183
investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta'minlash maqsadida «Aksiyadorlik
jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga
kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1
yanvardan boshlab, moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etishi va 2021 yil
yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida tayyorlash»
vazifasi belgilangan. Mazkur vazifani amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarda
tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditini xalqaro standartlar talablari asosida
takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni asoslash,
tovar-moddiy zaxiralarni
buxgalteriya hisobida haqqoniy qiymatda baholash, auditorlik tekshiruvlarida tovar-
moddiy zaxiralar bo‘yicha ichki nazorat tizimini kuchaytirish masalalari dolzarb
muammolardan biridir. Tovar-moddiy zaxiralar - faoliyat
yuritish jarayonida sotish
maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan hamda mahsulot
ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida ma'muriy,
ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar
kiradi.Tovar-moddiy zaxiralarni buxgalteriya hisobini tartibga soladigan me'yoriy
huquqiy xujjat bo‘lib 4- son “Tovar- moddiy zaxiralari” nomli BHMS(O‘z R AV
30.06.2020y. 3259-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘z R MV 28.05.2020 y. 24-son
Buyrug‘i) xizmat qiladi.
Xizmatlar ko‘rsatuvchi va ishlar bajaruvchi tashkilotlarda tugallanmagan ishlab
chiqarishning qiymati sifatida qabul qilish-topshirish hujjatlari
rasmiylashtirilmagan
va tashkilot tomonidan tegishli daromad sifatida tan olinmagan tugallanmagan
xizmatlar (ishlar) bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi.Tovar-moddiy zaxiralar xarid
qilingan vaqt bo‘yicha dastlabki zaxiralar tannarxi (FIFO) usuli bo‘yicha tovar-
moddiy zaxiralarning chiqib ketayotgan birliklari tannarxiga
birinchi navbatda xarid
qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning qiymati kiradi, davr oxiridagi tovar-
moddiy zaxiralar qiymati esa oxirgi bo‘lib xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan
zaxiralar birliklarining umumiy qiymatidan tashkil topadi.
Hisobot davri oxirida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash ularning chiqib
ketishida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashning
qabul qilingan usuliga
bog‘liq holda amalga oshiriladi.
184
Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishida ularning qiymatini aniqlashning
qo‘llaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.