• 15-modda. Kadastr obyektlarini baholash
  • 16-modda. Kadastr hujjatlari
  • -modda. Kadastr obyektlarini hisobga olish




    Download 0,53 Mb.
    bet27/28
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #248993
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    ODINA DKA 2

    14-modda. Kadastr obyektlarini hisobga olish
    Kadastr obyektlarini hisobga olish vazirliklar, idoralarning tegishli bo‘linmalari tomonidan kadastr obyektlarining chegaralari doirasida, shuningdek aholi punktlari, tumanlar, mintaqalar, tabiiy va iqtisodiy tegralar hamda butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ularning amaldagi holati va ulardan foydalanilishiga ko‘ra olib boriladi.
    15-modda. Kadastr obyektlarini baholash
    Kadastr obyektlarini baholash sifat va qiymat jihatidan baholashni o‘z ichiga oladi.
    Kadastr obyektlarini sifat jihatidan baholash ularning tabiiy va jismoniy tavsiflari asosida amalga oshiriladi.
    Kadastr obyektlarini qiymat jihatidan baholash ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    16-modda. Kadastr hujjatlari
    Kadastr obyektiga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, obyektning kadastr yig‘majildi, kadastr xaritasi (plani), kadastr kitobi, kadastr obyektlarining holati haqidagi hisobot kadastr hujjatlarining asosiy turlaridir.
    Kadastr yig‘majildi kadastr obyektiga bo‘lgan huquqni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan kadastr obyektini kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi.
    Kadastr xaritasi (plani) kadastr obyektlari joylashgan erni, ularning chegaralari, muhofaza tegralari, baholash, miqdor va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi grafik chizma hujjati bo‘lib, u qog‘ozda, magnit va boshqa vositalarda tuziladi.
    Kadastr kitobi kadastr obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishning asosiy hujjati hisoblanib, u kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor hamda sifat jihatdan tavsiflari va bahosi haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
    Kadastr obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobot davlat kadastrining har bir turi bo‘yicha belgilangan tartibda tuziladi hamda kadastr obyektlarining alohida hududlar va butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha miqdor va sifat holati, bahosi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Kadastr obyektlarini hisobga olish

    Download 0,53 Mb.