Ishlab chiqarish shovqini va titrashlarni xususiyatlari va ularni inson




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana17.09.2023
Hajmi0.65 Mb.
#82365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Amaliy O’tkir zaxarlanishlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
2. Ishlab chiqarish shovqini va titrashlarni xususiyatlari va ularni inson 
organizmiga ta`siri 
Ba`zi bir texnologik jarayonlar, masalan, parchinlash, pnevmatik asbob bilan 
qo`yilgan asboblarni va qolipga solingan narsalarni kesish, shtampovka qilish, 
qo`yilgan buyumlarni barabanlarda tozalash, motorlarni sinab ko`rishdagi shovqinlar 
faqat eshitish organigagina yomon ta`sir qilib qolmay balki ishchining asab 
sistemasiga ham yomon ta`sir ko`rsatadigan qattiq ovoz chiqaradi. Shuning uchun 
ham ishlab chiqarishda hosil bo`ladigan shovqinlarga qarshi kurashish professional 
gigiyenaning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga 
qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Bu masala asosan 
mashinasozlik sanoatida, transport vositalarini ishlatishda va energetika sanoatida 
juda jiddiy masala bo`lib turibdi. 
SHovqinning zararli oqibatlari ma`lum. U birinchi navbatda ishlab chiqarishda 
faoliyat ko`rsatayotgan kishilarni ruhiy toliqtiradi, ishlab chiqarish vositalariga 
xizmat ko`rsatayotgan ishchilar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan 
operatorlar ishiga halaqit berib, ularni xatoliklarga yo`l qo`yishiga sabab bo`ladi. 
Bundan tashqari shovqin ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni keltirib chiqaradigan 
asosiy manba hamdir. 
Katta shovqin ta`sirida insonning asab sistemalari zirkillaydi, eshitish 
organining faoliyati pasayishi kuzatiladi. Shu sababli ishlab chiqarishda shovqinni 
kamaytirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Insonning mavjud beshta sezgi organi ichida, eshitish a`zosi o`ziga xos 
ahamiyatga egadir. Aynan eshitish orqali inson boshqa insonlar bilan muloqat qiladi, 
xavf-xatarni farqlaydi, anglaydi va o`z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o`zining 
eshitish sezgilari yordamida toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni 
farqlaydi. Toza tovush bir xil chastotadagi sinusoidal tebranishlardan iboratdir. Bir 
sekunddagi tebranishlar soni tovush chastotasi deb ataladi. Tovush chastotasi fizik 
olimi Genrix Gerts (1857-1894 y.y) sharafiga “gerts” (Gts) bilan o`lchanadi. 
Aralash tovush bir necha toza tovushlarning yig’indisidan iborat. SHovqin esa 
har xil chastota va tebranishdagi tovushlar aralashmasidir. 
Tovush intensivligining o`lchov birligi “Bel” qabul qilingan. U telefon 
yaratilishining asoschisi, Aleksandr Geyama Bel (1847-1922) sharafiga qo`yilgan. 
Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo`shilib 
eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush (shovqin) fizik holat bo`lib havoda, suvda va 
boshqa tarang muhitda kelib chiqadigan to`lqinsimon harakatlardan iboratdir. U 
tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo`ladi va bizning eshitish 
organizmi tomonidan qabul qilinadi. Ritmlarga rioya qilingan holda muntazam 
ravishda kelib chiqadigan ohangrabo tovushlarning tebranishi musiqali tovushlar 
deb ataladi. 
Tovushning (tonning, shovqinning) kuchi yoki intensivligini perpendikulyar 
bo`lgan sathdan bir sekund ichida 1 sm
2
orqali o`tadigan tovush quvvati miqdori 
bilan aniqlanadi. Tovushning kuchi quvvat birliklarida-sekundiga 1 sm
2
ga erglar 
bilan o`lchanadi. erg bir dina kuch bilan qilinadigan ish, ya`ni bir gramm og’irlikdagi 


75 
massaga 1 sm/sek tezlikni beradigan kuchdan iboratdir.
Tovushlar tebranish quvvatini to`g’ridan-to`g’ri aniqlash usullari bo`lmagani 
sababli jismlar ustiga tushadigan tovush tebranishidan hosil bo`ladigan bosimlar bilan 
o`lchanadi. Tovush bosimning birligi bar hisoblanadi va bu 1 sm
2
sathga 1 dina
kuchning to`g’ri kelgan bosimidan yoki 0, 0001 atmosfera bosimidan iboratdir. 
Normal 
eshitishda 
insonning 
eshitish 
organi 
tomonidan 
tovush 
tebranishlarining 16 dan 20000 gertsgacha chastotasi qabul qilinadi (Gts bir sekundda 
bir tebranish) shunda ham eng yuqori chegara faqat yosh bolalarga mosdir. U 
balog’atga etgani sari eshitish organlari tomonidan qabul qilinadigan tovushlarning 
chastotasi borgan sari kamaya boradi va yoshi o`tib qolganda 15000 Gts dan 
oshmaydi. Inson 800-4000 Gts chastotali tovushlarni yaxshi eshitadi, 16-100 Gts 
chastotali tovushlarni sezilarli darajada eshitadi. 
Tovush quvvatining minimal ta`siri uning bilinar-bilinmas sezgisini hosil 
qiladigan tovush kuchiga mos keladi va tovushning eshitilish busag’asida turadi. 
Quvvatning maksimal ta`siri og’riq bo`sag’asiga mos keladi, tovush quvvati 
keyinchalik zo`rayganda tovushning kuchayishi eshitilmay, balki ikkala quloq ham 
zirqirab og’riy boshlaydi. 
Ma`lum bo`lishicha eshitish organi tomonidan qabul qilinadigan tovushning 
balandligi tovush tebranishining mutloq o`sishiga parallel ravishda kuchayibgina 
bormay, uning kuchayishi logarifmga taxminan proportsional ham ekan. SHuning 
uchun ham tovush kuchini o`lchash uchun logarifm sistemasi birligidan 
foydalaniladi. 
Masalan: 1000 Gts lik ikkita tovushni olib ko`raylik. Ulardan biri-eshitilish 
bo`sag’asida turgan tovush (0,000000001=10
-9
erg/sm
2
sekund), ikkinchisi, qattiq 
aytilgan so`zning tovushi (0,01=10
-2
erg/sm
2
sekund). Ikkinchi tovushning kuchini 
birinchisiga bo`lgan nisbati:
10000000
000000001
,
0
01
,
0

yoki
7
9
2
10
10
10



ko`rinishida bo`ladi, ya`ni ikkinchi tovush o`zining fizik quvvati bilan birinchidan 
10
7
marta ortiq bo`ladi. Bu nisbat logarifm shkalasi bo`yicha 7 bilan ko`rsatiladi. 
Tovushlarni o`lchashda logarifm birligi “Bel” termini bilan belgilanadi. Bu misol 
ikkinchi tovush kuchining birinchisiga nisbati 7 bel miqdorini tashkil qiladi. Odatda 
qulay bo`lsin uchun bellarda emas, balki bellardan 10 marta kichikroq bo`lgan 
miqdorlardan, ya`ni detsibellardan foydalaniladi. Demak yuqoridagi misolda ikkinchi 
tovush kuchining birinchi tovush kuchiga nisbati 70 detsibelni tashkil etadi. 
SHunday qilib, bir tovushning ikkinchi tovushdan qanchalik kattaligini 
detsibellar bilan hisoblab chiqarish uchun, tovush quvvatining ko`p miqdorini kam 
miqdoriga bo`lish kerak, bu nisbatning o`nli logarifmini hisoblab chiqarib, olingan 
miqdorni 10 marta kamaytirish kerak. 
Lg
10


1
2
I
I
,
Qattiq shovqinning eshitish organiga yomon ta`sir qilishi tufayli shovqinli kasb 
egalari bo`lgan ishchilarda eshitish qobiliyatining pasayib ketishini quyidagi statik 
ma`lumotlardan ham ko`rish mumkin. 


76 
2-jadval 

Download 0.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ishlab chiqarish shovqini va titrashlarni xususiyatlari va ularni inson

Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish