• Ul’tratovush va infrashovqindan himoyalash.
  • Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/24
    Sana17.09.2023
    Hajmi0.65 Mb.
    #82365
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
    Bog'liq
    Amaliy O’tkir zaxarlanishlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
    Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
    Titrashdan himoyalash. Titrash kasalligi oldini olishda titrash paydo 
    bo`ladigan manbada titrashning uzatish mexanizmlarini kinematik sxemalarini 
    o`zgartirish, harakatlanayotgan yukni muvozanatlashtirish, mashinalarni yig’ishda va 
    detallarni tayyorlashda o`lchamlarda farqni qisqartirish, tebranishlarni o`chiruvchi 
    qurilmalardan foydalanish kabi tashkiliy-texnik tadbirlar asosiy tadbirlar hisoblanadi. 
    Titrash kasalligiga qarshi kurashishda eng samarali yo`l titrash xavfi mavjud 
    mashina va mexanizmlarni masofadan boshqarish yoki titrash xavfi yuqori (ishlab 
    chiqarish) jarayonlarni to`liq avtomatlashtirish hisoblanadi. 
    Qo`lda ishlatiladigan mexanizatsiyalashgan, elektrik va pnevmatik qurollardan 
    foydalanishda titrashdan himoyalanish uchun har xil titrashdan himoyalovchi 
    dastalar, qo`lqop va boshqalar ishlatiladi. Titrashni kamaytirishda, texnik tadbirlarga 
    qo`shimcha ravishda, titrash kasalligini oldini olish bo`yicha profilaktik tadbirlar 
    bajariladi. Buning uchun titrovchi qurol va uskunalarda ishlashga 18 yoshdan kichik 
    bo`lmagan, tibbiy ko`rikdan va yo`riqnomadan o`tgan kishilar qo`yiladi. 
    Ul’tratovush va infrashovqindan himoyalash. Tebranish to`lqinlarining 
    takrorlanish tezligi 16 Gts dan kam bo`lgan tovushlar infratovush va 20000 Gts dan 
    yuqorisi esa ul’tratovushlar deb ataladi. 
    Tovush to`lqinlarining havoda tarqalishi jarayonida ularning quvvati muayyan 
    yo`nalishga qarab kuchayadi. SHuning uchun uvvati yuza birligiga bo`lgan nisbati 
    bilan aniqlanadi. YA`ni Vt/m
    с
    Р
    I

    2


    bunda R – tovush bosimining vaqt birligidagi qiymati, Pa; 

    - muhitning zichligi, kg/m
    3

    s-tovushning tarqalish tezligi, m/s. 
    Infra va ul’tratovushlarning ishlatilishi haqida gap yuritishdan oldin, 
    ul’tratovushning hayotda noo`rin ishlatilishi, tirik mavjudotga naqadar xavfli 
    ekanligini hayotiy misolda ko`rib chiqamiz. 
    1985 yili London shahrining otchoparida, 49 yoshli Djeyms Leming ismli 


    83 
    ixtirochi fizik, o`zi yasagan ul’tratovush miltig’i yordamida qirolicha poygasida 
    birinchi bo`lib kelayotgan Grevill Ctarkni 110 ming funt sterling uchun otidan 
    qo`latadi. Bunda katta tezlikda chopib kelayotgan ot kutilmaganda yo`nalishini 
    o`zgartirishi natijasida chavandoz otdan qo`lab tushadi. Keyinchalik sudda Starkning 
    aytishicha, o`sha daqiqada uning qo`log’i miya qobig’ini yorib yuborgudek kuchli 
    tovush impul’sini sezgan ekan. 
    So`nggi vaqtlarda tabiatdagi tabiiy ul’tratovushlardan boshqa tovushlar ham 
    paydo bo`ldiki, ular sun`iy qurilmalar yordamida hosil qilinadi. Ko`p hollarda ular 
    qurilmalar ishlashi natijasida hosil bo`lsa, ba`zan texnologik maqsadlar uchun 
    maxsus hosil qilinadi. 
    Masalan, ul’tratovush meditsinada har xil kasalliklarni davolashda, sanoatda 
    har xil detallarni tozalashda, elektrolitik jarayonlarni va ximiyaviy reaktsiyalarni 
    tezlatish uchun, qishloq xo`jalikda urug’larga ishlov berish va ta`mirlash ishlarida 
    foydalaniladi. 
    Insonga yuqori quvvatli ul’tratovushlarning doimiy ta`siri, ularni tez 
    charchashiga, quloq va bosh og’riqlariga, asab, yurak qon tomirlari sistemalarining 
    buzilishiga olib kelishi mumkin. SHu sababli ul’tratovush chiqaradigan qurilmalar 
    bilan bevosita kontaktda ishlashga ruxsat berilmaydi. Ular odamlar ishlayotgan 
    xonadan, tovushga qarshi izolyatsiyalangan bo`lishi kerak. 
    Umumiy xavfsizlik talablari» (davlat standarti) ishchi joylarda tovush bosimini 
    quyidagicha bo`lishiga ruxsat etiladi. 
    12500 Gts
    75 dB 
    16000 Gts
    85 dB 
    20000 Gts
    110 dB 
    Uskunani ta`mirlagandan so`ng har yili tovush bosimi darajasi nazorat qilinishi 
    kerak. Tekshiruv shovqin o`lchagich bilan amalga oshiriladi. Bunda uning quloqka 
    tutiladigan qismi bilan 5 sm masofa qolishi kerak. 
    Infratovush to`lqinlari tabiatda yerqimirlaganda, vulqon otilganda, dengiz 
    to`lqini va bo`ronlarida hosil bo`ladi. Bunday tovushlar zamonaviy ishlab chiqarishda 
    kompressorlar, dizel dvigatellari, sanoat shamollatkichlari va boshqa katta o`lchamli 
    mashinalar va mexanizmlar ishlaganda ham hosil bo`ladi. Infratovush to`lqinlari 
    insonning mehnat qobiliyatini pasaytiradi va inson organizmiga zararli ta`sir 
    ko`rsatadi. 
    Past chastotali tebranishning organizmga uzoq vaqt ta`siri charchash, bosh 
    aylanish, tanada og’riq, uyquni buzilishiga, ruhiy buzilishiga, markaziy asab 
    sistemasida va oshqozonda qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Inson qisqa 
    vaqtda 150 dB gacha bosimli infratovush to`lqinini qabul qilishi mumkin. Undan 
    ortig’i ayniqsa, (2…10 Gts) chastota diapozondagisi juda xavfli hisoblanadi. Nafas 
    olish organi uchun 1…3 Gts chastotali infratovush to`lqini, miya uchun 8 Gts, 
    oshqozon uchun 5…9 Gts infratovushlar to`lqini xavflidir. Infratovushlarni o`lchash 
    uchun maxsus infratovush mikrafonlaridan va moslamalaridan foydalaniladi. 
    Infratovushlarning zararli ta`sirini tabiiy profilaktikasini muhim tadbiri, ishchilarni 
    ishga qabul qilish vaqtida va davriy tibbiy ko`riklardan o`tkazib turish hisoblanadi. 


    84 

    Download 0.65 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari

    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish