• 35-modda. Hokimiyat mahalliy organlari hamda yer qa’ridan foydalanuvchilarning avariyalarni tugatish vaqtidagi vazifalari
  • VII BO‘LIM. YER QA’RIDAN FOYDALANISh VA ULARNI MUHOFAZA QILISh 36-modda. Yer qa’ridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir asosiy talablar
  • -modda. Konchilikdagi qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish va ularni tugatish-o‘chirish xizmatlari




    Download 0,53 Mb.
    bet16/28
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #248993
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
    Bog'liq
    ODINA DKA 2

    34-modda. Konchilikdagi qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish va ularni tugatish-o‘chirish xizmatlari
    Konchilikdagi qutqaruv qismlari, shuningdek ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni tugatish-o‘chirish xizmatlari yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun tuziladi.
    Konchilikdagi qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish va ularni tugatish-o‘chirish xizmatlari to‘g‘risidagi nizomlarni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
    35-modda. Hokimiyat mahalliy organlari hamda yer qa’ridan foydalanuvchilarning avariyalarni tugatish vaqtidagi vazifalari
    Yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq korxonalarda avariya yuz bergan hollarda hokimiyatning mahalliy organlari, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar transport vositalari, materiallar va asbob-uskuna, aloqa vositalari va dori-darmon berishlari hamda avariyalarni tugatishda boshqa xil yordam ko‘rsatishlari shart.


    VII BO‘LIM. YER QA’RIDAN FOYDALANISh VA ULARNI MUHOFAZA QILISh
    36-modda. Yer qa’ridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir asosiy talablar
    Yer qa’ridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir asosiy talablar:
    yer qa’rini foydalanishga berib qo‘yishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilishlik va yer osti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikdan;
    yer qa’rini geologik jihatdan to‘la-to‘kis o‘rganish, undan oqilona, kompleks foydalanishni va uning muhofaza qilinishini ta’minlashdan;
    kon ajratmalaridan tashqarida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydali qazilma konlarini ishga solishni va yer osti boyliklaridan foydalanishni taqiqlab qo‘yishdan;
    yer qa’ridan asosiy qazilma va u bilan birga joylashgan foydali birikmalar hamda ularning tarkibidagi komponentlarning mumkin qadar to‘liq chiqarib olinishini ta’minlashdan;
    foydali qazilma konlarini ishga solishda yer qa’ridan qazib olinadigan va unda qoldiriladigan asosiy qazilma hamda u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar va ular tarkibidagi komponentlarning zaxiralarini, shuningdek mineral xomashyoni qayta ishlash chog‘ida foydali komponentlarni aniq hisobga olib borishdan;
    qazib olingan mineral xomashyodan uning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga molik komponentlarni oqilona va kompleks ravishda ajratib olishni ta’minlashdan;
    foydali qazilma konlarini tugab qolishdan, ifloslanishdan, suv bosishdan, suv chiqib ketishidan, yong‘indan hamda foydali qazilmalar sifatini va konlarning sanoat ko‘lamidagi ahamiyatini pasaytiruvchi yoki ularni ishga solishni murakkablashtiruvchi boshqa omillardan muhofaza qilishdan;
    yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borishda, ayniqsa neft, gaz yoki boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlashda, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqitlarini ko‘mishda yer qa’ri ifloslanishining oldini olishdan;
    foydali qazilma qazib oluvchi korxonalarni va foydali qazilma qazib chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilib qo‘yishning belgilangan tartibiga rioya qilishdan;
    foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va o‘zboshimchalik bilan imorat qurishning oldini olishdan;
    ichimlik suvi sifatida va sanoat suv ta’minoti uchun foydalaniladigan suv to‘plash maydonlarida va yer osti suvlari joylashgan maydonlarda sanoat va maishiy chiqindilar yig‘ilib qolishining oldini olishdan;
    yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning foydali qazilma zaxiralarining, ishlatilayotgan, konservatsiya qilib qo‘yilayotgan konlar, burg‘ilangan quduqlar va yer osti inshootlarining saqlanishiga zararli ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslikdan;
    xodimlar va aholining xavfsizligini, atrof tabiiy muhit yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning zararli ta’siridan muhofaza qilinishini ta’minlashdan iborat.



    Download 0,53 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Konchilikdagi qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish va ularni tugatish-o‘chirish xizmatlari

    Download 0,53 Mb.