DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MODDIY QIYMATLIKLAR
BO‘YICHA ICHKI AUDIT
Sindarov Sh.E., TMI prorektori
Ichki auditning asosiy jarayonlari: rejalashtirish, dalil to‘plash, natijalarni
umumlashtirish, berilgan tavsiyalarning bajarilishi ustidan nazorat va nomuvofiq
holatlarni to‘g‘rilash hisoblanadi. Ichki auditning asosiy xususiyatidan biri, uning
oldindan puxta tuzilgan reja asosida olib borilishidir. Buning uchun tashkilot,
tashkilotning zaruriyatini o‘rganish va quyidagi bosqichlarni amalga oshirish kerak
bo‘ladi:
1. Ichki auditni rejalashtirish. Bu bosqichda quyidagi ishlar tartib bilan
bajarilishi lozim:
- Bo‘lajak tekshiruvga tayyorgarlik;
- Tekshiruvni o‘tkazish rejasi va dasturini tuzish.
2. Ichki auditni o‘tkazish. Tekshiruv jarayoniga ichki auditorlarning ishtiroki
shunday rejalashtirilishi kerakki, u
- Ishni joyida tashkil qilish;
- To‘satdan inventarizatsiyani o‘tkazish;
154
- Tekshirilayotgan ob’ektni taftish qilish;
- Xo‘jalik muomalalarini hujjatli tekshirish (zarur hollarda ekspertlarni jalb
qilish)ni ta’minlashi zarur.
- Tekshiruvning boshqa jarayonlarini amalga oshirish.
3. Ichki audit hisoboti – tekshiruvning yakuniy bosqichi hisoblanib u quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
- Tekshiruv materiallarini tartibga solish;
- Mas’ul shaxslar roziligi va imzosi bilan tasdiqlangan tekshiruv hisoboti
hujjatlarini tuzish;
- Tayinlangan mas’ul shaxslarning tekshiruv natijalari haqidagi axboroti.
4. Keyingi auditorlik tekshiruvini tuzish – bu kelgusi hisobot davri uchun
amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, u quyidagilarni ta’minlashi zarur:
- Xatolar, kamchiliklar va noaniqliklarni bartaraf etish;
- Bartaraf etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Ichki auditning bosqichma-bosqich rejalashtirilishi ichki audit xizmati ishining
olib borilishiga bog‘liq.
Ichki audit ishini olib borilishining ikki xil modelini ya’ni, gorizontal va vertikal
modellarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi model faoliyatning alohida turini,
talab qilingan menejment tizimi bilan qay darajada muvofiqligini va uning natijalari
samarasini baholashda foydalaniladi. Vertikal ko‘rinishdagi model tashkilotning
alohida buxgalteriya bo‘limi faoliyatining muvofiqligini tekshirish uchun ishlatiladi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, har ikkala model orasida gorizontal model ko‘p mehnat
talab qiladigan va uzoq davom etadigan va samarali hisoblangan. U talab qilingan
tekshiruv ob’ektida turli xil bo‘limlarning va undagi mas’ul shaxslarning faoliyatini
birgalikda qamrab olib tekshiradi. Bundan tashqari, gorizontal tekshiruv bo‘limlararo
aloqalarni cheklab, menejment tizimi ishtirokchilarini bir-biriga ta’sirini kengaytiradi.
Ichki audit xizmati ishini rejalashtirish.Auditor auditning taxmin qilinayotgan
ko‘lami va o‘tkazish tartibini bayon etgan holda, ichki auditning umumiy rejasini
ishlab chiqishi va ishchi hujjatlarni rasmiylashtirishi lozim. Ichki auditning umumiy
rejasini amalga oshirish uchun kerakli bo‘lgan, rejalashtirilgan auditorlik
155
amallarining tavsifi, muddati va hajmini belgilovchi ichki audit dasturini ishlab
chiqishi va hujjatlarni rasmiylashtirilishi lozim. Shuningdek ichki audit dasturi
auditning har bir bo‘limi bo‘yicha belgilangan vazifalar va auditning turli jabhalari
hamda vaqtidan iborat bo‘lishi mumkin.
Ichki auditni rejalashtirish uch turdagi reja va auditning ko‘plab dasturlarini
talab qiluvchi ko‘p bosqichli jarayonni o‘zida aks ettiradi:
1. Ichki audit bo‘limining 3-5 yil uchun strategik ish rejasi;
2. Ichki audit bo‘limining yillik ish rejasi;
3. Aniq topshiriq yoki bo‘linma (filial, sho‘ba tashkilot va boshqalar) bo‘yicha
tekshirishlar o‘tkazish umumiy rejalari.
Tasdiqlangan topshiriqlar bo‘yicha auditorlik tekshiruvlari dasturlari umumiy
rejani rivojlantirish va aniqlashtirish hisoblanadi. Ichki audit xizmatida
foydalanadigan asosiy hujjat tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja
hisoblanadi.
Fikrimizcha, ichki audit xizmatini tashqil qilishda 3-5 yillik davr uchun strategik
reja tayyorlashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz va unda quyidagilar
belgilanishi lozim:
-
faoliyatning ixtiyoriy turi uchun ishlashning ikki yo‘nalishini taxmin qilgan
holda ichki audit faoliyatining asosiy jabhalari;
-
kafolatlar (faoliyatning har bir turi bo‘yicha ichki nazorat tizimi ishonchliligini
ta’minlash);
-
maslahatlar (nazorat sub’ektlarini aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha axborot
bilan, shuningdek faoliyatning har bir turi bo‘yicha nazoratni takomillashtirish
usullari bilan ta’minlash);
-
ichki auditorlar mehnatini me’yorlashtirish tartibi va lavozim majburiyatlarini
bajarish sifati mezonlari;
-
turdosh topshiriqlar o‘tkazilishi va metodikasi hamda korporativ axloq
tamoyillariga rioya qilishning ichki standartlari;
-
faoliyat turlari va ishlarning hajmi hamda taxminiy mehnat sig‘imi;
-
ichki audit xizmati xodimlarining miqdoriy va malakaviy tarkibi;
156
-
xodimlarni o‘qitish va muntazam malakasini oshirishga moddiy va vaqt
xarajatlari;
-
ishni texnik axborot ta’minoti uchun sarflar va boshqa xarajatlar (masalan,
xizmat safari);
-
ichki audit xizmatini moliyalashtirish va ichki audit xizmati mutaxassislari
hamda rahbarlari mehnatini rag‘batlantirish tartibi;
-
strategik reja bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish shakllari va tartibi.
Bizning fikrimizcha, yiliga kamida bir marta ichki audit xizmati strategik ish
rejasi to‘g‘rilanishi va aniqlashtirilishi lozim. Tekshirish rejasini tuzish kalendar-
grafikni tuzish va ishlarni auditorlar orasida taqsimlash Hujjatlarning holati,
hisobotlar hisob siyosati va boshqa buxglateriya hujjatlarining holatini o‘rganish har
bir bosqich bo‘yicha auditorlik dalillarini to‘plash. Har bir ishni qaysi tekshirish
metodidan foydalanishni aniqlab olishda birlamchi buxgalteriya hujjatlari, hisob
registrlari va bosh kitob ma’lumotlari bilan tanishish,
dalillarni
to‘plashda
auditorlik amallarini qo‘llash amallarini bajarish lozim.
Quyida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim va tibbiyot
muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi
2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231-sonli
qarori talablari asosida oliy ta’lim muassasasi ichki audit xizmati bo‘limining asosiy
vazifalari keltirilgan:
1.
Oliy ta’lim muassasasining xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini
monitoringini yuritish;
2.
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobining yuritilishini
mustahkamlash masalalari bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
3.
Tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini ustidan monitoring olib borish;
4.
Institutdagi ta’lim va boshqa xizmatlar realizatsiyasidan tushadigan
daromadlarning noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishi holatlarining
profilaktikasini ta’minlash va ularning oldini olish.
Bizning fikrimizcha, oliy ta’lim muassasasi ichki auditori quyidagi mazmunda
ish rejasini tuzishi va o‘z faoliyatida rejadan foydalanishi lozim.
157
Moddiy qimmatliklar(mol-mulklar)ning hisob ob’ektlari (asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar, TMZ, foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari) bo‘yicha
tekshirish.
Moddiy qimmatliklar(mol-mulklar)ning hisob ob’ektlari(asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar, TMZ, foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari) bo‘yicha
turkumlanishi,
baholanishi
xujjatlashtirilishi,
ularning
butligi,
saqlanishini,
foydalanishga berilishi, hisobdan chiqarilishi, eskirishining hisoblanishi va ta’mirlash
muomilalarining buxgalteriyada me’yoriy xujjatlar talablari mos hisobga olinishini
tekshirish quyidagi tartibda amalga o‘tkazilishini tavsiya etiladi. Ta’lim
muassasasida tasdiqlangan “Hisob siyosati” qoidalaridan moddiy qimmatliklar(mol-
mulklar)ning hisobining turli qirralarini bayon etilishining to‘liqligiga baho (yaxshi,
qoniqarli, yomon) berish.
|