• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • Ishlab chiqarishda boshqaruv” f akulteti «iqtisodiyot» kafedrasi




    Download 73,97 Kb.
    bet3/8
    Sana18.05.2024
    Hajmi73,97 Kb.
    #243370
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    «iqtisodiyot» kafedrasi-www.hozir.org

    Reja:
    Kirish

    Asosiy qism

    1. Investitsiya haqida tushuncha. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi.


    2. Tuzilmaviy islohotlarning iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o’zgarishlarga ta’siri va ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish omillari va unda investitsiyalarning tutgan o’rni.
    3. Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari. Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi ahamiyati.
    4. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda davlat va xususiy sektorning ishtiroki. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari.

    5. O’zbekistonda iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari va samaralari. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlardan ko’zlangan maqsad va uning amalga oshirilishi natijalari.



    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Bu, eng avvalo, ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining shakllanganligida, makroiqtisodiy barqarorlikning ta'minlanganligida va shu asosda barqaror iqtisodiy o'sish uchun mustahkam zamin tayyorlanganligida, investitsiyalar, ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratilganligida o'z aksini topadi.
    Mamlakatimiz iqtisodiyotining bundan keyingi rivoji ko'p jihatdan iqtisodiyot tarmoqlariga xo'jalik yuritishning ilg`or shakllaridan biri bo'lgan qo'shma korxonalar yaratish orqali xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish va shu orqali respublikamizning yetakchi tarmoqlariga ilg`or texnika va texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish usullarini takomillashtirishga bog`liq.
    Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan birga mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish va shu asosda jahon xo'jalik tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvni ta'minlashga olib keladi.
    O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Jahon xo'jaligi bilan integratsiyalashmasdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirmasdan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etmasdan turib biz ko'zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz”1 . Shu munosabat bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qo'shma korxonalar tizimini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning ustuvor yo'nalishlarini asoslash, mazkur sohada mavjud muommolarni hal etish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish respublikamiz uchun muhim ahamiyatga ega hamda ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.

    Download 73,97 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 73,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarishda boshqaruv” f akulteti «iqtisodiyot» kafedrasi

    Download 73,97 Kb.