• Mexaniq shovqinlar.
  • Shovqindan himoyalash vositalari va usullari




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/24
    Sana17.09.2023
    Hajmi0.65 Mb.
    #82365
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Amaliy O’tkir zaxarlanishlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
    Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
    Shovqindan himoyalash vositalari va usullari. Shovqindan himoyalash 


    77 
    usullari turlicha bo`lib, u birinchi navbatda shovqin manbasiga hamda shovqin 
    darajasiga bog’liq holda tanlanadi. Shovqinni inson sog’ligiga va ish qobiliyatiga 
    salbiy ta`sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul bo`lganligi sababli, amalda 
    kompleks usullardan foydalaniladi. Bunday kompleks usul o`z ichiga quyidagi 
    tadbirlarni birlashtiradi:
    -shovqinni uning manbasida kamaytirish;
    -shovqinning tarqalish yo`nalishini o`zgartirish; 
    -binoning akustik holatini yaxshilash;
    -ishlab chiqarish binolari va uchastkalarini joylashishini oqilona rejalashtirish;
    -shovqinni tarqalish yo`lida kamaytirish.
    Ushbu usullar ichida shovqinni uning manbaida kamaytirish eng samarali yo`l 
    hisoblanadi. Shovqinning kelib chiqishiga asosiy sabab mashina va mexanizm yoki 
    uning ayrim qismlari harakati natijasida havoda elastik to`lqinlar harakatini vujudga 
    keltiradi. Bunday to`lqinlarning hosil bo`lishiga olib keladigan harakatlanuvchi 
    qismlarni o`z navbatida mexaniq, aerodinamik, gidrodinamik va elektrodinamik 
    turlarga bo`lib qarash maqsadga muvofiqdir. 
    Mashina va mexanizmlarning ishlash printsiplaridagi tavsiflari va shovqin 
    chiqarishga olib keladigan omillar har xil bo`ladi. Shovqin hosil bo`lishiga sabab 
    bo`ladigan asosiy bitta band hammasi uchun umumiydir. Bu mashina va 
    mexanizmlarni ishlatishda, ta`mirlashda standart talablariga rioya qilishdir. Qayd 
    qilingan tadbirlarni amalga oshirishda yo`l qo`yilgan noaniqliklar shovqin chiqishini 
    asosiy omili hisoblanadi. 
    Mexaniq shovqinlar. Ishlab chiqarishda mexaniq shovqin chiqaruvchi 
    omillarga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin: har xil mashina mexanizmlar 
    qismlarining turli tezlanishda harakatlanishi natijasida kelib chiqadigan inertsiya 
    kuchlari, birikmalardagi zarba kuchlari ta`sirida; birikmalardagi ishqalanish kuchlari, 
    zarba yo`li bilan ishlov berish (toblash, shtampovka); mashina bajarayotgan ishga 
    bog’liq bo`lmagan shovqinlarga sharikli podshipniklar, tishli g’ildiraklar, qayishli 
    uzatishlar va mexanizmlarning muvofiqlashtirilmagan aylanma harakat qiluvchi 
    qismlari chiqarayotgan tovushlar kiradi. Aylanuvchi qismlar tebranish chastotalari 
    n/60 nisbat bilan aniqlanadi. 
    Tovush bosimi aylanish tezligiga bog’liq bo`ladi. Masalan, sharikli 
    podshipniklarning aylanish tezligi n

    dan n

    (ayl/min)ga ko`paysa, shovqin 
    quyidagicha aniqlanadi. 
    1
    2
    /
    lg
    3
    ,
    23
    n
    n
    L


    Mashina va mexanizmlarda, qurilmalarda, texnologik liniyalarda shovqinni 
    kamaytirish, detallarni tayyorlash sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi 
    materiallardan foydalanish, uzatmalarni to`g’ri tanlash, eyilgan detallarni o`z vaqtida 
    almashtirish va shu kabi yo`llar orqali amalga oshiriladi. Masalan, dumalash 
    podshipniklarini ishqalanish podshibniklariga almashtirish shovqin darajasini 10…15 
    dB ga, to`g’ri tishli g’ildiraklarni boshqa g’ildiraklarga almashtirish 10…12 dB ga, 
    zanjirli uzatmalar o`rniga ponasimon tasmali uzatmalardan foydalanish 10…15 dB 
    ga, tishli uzatmalarni yig’ish sifatini oshirish 5…10 dB ga kamaytirishga imkon 


    78 
    beradi. Bundan tashqari shovqin darajasini kamaytirishda aylanuvchi detallarni 
    balansirlash ham muhim rol’ o`ynaydi.
    Ma`lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida shovqin 
    hosil bo`ladi. Bundan tashqari, bunday shovqinlar shamollatkichlar, kompressorlar, 
    nasoslar va ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaqtida ham yuzaga keladi. Bunday 
    aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarni uyurmasimon harakati natijasida 
    sodir bo`lganligi sababli, ularni manbasida kamaytirishning samarasi kam bo`ladi. 
    SHu sababli bunday shovqinlar darajasi uning yo`liga shovqinni kamaytiruvchi 
    qurilmalar o`rnatish orqali kamaytiriladi. 
    Elektr qurilmalari va mashinalarda elektromagnit xarakterdagi shovqinlar 
    yuzaga keladi. Bunday shovqinlar hosil bo`lishining asosiy sababi, o`zgaruvchan 
    magnit maydonlari ta`sirida ferromagnit massalarning titrashi hisoblanadi. 
    Transformatorlardagi 
    bunday 
    shovqinlar 
    paketlarni 
    zich 
    joylashtirish 
    va 
    demfyer(tebranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) materiallardan foydalanish orqali 
    kamaytiriladi.
    Iloji boricha tishli g’ildirakli va zanjirli uzatmalarni ponasimon tasmali 
    uzatmalar bilan almashtirish lozim. Bunda biz shovqinni 10-14 dB kamaytirish 
    imkoniyati yaratiladi.
    SHarikli potishipniklarni sirgaluvchi potishipniklar bilan almashtirish 
    maqsadga muvofiq, bu esa shovqinni 10-15 dB ga kamaytiradi.
    Iloji boricha metalldan tayyorlangan detallarni nometall detallar, masalan, 
    kapron, tekstolit, plastmassa detallar bilan almashtirish yoki metall tishli g’ildiraklar 
    juftligi o`rniga kapron tekstolitdan yasalgan g’irdiraklar o`rnatish shovqinni 10-12 dB 
    ga kamaytirishi mumkin.
    Korpus detallarini tayyorlashda plastmassa materiallardan foydalanish, 
    masalan, reduktor qopqog’i plastmassadan tayyorlanganda past chastotadagi 
    shovqinlarni 2-6 dB ga, yuqori chastotadagi shovqinlarni esa 7-15 dB ga kamaytiradi.
    Metall detallarni tanlaganda har xil metallarning ichki qarshiligi turlicha ekanligini 
    hisobga olish muhim. CHunki ichki qarshilikning o`zgarishi metall jarangdorligini 
    oshirishga yoki kamaytirishga yordam beradi. Masalan, cho`yanga nisbatan po`lat 
    jarangdor hisoblanadi. Ba`zi bir qotishmalar jarangdorligi keskin kam bo`lishi bilan 
    ajralib turadi. Shuning uchun ham birikmalarda qotishmalardan foydalanish yaxshi 
    natija beradi. Mexanizmlarning aylanuvchi qismlarining mutanosibligini taminlash 
    zarur. Tosh maydalash qurilmalarida shovqinni kamaytirish maqsadida uning 
    devorlarini rezinadan qilingan materiallar yoki asbestdan qilingan karton vositalari 
    bilan qoplash maqsadga muvofiqdir.

    Download 0.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shovqindan himoyalash vositalari va usullari

    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish