• Ключевые слова. Cельское хозяйство, план счетов, бухгалтерский учет, документооборот, финансовая отчетность. Abstract.
  • Key words. agriculture, chart of accounts, accounting, document circulation, financial reporting
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

     
    Kalit sо‘zlar. 
    Qishloq xо‘jaligi, schyotlar rejasi, buxgalteriya hisobi, xujjatlar 
    aylanmasi, moliyaviy hisobot 
    Аннотация.
    В статье раскрываются возможности создания сокращенного 
    плана рабочих счетов счетов бухгалтерского учета хозяйственных операций, 
    что позволяет обеспечить контроль за достоверностью данных бухгалтерского 
    учета в сельскохозяйственных предприятиях. 
    Ключевые слова.
    Cельское хозяйство, план счетов, бухгалтерский учет, 
    документооборот, финансовая отчетность. 
    Abstract.
    The article reveals the possibilities of creating a reduced plan of 
    working accounts of accounting accounts of economic transactions, which allows to 
    ensure control over the reliability of accounting data in agricultural enterprises. 
    Key words.
    agriculture, chart of accounts, accounting, document circulation
    financial reporting 
     
    Qishloq xо‘jalik korxonalarida hisob siyosatini ishlab chiqishda uslubiy 
    ta’minot bilan bir qatorda tashkiliy- texnik ta’minot ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Ular dastlabki hisobning tegishli shakllari yordamida hujjatlashtirish tizimi, hujjatlar 
    aylanish grafigi, xо‘jalik muomalalarini aks ettirish uchun zarur bо‘lgan buxgalteriya 
    hisobi schyotlarini о‘z ichiga oluvchi ishchi schyotlar rejasi, buxgalteriya hisobining 
    qо‘llanish shakli, buxgalteriya hujjatlari va registrlarining saqlanishini tashkil etish 


    167 
    masalalaridir. Xо‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish tizimi qishloq xо‘jalik 
    korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning muhim tarkibiy qismi 
    hisoblanadi. Bugungi kunda qishloq xо‘jalik korxonalarida sodir bо‘layotgan barcha 
    xо‘jalik muomalalarini rasmiylashtirish uchun dastlabki hisob hujjatlarining yagona 
    unifikatsiya qilingan shakllari qо‘llanilmayapti. Bunda xо‘jaliklar ayrim dastlabki 
    hujjat shakllarini qо‘lda, kompyuterda kerakli rekvizitlarnigina kiritilgan holda 
    tayyorlash holatlari uchraydi. Odatda dastlabki hisob shakllari tarkibida asosiy 
    vositalarni mehnat va unga haq tо‘lashni hisobga oluvchi hujjatlar, moddiy hisob 
    (mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlar)ni, pul mablag‘lari va hisob-kitob 
    muomalalarini hisobga olish ajratib kо‘rsatilishi kerak. Bundan tashqari, 
    inventarizatsiya natijalarini aks ettirish uchun va boshqa hujjatlarni ixtisoslashtirilgan 
    shakli mavjud bо‘lishi kerak. 
    Qishloq xо‘jalik korxonalarida yagona shakldagi dastlabki hujjatlarning 
    mavjudligi muhim tashkiliy ahamiyatga ega bо‘ladi. Bu barcha qishloq xо‘jalik 
    korxonalarida bir turdagi xо‘jalik muomalalari dastlabki hujjatlarning yagona 
    shakllari bilan rasmiylashtiriladi. Bu esa hisob siyosatini tashkil etishning shu 
    bо‘g‘inida har xillikka yо‘l qо‘ymaslikka imkon beradi. «Buxgalteriya hisobi 
    tо‘g‘risida»gi Qonunning 9-moddasida “Boshlang‘ich hujjatlarning majburiy 
    rekvizitlari sifatida korxona, muassasa nomi, hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan 
    sana va joy, xо‘jalik muomalasining nomi, mazmuni va miqdor о‘lchovi (natura 
    holida va pulda ifodalangan holda), mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari bо‘lishi 
    shart”
    63
    ligi qat’iy belgilangan. Ayrim qishloq xо‘jalik korxonalarida tuzilayotgan 
    dastlabki hujjat shakllarida ushbu rekvizitlarning ayrimlarini yozmaslik holatlari 
    mavjud. Masalan, bajarilgan ishlar tо‘g‘risidagi ma’lumotnomalarda hujjat raqami, 
    tuzilgan joyi kо‘rsatilmagan holatlar kо‘plab uchraydi. Ba’zi hollarda dastlabki 
    hujjatlarga qо‘yilgan hujjat raqamlari bir-birini takrorlaydi. Bu holatlar qishloq 
    xо‘jalik korxonalarida qat’iy rekvizitlari belgilangan dastlabki hujjat shakllarini 
    ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish borasida hali yechimini kutayotgan 
    muammolar mavjudligini kо‘rsatadi. 
    63
    О‘zbekiston Respublikasi Qonuni Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida. 9- modda


    168 
    «Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasida “Buxgalteriya 
    hisobining obektlari sintetik schyotlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi 
    buxgalteriya hisobi subekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi”
    64
    , deb qayd 
    etilgan. Demak, qonunga asosan buxgalteriya hisobini yurituvchi korxonalar sintetik 
    hisobni sintetik schyotlarda aks ettirishlari majburiyligi belgilangan. Bundan kelib 
    chiqadiki, har qanday xо‘jalik yurituvchi subekt о‘zining faoliyatini schyotlar rejasiga 
    asoslangan holda tashkil etishlari zarur. Buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi muhim 
    tashkiliy ahamiyatga ega. Qishloq xо‘jalik korxonalari ham boshqa tarmoqlardagi 
    kabi qо‘llaniladigan schyotlar rejasiga respublikada faoliyat kо‘rsatuvchi boshqa 
    xо‘jalik yurituvchi subektlari ham amal qiluvchi umumiy schyotlar rejasi asos qilib 
    olingan. О‘zbekiston Respublikasi 21-sonli BHMS qishloq xо‘jalik va boshqa 
    korxonalarga ham umumiy qilib qabul qilingan. Standart talablariga asosan schyotlar 
    rejasi respublikadagi korxonalar uchun qо‘llash majburiy qilib belgilangan, lekin 
    xо‘jalik yurituvchi subektlarning tarmoq xususiyatlari e’tiborga olinmagan. Ular 
    jumlasiga qishloq xо‘jaligi tarmog‘i ham kiritiladi. Tadqiqotlar natijasida qabul 
    qilingan schyotlar rejasini izchil qо‘llashda muammolar mavjudligi aniqlandi. Ba’zi 
    xо‘jalik yurituvchi subektlar ichki xо‘jalik tuzilmasida hanuzgacha eski schyotlar 
    rejasi asosida sintetik hisobni tashkil etayotganligi ham ushbu holatga sabab bо‘lgan. 
    Masalan, qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishini о‘ziga xosligi yoki kelib chiqayotgan 
    muhim о‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq 2810 «Tayyor mahsulotlar», 2010 «Asosiy 
    ishlab chiqarish», 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 
    boshqalar qishloq xо‘jaligi korxonalarida alohida ahamiyat kasb etadi. 
    Qishloq xо‘jalik korxonalarining aksariyati kichik tadbirkorlik subektlari 
    shaklida bо‘lganligi uchun О‘zbekiston Respublikasi 20-sonli «Kichik tadbirkorlik 
    subektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobot tuzish» nomli 
    BHMSning 5.3. bandida buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ishonchliligi ustidan 
    nazoratni ta’minlash imkonini beruvchi xо‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobi 
    schyotlarining qisqartirilgan ishchi schyotlar rejasini tuzish huquqiga egadirlar, deb 
    belgilangan. Shunga muvofiq fermer xо‘jaliklari ishlab chiqarish xususiyatlaridan 
    64
    О‘zbekiston Respublikasi Qonuni Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida. 4- modda


    169 
    kelib chiqib о‘zlarining ishchi schyotlar rejalarini tuzib olishlari shart. Ishlab 
    chiqarishi paxtachilik va g‘allachilikdan tashkil topgan fermer xо‘jaligida 
    qо‘llaniladigan ishchi schyotlar rejasi unchalik katta miqdorni tashkil etmasligi kerak. 
    Lekin amaliyotda kо‘pincha fermer xо‘jaliklari ishchi schyotlar rejasini tuzib 
    tasdiqlamasdan umumiy schyotlar rejasidan foydalanish holatlari uchraydi. Unda esa 
    qishloq xо‘jaligining о‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinmagan.
    «Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasida “Buxgalteriya 
    hisobi va hisoboti ma’lumotlari aniqligi, aktivlar va majburiyatlarning majburiy 
    suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi”
    65
    , deb belgilangan. Ushbu 
    moddaga muvofiq 19-sonli «Inventarizatsiya qilishni tashkil etish va о‘tkazish» 
    nomli BHMS qabul qilindi. Standartning 1.2. bandida xо‘jalik yurituvchi subektlar 
    shu jumladan, asosiy faoliyati byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalanadigan tashkilot 
    tomonidan mol-mulk hamda moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiyasini tashkil 
    etishlari va natijalarini rasmiylashtirishlari majburiy qilib belgilangan. Shu 
    yо‘nalishda olib borilgan tadqiqot natijalarini kо‘radigan bо‘lsak, faoliyat 
    kо‘rsatayotgan qishloq xо‘jalik korxonalarining kо‘pchiligida inventarizatsiya 
    standart talablari darajasida yо‘lga qо‘yilmagan. 
    19-sonli BHMSga muvofiq, inventarizatsiya о‘tkazilish shart bо‘lgan hollar – 
    mol-mulk ijaraga berilganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi qayta 
    shakllantirilayotganda (davlat tasarrufidan chiqarish paytida) qonunchilikda nazarda 
    tutilgan hollarda, yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya qilish 
    hisobot yilining 1-oktabridan kechiktirmay о‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari, 4-
    sonli BHMSga asosan tovar-moddiy zaxiralari bir yilda kamida bir marta 
    inventarizatsiya qilinadi. 5-sonli BHMSga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda kamida 
    bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul 
    mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blankalar oyiga bir marta, 
    yonilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda, qimmatbaho metallar tarmoq 
    yо‘riqnomalariga muvofiq yо‘qlama qilinishi belgilangan. Aksariyat qishloq xо‘jalik 
    korxonalarida 
    tadqiqot 
    о‘tkazish 
    jarayonida 
    bu 
    muddatlarning 
    amalda 
    65
    O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida. 11- modda. 


    170 
    qо‘llanilmayotganligi, qо‘llanilgan holatlarda ham muddat chegaralari buzilganligini 
    kо‘rishimiz mumkin. Standartning yuqoridagi bandida ishlarning mavsumiy tavsifga 
    ega bо‘lgan korxonalarda quyidagi hollarda inventarizatsiya о‘tkazish ishlab 
    chiqarish zaxiralari eng kam qoldig‘i bо‘lgan davrda о‘tkaziladi: 

    asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; 

    moddiy javobgar shaxslar almashganda; 

    о‘g‘irlik va suyiste’mol shuningdek, qiymatliklarning buzilishi aniqlanganda; 

    favqulodda holatlar yuzaga kelganda, yong‘in, halokatlar yoki boshqa 
    favqulodda holatlarda; 

    xо‘jalik yurituvchi subekt qayta tashkil etilganda, tugatilganda ajratish 
    balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. 
    Ushbu qoidalar bо‘yicha о‘tkazilgan ayrim inventarizatsiyalar talab darajasida 
    emasligi shuningdek, qiymatliklarni buzilishi meyorlarini amaliyotda mavjud 
    emasligi inventarizatsiya jarayonlarining tо‘liq о‘tkazilishiga qarshilik qilmoqda. 
    Hujjatlar aylanishi buxgalteriya hisobida muhim tashkiliy ahamiyatga ega. Bu 
    jarayon hisob siyosatining tashkiliy jihatlarilarida о‘z aksini topishi kerak. Ayrim 
    iqtisodchi olimlarning fikricha hujjatlar aylanishi hisob siyosatining texnik jihatidagi 
    asosiy masalalardan biri ekanligi ta’kidlangan. 
    Boshqa bir qarashlarda esa hisob siyosati tо‘g‘risidagi buyruqning tashkiliy 
    jihatlarida hujjat aylanishini tashkil etish masalasi asosiy masalalardan biri sifatida 
    kо‘rsatilgan. 
    Bizning fikrimizcha, ham hujjatlar aylanishini tashkil etish hisob siyosatining 
    tashkiliy jihatining muhim elementlaridan hisoblanadi. 
    Hujjatlar aylanishining oldiga “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar 
    aylanuvi tо‘g‘risida»gi Nizomga asosan quyidagi talablar qо‘yiladi: 

    hujjatlar aylanuvi jadvali korxonada oqilona hujjatlar aylanishini 
    ta’minlashi, ya’ni har bir birlamchi hujjatni о‘tishi bо‘yicha ijro etuvchining maqbul 
    sonini nazarda tutishi; 

    hujjatning bо‘linmada eng kam muddatda bо‘lishini belgilash; 


    171 

    korxonada butun hisob ishining yaxshilanishiga buxgalteriya hisobi nazorat 
    qilish funksiyasining kuchayishiga yordam berishi lozim. 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish