• 6-modda. Davlat kadastrlari obyektlari
  • 7-modda. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari
  • -modda. Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi




    Download 0,53 Mb.
    bet24/28
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #248993
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    ODINA DKA 2

    5-modda. Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi
    Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi:
    davlat yer kadastri;
    foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri;
    davlat suv kadastri;
    davlat o‘rmon kadastri;
    o‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri;
    hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri;
    muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri;

    binolar va inshootlar davlat kadastri;


    davlat shaharsozlik kadastri;
    gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;
    moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri;
    avtomobil yo‘llari davlat kadastri;
    temir yo‘llar davlat kadastri;
    transport quvurlari davlat kadastri;
    aloqa obyektlari davlat kadastri;
    energetika obyektlari davlat kadastri;
    chiqindilarni ko‘mib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri;
    tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan tegralar davlat kadastri;
    texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar davlat kadastri;
    kartografiya-geodeziya davlat kadastri;
    Davlat kadastrlari yagona tizimiga qonun bilan belgilanadigan boshqa davlat kadastrlari ham kirishi mumkin.
    6-modda. Davlat kadastrlari obyektlari
    Yer, foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, suvlar, o‘rmonlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini ko‘mib tashlash va utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining obyektlari hisoblanadi.

    Qonunda davlat kadastrlarining boshqa obyektlari ham nazarda tutilishi mumkin.




    7-modda. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari
    Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
    kadastr obyektlarining har bir turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining butun hududini to‘la qamrab olish;
    fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
    kadastrga doir axborotni shakllantirish uslubiyatining yagonaligi;
    kadastrga doir axborotning aniqligi;
    kadastrga doir axborotning hamma uchun ochiqligi.

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi

    Download 0,53 Mb.