• Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli texnologik almashtirish normasi
  • Omillar sarfining har xil miqdoriy tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori
  • Ishlab chiqarish funksiyasi




    Download 81,66 Kb.
    bet2/17
    Sana04.12.2023
    Hajmi81,66 Kb.
    #110912
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish omillari bozori Reja-fayllar.org

    Ishlab chiqarish funksiyasi. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin.
    Ishlab chiqarish funksiyasi foydalaniladigan har bir ishlab chiqarish omillari sarfi majmuasidan maksimal Q miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ko`rsatadi. Agar omillar majmuasi sarfi kapital, mehnat va materiallardan iborat bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin:


    Qf (K, L, M )
    (1).

    bu yerda Q - berilgan texnologiyada maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori; K - kapital; L - mehnat; M - materiallar.


    Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita, K (kapital) va L (mehnat)
    omillariga bog`liq bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yoziladi:



    Qf (K, L)
    (2).

    Ushbu funktsiyada mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikkita ishlab chiqarish omiliga bog`liq - kapital va mehnatga. Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi yordamida non ishlab chiqarish kombinatida mehnat resurslaridan va kapitaldan foydalangan holda qancha non mahsulotini ishlab chiqarish mumkinligini ifodalash mumkin, yoki qishloq xo`jalik korxonasining berilgan mehnat resurslaridan va texnikadan (ishchilarning fond bilan qurollanganlik darajasida) foydalangan holda ma′lum vaqt oralig`ida qancha mahsulot ishlab chiqarishini ifodalash mumkin.


    Mahsulot ishlab chiqarish ko`proq qo`l mehnatiga asoslangan bo`lsa (masalan, nonni qo`l mehnati asosida ishlab chiqarilsa), u holda ishlab chiqarish funksiyasini faqat sarflangan mehnatga bog`liq ravishda yozish mumkin:



    Qf (L)
    3).

    Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko`proq kapital ishtirok etsa, ya′ni mahsulot ishlab chiqarish yuqori kapital sig`imiga ega bo`lsa, ishlab


    chiqarish funksiyasini


    Q F(K)
    ko`rinishida yozish mumkin.

    Ta′kidlash joizki, (1), (2) va (3) tenglamalar ishlab chiqarishning ma′lum texnologiyasida qo`llanilishi mumkin. Agar texnologiya o`zgarsa, ya′ni yangi texnologiya qo`llansa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi resurslar hajmi o`zgarmaganda ham o`sishi mumkin.



            1. Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli texnologik almashtirish normasi


    Izokvantalar. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil - mehnat va kapitaldan foydalaniladigan ishlab chiqarishni qaraymiz. Faraz qilaylik, mebel ishlab chiqarish tsexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va mehnatning ma′lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda. Quyidagi 10.1-jadvalda har xil resurslar sarflari kombinatsiyasida maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori keltirilgan.
    10.1-jadval
    Omillar sarfining har xil miqdoriy tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori







    Download 81,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 81,66 Kb.