• 2-modda. Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunchilik
  • 3-modda. Davlat kadastri tushunchasi
  • 4-modda. Davlat kadastrlari yagona tizimi
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI




    Download 0,53 Mb.
    bet23/28
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #248993
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    ODINA DKA 2

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
    DAVLAT KADASTRLARI TO‘G‘RISIDA
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, kadastrga doir axborotni to‘plash va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
    2-modda. Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunchilik
    Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    3-modda. Davlat kadastri tushunchasi
    Davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xo‘jalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo‘ladi.
    4-modda. Davlat kadastrlari yagona tizimi
    Davlat kadastrlarining yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (bundan buyon matnda Milliy geografik axborot tizimi deb yuritiladi) shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisobi yuritilishini, baholanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
    Davlat kadastrlarining axborotini Milliy geografik axborot tizimiga taqdim etish axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda, faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Bunda davlat sirlari jumlasiga kiritilgan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish davlat sirlarini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
    Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlari axborotini taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

    Download 0,53 Mb.