180
yuklatiladi. Bu shaxslarning almashinishi omborlarning inventarizatsiyasi va tashkilot
rahbari tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini tuzish
bilan amalga oshiriladi. Tovar moddiy zaxiralarni saqlash joylari tosh-tarozu
jihozlari, o’lchov asboblari, o’lchov idishlari va boshqa nazorat moslamalari bilan
ta’minlanishi lozim.
Tovar moddiy zaxiralar sotib olingan bahoda (etkazib berish va boshqa
qo’shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib
olingan bo’lsa, o’rtacha bahoda hisobdan o’chiriladi. Tovar moddiy zaxiralar va oziq-
ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tashkilot
rahbari tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan
chiqarilishi lozim. Tovar moddiy zaxiralar muassasaning buxgalteriya balansiga
tannarxi bo’yicha kiritiladi, u xarid qiymati va ularni xarid qilish bilan bog’liq
bo’lgan barcha xarajatlarni o’z ichiga oladi. Tovar moddiy zaxiralarni sarflashni
buxgalteriya xujjatlarida aks ettirish quyidagicha: talabnoma, ichki yuk xati,
memorial order, 308-shakl bosh kitob (1-rasm).