• 46-modda. Yer qa’ri monitoringi
  • IX BO‘LIM. YER QA’RIDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA QILISh, GEOLOGIK O‘RGANISh HAMDA MINERAL RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISh USTIDAN DAVLAT TEKShIRUVI VA NAZORATI
  • 48-modda. Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik o‘rganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi organlar
  • -modda. Foydali qazilma zaxiralarini hisobdan chiqarish




    Download 0,53 Mb.
    bet20/28
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #248993
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
    Bog'liq
    ODINA DKA 2

    45-modda. Foydali qazilma zaxiralarini hisobdan chiqarish
    Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan, qazib olish jarayonida yo‘qotilgan, keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni ishga solishda tasdiqlanmagan qazib olingan foydali qazilmalar, shuningdek foydali qazilma zaxiralari davlat balansiga tegishli o‘zgartishlar kiritgan holda yer osti boyliklaridan foydalanuvchining balansidan chiqarilishi kerak.
    Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish foydali qazilma zaxiralarini tasdiqlagan organlar tomonidan Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamda Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining xulosalari asosida amalga oshiriladi..
    Qazib olingan va qazib olish jarayonida yo‘qotilgan foydali qazilmalarni yer osti boyliklaridan foydalanuvchi hisobidan chiqarish Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

    46-modda. Yer qa’ri monitoringi
    Yer qa’ri monitoringi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlab baholash, salbiy jarayonlar oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish uchun yer qa’ri holatini kuzatib borish tizimidan iborat. Monitoringni amalga oshirishning tarkibi, mazmuni va tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

    IX BO‘LIM. YER QA’RIDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA QILISh, GEOLOGIK O‘RGANISh HAMDA MINERAL RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISh USTIDAN DAVLAT TEKShIRUVI VA NAZORATI
    47-modda. Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik o‘rganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazoratining vazifalari
    Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik o‘rganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazorati vazifalari barcha yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar yer osti boyliklaridan foydalanishning belgilangan tartibiga, yer osti boyliklaridan foydalanish hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish, yer qa’rini geologik o‘rganish sohasidagi qonun hujjatlari, qoidalar va normalarga, ishlarni xavf-xatarsiz olib borish, ishlarning aholiga, atrof tabiiy muhitga, binolar va inshootlarga zararli ta’sir etishining oldini olish hamda bunday ta’sirni bartaraf qilishga doir talablarga, shuningdek davlat hisobini yuritish va hisobdorlik qoidalariga rioya etishlarini ta’minlashdan iborat.
    48-modda. Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik o‘rganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi organlar
    Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik o‘rganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazorati hokimiyat mahalliy organlari, shuningdek konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Foydali qazilma zaxiralarini hisobdan chiqarish

    Download 0,53 Mb.