290
Kalit so’zlar:
JST(Jahon Savdo Tashkiloti),
erkin savdo va protektsionizm,
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, BMTTD Investitsiyalar va tashqi savdo
vazirligi, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosati, huquq normalarini sharhlash.
2022-yil 21-22-iyun kunlari O’zbekiston Respublikasining Jahon savdo
tashkilotiga (JST) a’zo bo’lishi bo’yicha Muzokaralar guruhining beshinchi majlisi
arafasida BMTTD Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda
O’zbekistonning JSTga aʼzo bo’lish jarayonida ishtirok etayotgan asosiy davlat
organlari bilan Belarus tajribasini o’rganish bo’yicha besh kunlik tadbir tashkil etildi.
2022-yilning 31-mayidan 4-iyuniga qadar Toshkent shahrida xalqaro ekspert,
Belarusning JSTga aʼzo bo’lish bo’yicha muzokaralar guruhining sobiq aʼzosi Olga
Kazakevich xonim ishtirokida bir qator maslahat uchrashuvlari tashkil etildi. Besh
qizg’in kun davomida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag’allikni
qisqartirish vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Adliya
vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Veterinariya va
chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi, O’simliklar karantini va himoyasi
agentligi hamda O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan tajriba
almashish maqsadida o‘nta uchrashuv o‘tkazildi. Maslahat uchrashuvlarda
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga jalb qilingan 100 dan ortiq davlat
xizmatchilari ishtirok etdi.
Ushbu tadbir doirasida Kazakevich xonim Muzokaralar
guruhi faoliyatidagi
vazirlik va idoralarning o’rni va vazifalari, davlat organlari o’rtasidagi
muvofiqlashtirish ishlari, JST Kotibiyatida samarali muzokaralar olib borish
yondashuvlari, shuningdek, JSTga a’zo bo’lish jarayoni doirasida JSTga a’zo
mamlakatlar bilan ko’p tomonlama va ikki tomonlama muzokaralar, shu jumladan
qishloq xo’jaligi mahsulotlariga tarif imtiyozlari va xizmatlar bo’yicha majburiyatlar
bo’yicha
muzokaralarga
oid
bir
qancha
savollarga
javob
berdi.Savdo
muzokaralaridagi tajribangizga asoslanib, mamlakatning JSTga a’zo bo’lishida
idoralararo muvofiqlashtirish muhimligini qanday baholaysiz?– JSTga a’zo bo’lish
jarayoni iqtisodiyotning ko’plab asosiy tarmoqlariga va
savdoni tartibga solishga
291
ta’sir ko’rsatadigan keng ko’lamli masalalarni o’z ichiga oladi. Shunday qilib,
muzokaralar
jarayonida,
eng
muhimi,
qonunchilikni
JST
qoidalariga
muvofiqlashtirish bo’yicha islohotlarni amalga oshirishda aksariyat davlat organlari
va nazorat qiluvchi organlarning ishtirokini ta’minlash nihoyatda muhim. Idoralararo
samarali muvofiqlashtirish orqali o’zaro milliy manfaatlarni ilgari surish va qo’shilish
jarayonida yuzaga kelgan muammolarni hal etishda yanada yaxshi natijalarga erishish
mumkin. Bundan tashqari, JSTga a’zo bo’lish doirasidagi ko’plab masalalar bo’yicha
mas’uliyatning taqsimlanishi JSTga a’zo bo’lgandan keyin majburiyatlarni amalga
oshirish bosqichida idoralararo hamkorlikni osonlashtiradi.
Jahon xo‘jaligida erkin savdo va protektsionizm o‘rtasida vujudga kelayotgan
ziddiyatlarni hal etishda, xalqaro savdoni boshqarish, uning taraqqiyotiga bo‘lgan
to‘siqlarni yo‘q qilish va erkinlashtirishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, xususan,
Jahon savdo tashkiloti (JST) muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
7-fevraldagi
“O‘zbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli
Farmonida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasinirivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur
strategiyasining 3.1-bandida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va
yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish maqsadida xalqaro iqtisodiy
hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy
institutlar
bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini
amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiyava kreditlardan
samarali foydalanish lozimligi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash
bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1040-son qarorida
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi jarayoni tayyorgarlik
bosqichi ishlarini samarali tashkil etishni va tizimli
asosda muvofiqlashtirishni
ta’minlash maqsadida Jahon savdotashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo
komissiya tasdiqlandi. Jahon savdo tashkilotining mamlakatlar hamda jahon
savdosiga ahamiyati shupaytga qadar salmoqli darajada o‘rganilgan. Buning boisi,
292
ushbu tashkilot 1994-yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, uning dastlabki shakli bo‘lgan
GATT 1947-yilda tashkil topgan. Shu sababli, olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy
taqdiqotlar olib borilgan. Xususan, mahalliy olimlarimizdan G.Yuldasheva,
M.X.Voxidova;Sh.Xajibakiev, shuningdek, xorijiy olimlardan E. Petersmann, M.
Herdegen, I.V.Zenkinlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Shuningdek,
tadqiqot ishida mavzusining spetsifikatsiyasi tizimli-tuzilmaviy, dialektik, mantiqiy,
rasmiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy va qiyosiytipologik tahlil
metodlariga murojaat qilishni taqozo etdi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki
umummantiqiy metodlar – induksiya,
deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy
metodlar qo‘llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik
tahlil metodidan ham foydalanildi. Tadqiqotda ilmiy mushohada, tizimli va iqtisodiy-
statistik tahlil, taqqoslash va guruhlash usullari qo‘llanildi.