita turi/turkumi bo‘yicha amalga oshirish zarur. “Asosiy vosita
turi/turkumi” deganda quyidailar nazarda tutiladi:
-
yer;
-
bino va Inshootlar;
-
asbob-uskunalar;
-
avtomobillar;
-
ofis asbob-uskunalari;
-
mebel va jihozlar va boshqalar.
Tan olishdan keyingi baholashning quyidagi tanlovlari mavjud: