Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

 
 
2-rasm. Buxgalteriya xisobining asosiy klassik modellari 
Haydarov (2017)ning bir qator ilmiy maqalolariga nazar solinsa, Xalqaro 
valyuta jamg‘armasining “Davlat moliya statistikasi uchun qo‘llanma-2001”ga 
asosan, davlat byudjeti davlat boshqaruvi muxim vositasi bo‘lib, uning yordamida 
davlat takror ishlab chirish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi, inson irodasiga 
bo‘ysunmaydigan bozor kuchlari salbiy tasirini bartaraf etadi. Olimning fikriga ko‘ra 
MXXS(moliyaviy 
xisobning xalqaro 
standartlari 
Anglo-amerika model 
Internatsional model(schyotlar rejasi) 
Kontinental model 


146 
davlat moliyasining barqarorligi va ishonchliligi nafaqat uning to‘lov qobiliyatiga, 
balki undanda muhimroq bo‘lgan davlat aktivlarining sof qiymati bilan baxolanadi. 
Ushbu xolatda davlat va mahalliy boshqaruv organlari tasarrufiga tushayotgan va 
ulardan chiqib ketayotgan oqimlar davlat mulkining ko‘payishiga xizmat qiladi. 
Xisoblash usulini qo‘llagan xolda byudjet xisobini yuritish, davlat moliyasi oqimlari 
ularning yaratilishi, o‘tkazib berilishi va iqtisodiy qiymatning yo‘q bo‘lishi bilanoq 
aks ettiriladi, shuningdek xisoblash usuli kassa usuliga nisbatan aktivlar va 
majburiyatlarning sof qiymatini aks ettirishda keng imkoniyatga ega. Xisoblash 
usulini ko‘llaganda moliyaviy va nomoliyaviy zaxiralar(qoldiqlar), avtivlar va 
majburiyatlar tushunchasidan keng foydalaniladi. Daromadlar va xarajatlar esa 
ularning qiymatini ta’sir etuvchi omillar bo‘lib, ya’ni daromad aktivlarining sof 
qiymatini oshiruvchi operatsiya, xarajatlar aktivlarining qiymatini kamaytiruvchi 
operatsiya sifatida baxolanadi.
Xorij tajribasiga nazar solinsa Kucher va Shibilovalar(2012) byudjet hisobi turli 
darajada moliyaviy resurslarni shakillantirish va taqsimlash jarayonida asosiy ro‘lni 
o‘ynaydi. Shu o‘rinda AQSh byudjet xisobi sandartlari tarixiga e’tibor qaratilsa
bozor iqtisodiyoti sharoitida Amerika buxgalteriya xisobi tizimi o‘zining bir qator 
rivojlanish tendensiyasiga ega. Buxgalteriya xisobi standartlari xukumatga qarashli 
bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilganligi, uning asosiy o‘ziga xos 
xususiyati xisoblanadi. 
Xorijlik rus millati olimlari Ryabova va Aynullovalarning (2010) fikricha 
byudjet hisobi quydagi asosiy fuksiyalariga ega: nazorat, axborot, tahliliy. Nazorat 
funksiyasi – byudjetdan moliyalashtirish orqali mol-mulklarni saqlash, ulardan 
belgilangan maqsadlarda foydalanish xamda byudjetdan ajratilgan mablag‘larni 
maqsadli ishlatilishini nazorat qilishni taqozo etadi. Amaliyotda byudjet xisobi 
nazorati dastlabki, joriy va yakuniy nazoratlarga bo‘linadi. Axborot funksiyasi – 
byudjet mablag‘lari xarajatlari qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligini va ularning 
samaradorligini nazorat qilishga, yo‘nalishlarni aniqlashga yordam aniqlashga 
yordam beradigan hisobot ko‘rinishadigi axborotdan iborotligini ifodalaydi. Byudjet 
hisobining axborot funksiyasi quyidagi talablarni o‘z ichiga oladi: aniq 


147 
foydalanuvchiga yetkazish, qisqa vaqtda taqdim etish, xisob ko‘rsatgichlarini 
taqqoslanish samaradorligi 
va ko‘p 
mexnat talab qilmaslik 
imkoniyati, 
foydalanuvchilarning 
boshqaruvga 
oid 
qiziqishlarini 
ta’minlay 
oladigan 
ma’lumotlarga egaligi, xarajatlar samaradorligini xolis baxolaydigan ma’lumotlarga 
egaligi, xisob ma’lumotlarini tayyorlash va olishga ketgan xarajatlar iqtisodiy 
jixatdan foydalaligi, foydalanuvchilar uchun qimmatli ma’lumotlarga egaliligi. 
Byudjet tashkilotlari va turli darajadagi hokimlik organlarining moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatini taxlil qilishda, tashkilotlarning turli ko‘rinishdagi faoliyati bo‘yicha 
boshqaruv qarorlari qabul qilish natijasi aynan byudjet xisobining tahliliy funksiyasi 
xisoblanadi. 
Yagona axborotlashgan hisob tizimi to‘g‘risida Sayapina (2005) quyidagicha 
fikr bildirgan “Yagona axborotlashgan xisob tizimi xozirgi kunda jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi boshqaruv saradorligini oshirishga, bozor 
mexanizimidan foydalanish funksiyalari uchun sharoit yaratishga xizmat qilish 
kerak”. 
Tadqiqotchi Tokarev (2007) o‘z ilmiy izlanishida xozirgi kunda byudjet 
xisobining asosiy vazifasi davlat moliyasining xolati to‘g‘risidagi hisobotlarni 
shakillantiradi va taqdim etish miqyosining keng qamrovga ega bo‘lishini ta’minlash 
xisoblanib ushbu qamrov jamoatchilik, kreditorlar va investorlarni o‘z ichiga olish 
kerak. Byudjet xisobi va xisobotining foydalanuvchilari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, 
chet el davlatlari va xorijlik xamkorlar uchun ham ochiq huquqiy me’yorlar bilan 
yaratilgan Davlat sektori uchun moliyaviy xisobotlarni xalqaro standartlariga 
(DSMHHS) asoslangan xolda hisobotlarni shakillantirish byudjet xisobining 
zamonaviy bosqich ta’lablaridan biri. DSMHHS byudjet xisobining keng xalqaro 
amaliyotiga asoslangan bo‘lib, byudjet hisobotlarini sifatli shakillantirishga va ilg‘or 
xisob metodlarini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. 
Sirojiddinova (2010) byudjet hisobi shunday tizim bo‘lib, u butun davlat 
boshqaruv sektori uchun yagona va “Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi xalqaro 
standartlari”(DSBHHS)ga mos kelishi kerak. Quyidagilarni amalga oshirish 
rejalashtirmoqda: O‘zbekiston davlat sektori uchun buxgalteriya xisobining yangi 


148 
standartlarini xisoblash usuli bo‘yicha DSBHHSga mos ravishda qabul qilish; DMSQ 
2001 tasnifining tarkibi aks etgan xolda kassa metodi bo‘yicha buxgalteriya hisobini 
kiritish. Bu maqsadga erishish uchun boshqaruv sektori uchun yagona xisoblar 
rejasi(HR) ishlab chiqildi va qabul qilindi. Yangi xisoblar rejasi strukturasi asos qilib 
DMSQ 2001 tasnifi strukturasi olingan. 
Ijtimoiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESD 2017)takidlashicha yaxshi 
davlat hokimiyati quyidagi xususiyatlarni o‘z ichiga olishi kerak. 
- Shaffoflik: yig‘ilish natijalarini namayon etadigan tizimli axborotlarning va 
jarayonlarning ochiqligi va hisobdorlik(xisob berish) –ishlar, qarorlar va qaror qabul 
qilish jarayonlari davlat agentliklari. Parlament va fuqarolik jamiyati tomonidan 
diqqat bilan kuzatib borilishining ochiqliligi; javobgarlik (tashqi ta’sirga tezroq javob 
qaytarish, ta’sirchanlik) – milliy va millatlararo vaziyatlarning o‘zgarishiga javob 
berish imkoniyati va unga moslashishi; kelajak- kelajakdagi muammolarni oldindan 
ko‘rish qobiliyati va kelajakdagi baxolar va kutilgan o‘zgarishlarni hisobga olingan 
siyosatni rivojlantirish; qonunga rioya qilish va halollik – qonunlar, normalar va 
kodekslar shaffofligini ta’minlash, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat 
sektori tomonidan qo‘llab quvvatlanishi. 
Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari xodisalar va 
operatsiyalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish talablari (tan olish, baholash, 
axborotlarni ochib berish, axborotlarni taqdim etish)ni belgilaydi. 
Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini mamlakatlarda 
qo‘llash yanada yuqori sifatli moliyaviy hisobotlar davlat sektori faoliyati natijalarini 
baholashga katta imkoniyat yaratadi, axborotlarni shaffofligini oshiradi, byudjetga 
moliyaviy hisob va statistik hisobotlarni yuqori darajada integratsiyalashuvini 
ta’minlaydi, axborotlarni ishonchliligi va to‘liqligini oshishi hisobiga davlat 
aktivlarini samarali boshqarish imkonini beradi, moliyaviy hisobotlarni boshqa 
mamlakatlar moliyaviy hisobotlari bilan solishtirish imkoniyati yaratiladi.
Ilmiy tadqiqot ishda mamlakatimizdagi va jaxondagi bir nechta olimlar 
tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasidagi ma’lumotlari asosida byudjet 
tashkilotlari hisob va hisobotlarini xalqaro modellar xamda standartlar asosida tashkil 


149 
etish va takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan isloxotlari tahlil qilindi. 
Shuningdek byudjet hisobi va hisobotini joriy holati hamda sohadagi mavjud 
muammo va kamchiliklar yuzasidan obektiv hulosalar shakillantirildi. 

Download 8,84 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish