• 12-modda. Davlat kadastrlarini yuritish
  • 13-modda. Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
  • -modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari




    Download 0,53 Mb.
    bet26/28
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #248993
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    ODINA DKA 2

    11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
    kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadilar;
    davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiradilar;
    qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
    12-modda. Davlat kadastrlarini yuritish
    Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Davlat kadastrlarini yuritishga quyidagilar kiradi:
    kadastr obyektlariga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
    kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
    kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
    kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
    kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
    Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;

    foydalanuvchilarni qonunchilikda belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan ta’minlash.


    Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risida, shuningdek ularning holatidagi joriy o‘zgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
    Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

    Davlat kadastrlari yuritilishini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


    13-modda. Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
    Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
    Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.
    Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    .
    Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.
    Ko‘chmas mulk bo‘lgan kadastr obyektlariga doir huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bitimni insofli ravishda tuzgan taraflar Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi noto‘g‘ri axborot oqibatida ko‘rgan zararlar uchun javobgar bo‘ladi. Zararning o‘rni sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishi lozim.

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari

    Download 0,53 Mb.