DAVLAT BYUDJETI IJROSI HISOBIDA QO‘LLANILADIGAN HISOB
HUJJATLARI VA REGISTRLARI
Iskanov X.N., TMI kafedra dotsenti v.b.
Davlar byudjeti ijrosi hisobida qo’llaniladigan hisob hujjatlari va registrlari
O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi” va “Buxgalteriya hisobi
to’g’risidagi” qonuniga asosan yuritilishi ya’ni barcha hujjatlar va hisob registrlari
byudjet qonunchiligining asoslariga bo’ysunishi va hisobga olinishi zarur.
Davlat byudjeti ijrosi amalga oshiruvchi vakolatli organlar
Moliya organlari - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va uning hududiy
boshqarmalari hamda bo‘limlari (Moliya boshqarmalari, moliya bo‘limlari
G‘aznachilik bo‘limlari - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari (G‘aznachilik bo‘limlari)
Buxgalteriya hisobini yuritishdan maqsad Moliya organlarida, G‘aznachilik va
uning hududiy bo‘linmalarida davlat byudjeti ijrosi jarayoni bo‘yicha buxgalteriya
axborotlarini shakllantirishdan iboratdir
Buxgalteriya hisobi uslubi elementlaridan biri hujjatlashtirish bo’lib, uning
ahamiyati xo’jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek
hisob ishlarini yuritish oldiga qo’yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda
zaruriydir. Hujjatlar O’zbekiston Respublikasi statistika tashkiloti ishlab chiqqan va
tasdiqlagan maxsus blankalarga ro’y bergan yoki sodir etilishi kerak bo’lgan xo’jalik
jarayonlarini hamma rekvizitlarni aks ettirilgan holda tuziladi. Bundan tashqari
taskilotlarda maxsuslashtirib ishlab chiqqan blanka shakllari ham qo’llaniladi, ushbu
hollarda ishlab chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari tomonidan tasdiqlanishi
kerak. Blankalarni eskirganlarini, hamda andozaga javob bermaydigan shakllarini
ishlatish ta‘qiqlanadi. Hozirgi davrda korxonalar o’z buxgalteriya hisobini yuritishda
zamonaviy texnika vositalaridan keng foydalanmoqdalar. Bunda korxonalarga
150
birlamchi hujjatlarni hamma standartlar talabiga rioya etgan holda, hisoblash
texnikalari orqali ishlab chiqarishga ruxsat etilgan. O’zbekiston Respublikasi
o’rnatgan qonunchiligida belgilangan hollarda ba‘zi hujjatlar qat‘iy hisobda olib
boriladi. Bunday blankalardan foydalanish va ular asosida hisob yuritish tartibi
hamda ulardan foydalanuvchi korxonalar doirasi moliya vazirligi va tegishli
boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Tashkilotlarda sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini, shuningdek, mavjud
bo’lgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni ta‘minlash uchun
buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va
yuritishda hujjatlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki korxonada sodir
bo’lgan har bir xo’jalik muomalasi hujjatlashtirilgan taqdirdagina, uning uzluksiz
hisobga olinishi ta‘minlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi ma‘lumotlar
korxonada sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalarining ishonchliligini ta‘minlaydi.
Xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirish korxonani operativ boshqarishga samarali
ta‘sir ko’rsatadi, boshqaruv xodimlarining o’z vazifalarini suiiste‘mol qilmasdan,
vijdonan bajarishini ta‘minlaydi.
Hujjatlashtirish yordamida xo’jalik mablag’lari harakatini o’z vaqtida to’g’ri
hisobga olish, shuningdek, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga o’tkazishda
moddiy boyliklarning butligi ta‘minlanadi. Shuning uchun ham xo’jalik
muomalalarini hujjatlashtirish natijasida korxona mol-mulkining butligi ta‘minlanadi.
Korxona va tashkilotlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish, moliyaviy natijalarni
aniqlash, xullasbarcha jarayonlar hujjatlarda aks ettiriladi. Bu esa korxonada amalga
oshirilgan xo’jalik muomalalari ustidan nazorat o’rnatish bilan birga, ish yuritishda
muayyan
tartib-intizomni
yo’lga
qo’yiladi
va
oqibat
natijada
hisobni
mustahkamlaydi. Hisob ishlarini umumlashtirishga faqat to’g’ri rasmiylashtirilgan
hujjatlar, ya‘ni belgilangan texnik andozalarda ko’zda tutilgan barcha rekvizitlari
to’ldirilgan hujjatlar qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi hujjatlarining rekvizitlari
quyidagilardir: - korxonaning nomi; - hujjatning nomi; - uning raqami va sanasi; -
xo’jalik muomalasining qisqacha mazmuni; - uning miqdoriy puldagi ifodasi; -
151
mazkur xo’jalik muomalasi uchun javobgar shaxslarning ismsharifi; - mazkur
xo’jalik muomalasi uchun javobgar shaxslarning shaxsiy imzolari; - xo’jalik
muomalalarining harakteri va hisob axborotiga ishlov berish texnologiyasiga bog’liq
holda birlamchi hujjatlarga boshqa zarur rekvizitlar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatlarga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: - o’z vaqtida tuzish; -
to’liq va ishonchli bo’lishi; - xo’jalik faoliyati ustidan dastlabki va joriy nazoratni
olib borish. Buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan hujjatlar bir nechta belgilari
bo’yicha tavsiflanadi: - tuzilgan joyi bo’yicha; - aks ettirilgan xo’jalik
muomalalarning hajmiga ko’ra; - qamrab olish usuliga ko’ra; - maqsadiga ko’ra.
Tuzilgan joyiga ko’ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo’linadi. Tashqi
hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, soliq idoralari hamda boshqa
yuridik shaxslardan kelib tushadigan hujjatlar (yukxatlar, hisobvaraq-fakturalar, bank
ko’chirmalari, inkasso topshiriqnomalari va boshqalar) kiradi. Ichki hujjatlarga
korxonaning o’zida rasmiylashtirilgan va korxona doirasidan chetga chiqmaydigan
hujjatlar (korxona rahbarining buyruqlari, moddiy boyliklarni ichki ko’chirish
yukxatlari va boshqalar) kiradi. Aks ettirilgan xo’jalik muomalalarining hajmiga
ko’ra hujjatlar birlamchi va yig’ma hujjatlarga bo’linadi.
Korxonalarda sodir bo’ladigan muomalalar o’zlarining mazmunlariga ko’ra
har xildir. Hujjatlar o’rtasidagi farqlar shuningdek ulardan hisob ishlarida
foydalanishning xususiyatlari bilan ham shartlanadi. Shu munosabat bilan hujjatlarni
buxgalteriya hisobida to’g’ri ko’llash uchun ularni barcha turlarini yaxshi bilib olish
kerak bo’ladi. Buning uchun hujjatlarni ma‘lum bir xususiyatiga qarab tasniflash
zarur. Buxgalteriya hujjatlari quyidagi belgilarga qarab turkumlanadi: qanday
maqsadlarga tayinlanganligi, tuzish tartibi va muomalalarni qamrab olishligi.
Hujjatlar qanday maqsadga tayinlanganligiga qarab farmoyish isbotlovchi
(tasdiqlovchi) buxgalteriya rasmiylashtiruvchi va aralash (kombinatsiyalashtirilgan)
turlarga bo’linadi. Farmoyish deb, u yoki bu xo’jalik muomalalarini bajarish
to’g’risidagi buyruq (farmoyish)ga ega bo’lgan hujjatlarga aytiladi.
Ularga buyruqlar, cheklar, ishonchnomalar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy
vazifasi rahbar xodimlarning topshirig’i bevosita bajaruvchilarga topshirishdan
152
iborat. Ko’pchilik muomalalar faqat farmoyish hujjatlari mavjud bo’lgandagina
amalga oshiriladi. Masalan, navbatdagi ta‘til uchun ish haqi faqat mazkur xodimni
ta‘tilga chiqarish haqida buyruq bo’lsagina to’lanadi. Farmoyish hujjatlari xo’jalik
muomalalari sodir bo’lganligini tasdiqlovchi faktorlarga ega emas, shuning uchun
ular o’zlaricha muomalalarni hisobda aks ettirish uchun asos bo’la olmaydi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, faqatgina muomalalarni bajarish to’g’risidagi
farmoyishlar unsuriga ega bo’lgan hujjatlar uncha ko’p emas. Ko’pincha farmoyish
ma‘lum hujjatda berilib, shu hujjatning o’zida keyinchalik shubu muomala
rasmiylashtiriladi. Bir nechta funktsiyaning bitta hujjatda bunday birlashtirish aralash
(kobinatsiyalashtirilgan) hujjatlarni vjudga keltiradi. Isbotlovchi (yoki bajaruvchi)
hujjatlar deb amalga oshirilgan muomalalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi.
Ular muomalalar sodir bo’lish daqiqasida tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda
qayd qilishning birinchi bosqichini anglatadi. Isbotlovchi hujjatlarga misol bo’lib
kirim orderlari hisoblanadi.
Buxgalteriyada rasmiylashtiriluvchi hujjatlar, deb buxgalteriya xodimlari
tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni yengillashtirish, qisqartirish va
soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob -
kitoblar (masalan, kalkulyatsiya), turli tuman buxgalteriya ma‘lumotlari va shu
kabilar kiradi. Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob -
uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarini
taqsimlash vedomostini keltirish mumkin. Bu vedomostlarni tuzish uchun kerak
bo’lgan ma‘lumotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni aks ettiruvchi
«Umumishlab
chiqarish
xarajatlari»
schyotidan
olinadi.
Buxgalteriya
ma‘lumotnomalari ma‘lum summani bir schyotdan boshqa schyotga o’tkazish kerak
bo’lganda schyotni yopishni rasmiylashtirish, hisob yozuvlarida, yo’l qo’yilgan
xatoni to’g’irlash xollarida va hokazolarda tuziladi. Bunga bo’lgan ehtiyoj juda ko’p
uchraydi, shuning uchun shunga o’xshash ma‘lumotlarni tuzish buxgalteriya
amaliyotida juda keng tarqalgan. Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining
turlaridan biri amalga oshirilgan muomalalar bo’yicha schyotlar korrespondentsiyasi
mazkur muomalani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog’ozi
153
(blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan
ko’rsatiladi. Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega
bo’lmaydi. Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina
foydalanish mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va
tayyorlovchi texnikaviy vosita hisoblanib, ko’makchi ahamiyatga egadir.
Xo’jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos
bo’luvchi hujjatlar bir necha mas‘ul shaxslarda, bo’limlarda, korxonalarda harakatda
bo’ladi va o’z mo’ljali bo’yicha xizmat qilib bo’lganidan so’ng, belgilangan tartibda
arxivga topshiriladi, ya‘ni hujjat aylanishi sodir bo’ladi. Demak, hujjat aylanishi-
birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan
so’ng, arxivga topshirilguncha harakatidir. Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar
majburiy tekshiruvdan o’tishi kerak.
|