Список использованной литературы
1. Учебное пособие АССА ДипИФР, – PwC Июнь 2020 год, Москва,
Россия.
2. Хашимов Б.А. Толкования источников финансирования деятельности
хозяйствующего субъекта в экономической литературе. // // Актуальные
вопросы перехода на международные стандарты финансовой отчетности и
применения международного опыта в Узбекистане. Международная научно-
практическая конференция 6 апреля 2022 год. – С. 581-584.
252
3. Эргашева Ш.Т. Международные стандарты финансовой отчетности.
Учебник. - Т.: ТГЭУ, 2021 г. - 305 стр.
ASOSIY VOSITALARNI BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO
STANDARTI (BHXS16) DA HISOBGA OLISH
Azzamova Dinora Xolmumin qizi
Toshkent moliya instituti “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchi
Annotatsiya.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur’atlarini
ta’minlashda nomoddiy aktivlarning o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Mazkur tezisda
xo‘jalik subyektlarida asosiy vositalarni buxgalteriya hisobining xalqaro standarti
(BHXS16) da hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
asosiy vositalarni turkumlash, baholash, hisobga olish,
amortizatsiya hisoblash.
Xo‘jalik
subyektlarning
moliyaviy
barqarorligini
ta’minlashda
asosiy
vositalardan samarali foydalanish muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda har bir xo‘jalik subyekti o‘ziga qarashli moliyaviy resurslarni to‘g‘ri
boshqarishda moliyaviy ahvolini, barcha resurslardan foydalanish samaradorligini
aniqlash va bevosita tahlil qilishi asosiy vazifalardan biridir.
Asosiy vositalar haqidagi iqtisodchi olimlarning qarashlariga nazar tashlasak,
T.Shog'iyosovning “Kompleks iqtisodiy tahlili” nomli darsligida quyidagicha
mualliflik yondoshuvi aks ettirilgan: “Asosiy vositalar, deb moddiy ishlab chiqarish
sohasida hamda noishlab chiqarish sohasida uzoq vaqt mobaynida (bir yildan ortiq)
ishlatiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun ham foydalaniladigan moddiy
aktivlar ( 5-son BHMA 7-bandi)ga aytiladi”.
BHXS, asosiy vositalarni hisobga olishning turli jihatlarlari bilan shug’ullanadi,
jumladan;
-
asosiy vositalarni tan olish va tan olishdagi baholash;
-
tan olishda keyingi baholash usullari;
-
eskirish va amortizatsiya usullari, yaroqlilik muddati, va qoldiq qiymati;
253
-
asosiy vositalarni qayta baholash;
-
asosiy vositalarning sotilishdagi va chiqimidagi foyda va zararlarni hisobi;
-
asosiy vositalarning komponentlashtirish;
-
asosiy vositalarni yoritib berish talablari.
Quyidagi standartlar BHXS 16 da qamrab olinmagan sohalarni o‘z ichiga oladi:
-
asosiy vositalarning qadrsizlanishi (BHXS 36 “Uzoq muddatli aktivlarning
qadrsizlanishi” bilan shug’ullanadi);
-
nomoddiy aktivlar va gudvil (BHXS 38da “Nomoddiy aktivlar”ni qamrab
olgan);
-
aktivlarning haqqoniy/adolatli qiymati (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni
baholah”ni o‘z ichiga olingan);
-
qarzlar bo‘yicha foiz va boshqa xarajatlarni kapitallashtirish (BHXS 23,
“Qarzlar bo‘yicha xarajatlar”)
-
biologik aktivlar, qishloq xo‘jaligiga oid (BHXS 41, “Qishloq xo‘jaligi”)
-
asosiy vositalarni sotish uchun mo‘ljallangan deb tasniflanish (MHXS 5,
“Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan
faoliyat”)
-
ijaraga olingan aktivlar (MHXS 16 “Ijara”)
-
asosiy vositalarning kichik ehtiyot qismlari (BHXS 2 “Tovar-moddiy
zaxiralar”)
-
investitsion ko‘chmas mulk hisobi (BHXS 40, “Investitsion mulk”)
-
davlat grantlari asosida qurilgan asosiy vositalar (BHXS 20, “Davlat grantlarini
hisobga olish va davlat yordami to‘g’risida ma’lumotlarni ochib berish”)
-
asosiy vositalarning ekspluatatsiya narxlari (BHXS 37, “Rezervlar, shartli
majburiyatlar, shartli aktivlar”)
Dastlab, asosiy vositalar tan narxi bo‘yicha tan olinadi. Avval, zaxiralarning tan
narxiga nimani kiritish kerakligi haqida ma’lumot keltirib o‘tamiz:
|