181
qaysi manba hisobidan kirim qilingan bo’lsa, ularni sarflashda tovar moddiy
zahiralarning qiymati o’sha manbalar bo’yicha xaqiqiy xarajatlarda aks ettiriladi.
Tovar moddiy zaxiralar muassasada joriy davrda foydalanilib,
xarajatlar
tarkibiga olib borish orqali hisobdan chiqariladi. Muassasalarning faoliyat turlariga
qarab tovar moddiy zaxiralarning turlari ham farq qiladi. Davlat tibbiyot
muassasalarida tovar moddiy zaxiralar byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar
hisobidan kirim qilinishi mumkin. Tovar moddiy zaxiralarning
kirim qilinish
manbalari bo’yicha alohida hisobi yuritiladi. Davlat tibbiyot muassasalarida tovar
moddiy zaxiralardan to’g’ri foydalanishni tashkil qilish muhim hisoblanadi. Chunki,
tovar moddiy zaxiralar faoliyat davomida domio foydalanishda bo’ladigan aktivlar
hisoblanadi.
Tovar moddiy zaxiralar sotib olingan bahoda (etkazib
berish va boshqa
qo’shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib
olingan bo’lsa, o’rtacha bahoda hisobdan o’chiriladi. Tovar moddiy zaxiralar va oziq-
ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tashkilot
rahbari (yoki uning o’rinbosari) tomonidan tasdiqlangan
yuqoridagi tegishli
hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi lozim.
Tibbiyot muassasalarida tovar moddiy zaxiralar hisobini takomillashtirish
bo’yicha tashkiliy, uslubiy va texnik jihatdan quyidagi takliflarni keltirib o’tamiz:
-
xarajatlar smetasini tuzish jarayonida tovar moddiy zaxiralar uchun mablag’ni
rejalashtirishda belgilangan me’yoriy huquqiy xujjatlar talablariga
amal qilinishini
nazorat qilish;
-
byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha kirim qilingan tovar moddiy
zaxiralarni smeta doirasida sarflash, byudjet tasnifiga
mos xolda hisobotlarda aks
ettirishni asoslanganligini taxlil etish;
-
davlat tibbiyot muassasalarida tovar moddiy zaxiralar hisobini me’yoriy-xuquqiy
xujjatlar, byudjet hisobi standartlariga mos xolda tashkil etilishini nazorat qilib
borish;
-
davlat tibbiyot muassasalarida tovar moddiy zaxiralar hisobini me’yoriy-xuquqiy
asoslanganligini nazorat qilish, xatoliklarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
182
-
davlat tibbiyot muassasalarida tovar moddiy zaxiralarni saqlanishi va buxgalteriya
hisobi xujjatlari ma’lumotlariga mosligini nazorat qilish.