|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali energetika va mashinasozlik fakulteti
|
bet | 13/16 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 227,7 Kb. | | #232308 |
Bog'liq Diplom bbbIsh joyini yoritish ishlari
Tanlab eritish bo‘limida unumli ish sharoitini tashkil qilish va ishchilarning
ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ko‘zni toliqishdan saqlovchi yoritish
vositalari kuyidagi sanitariya-gigienik talablari bo‘yicha qilingan:
1. Ish joylarini yoritish sanitariya -gigienik normalar asosida konverterlash
bo‘limida ish joyiningsh yoritilishi 100 lk ko‘rsatgichisiga ega
2. Ishchi zonalarda to‘g‘ri yoki nur qaytishi ta’sirida hosil bo‘layotgan
yaltirashlarning oldi olnigan, bu yaltirashni kamaytirish yoritish asboblarininig nur
tarqatish burchaklarini tanlash va nur qaytarish ta’sirida hosil bo‘ladigan
yaltirashlarni nur to‘sish yo‘nalishlarini o‘zgartirish hisobiga erishgan.
3. Yoritilish miqdori vaqt bo‘yicha o‘zgarmasdir. Yoritilishning
o‘zgarmasligiga muhim o‘zgarmas kuchlanishli manbalardan foydalanish yo‘li
bilan erishilishi mumkin.
4. Yorug‘likning lozim bo‘lgan spektr sostavini tanlangan, chunki bu talab
materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo‘lgan hollarda muhim rol o‘ynaydi.
5. Yorug‘lik qurilmalari qo‘shimcha xavf va zararliklar manbai bo‘lmasligi
kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini
maksimal darajada kamaytirilgan.
Yong‘in havfsizligi chora tadbirlariSulfidli rux boyitmalarini oksidlovchi kuydirish bo‘limi G- kategoriyasiga
tegishli.Bino qurilishida ishlatiladigan qurilish konstruktsiyalari yong‘inga chidamli materiallardan ishlatilgan.
Yong‘in sharoitida qurilish konstruktsiyalariga katta harorat ta’siridan
tashqari boshqa kuchlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan konstruktsiyaning o‘z
og‘irligi, u ko‘tarib turgan umumiy og‘irlikdan tashqari yana qo‘shimcha statik va
dinamik kuchlar ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu sochilayotgan suvning og‘irligi,
yiqilayotgan va bosim tushayotgan bino qismlarning og‘irligi va hokazo. Shuning
uchun ham banday kuchlar ta’sirida konstruktsiyalar egilishi, bukilish va
mustahkamligini yo‘qotadi, o‘z ko‘tarish qobiliyatiga putur etkazadi. Bundan tashqari yong‘in vaqtida qurilish konstruktsiyalari xavfli darajadagi
katta haroratda qizish, erib yoki kuyib ketishi, shuningdek yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin, bu yoriqlar orqali yong‘inning qo‘shni xonalarga tarqalish xavfi kuchayib
ketadi. Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong‘inga qarshi choratadbirlar belgilanadi. Bu chora-tadbirlar sanoat korxonachi bosh planiga kiritiladi. Bu chora-tadbirlarning eng muhimlaridan biri sanoat korxonasi komplekslarini va binolarini bir-biriga bajariladigan ishi va yong‘inga x avfligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Bunda o‘ta yong‘inga xavfli komplekslar albatta territoriyaning shamol yo‘nalishiga qarama -qarshi tomonda joylashtiriladi.
Sanoat korxonalarini zonalashtirishda, korxona joylashgan joyning baland
pastli, shamolning asosiy yo‘nilish va kuchi hisobga olinadi. Bunda engil
alangalanuvchi suyuqliklarni joylashtirganda ularni xududning quyiroq
uchastkalariga joylashtirish tavsiya etiladi. Chunki aks holda yong‘in bo‘lgan
taqdirda engil alangalanuvchi suyuqlik past bo‘lgan tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlarga tarqalib ketishi imkonichtini yaratadi.
Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari odatda och iq
alanga yordamida ishlatiladi va ulardan chiqish mumkin bo‘lgan uchqunlar yong‘in
xavfini tug‘diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham
bunday vositalar shamol yo‘nalishiga qaram-qarshi tomonda engil alangalanuvchi
suyuqliklar va suyultirilgan va siqilgan gazlarni joylishini hisobga olgan holda joylashtiriladi.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda zavod xududidagi avtomobil haraktlanish
yo‘llarini to‘g‘ri ta’minlash katta ahamiyatga ega. Chunki yong‘in vaqtida o‘t
o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz istalgan joygacha bora olishi muhimdir.
SHuningdek korxona xududidagi yong‘inga qarshi deponi joylashtirish ham
ahamiyatlidir. Sanoat korxonasining bir tomonidan qirish yo‘li albatta umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘chaga chiqadigan bo‘lishi kerak.
Yong‘inga qarshi oraliqlar
Yong‘in bo‘lgan taqdirda alanga bir binodan ikkinchi binoga o‘tib
ketmasligini ta’minlash maqsadida yong‘inga qarshi oraliqlar tashqil qilinadi.
Bunday oraliqlar belgilanganda asosan yonma-yonjoylashini mumkin bo‘lgan
binolarning yong‘inga xavflilik darajasi, kategoriyasi, konstruktsiyalarining o‘tga chidamliligi, langalanish maydoni, yong‘inga qarshi to‘siqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olingan.
Yong‘inga qarshi oraliqlar tashqil qilishda binolarning o‘tga chidamliligi
darajasi hisobga olinadi. Ba’zi bir yong‘in xavfi deyarli yo‘q bo‘lgan binolar uchun yong‘inga qarshi oraliqlar belgilanmaydi. Masalan, metall buyumlar va mineral konstruktsiyalarning omborlari yonma-yon joylashishi mumkin.
Shuningdek G va D kategoriyadagi sanoat korxonalari, ularning o‘tga
chidamlilik darajasi I va II bo‘lsa va tomi yonmaydigan materiallar bilan yopilgan
bo‘lsa, shuningdek tashqi devorlvri yong‘inga qarshi to‘siq sifatida qurilgan
bo‘lsa, yong‘inga qarshi oraliq belginmasligi mumkin. Yong‘inga qarshi to‘siq
Tanlab eritish bo‘limini hisoblash jarayonida yong‘inga qarshi tashqiliy
ishlar amalga oshirilgan. Bu tashkiliy ishlar qatoriga yong‘inga qarshi to‘siqlarni
ko‘rsatish mumkin. Bular yong‘inga qarshi devor, eshik, darvoza, lyuk tambur shlyuzlar va derazalar kiradi. Yong‘inga qarshi to‘siq vositalari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo‘lib, o‘tga chidamlilik chegarasiga ega (soatlarda). Yong‘inga qarshi asosiy devor-2, 5 soat.
Yogg‘inga qarshi devorlarda bo‘lgan eshik deraza va darvozalar 1, 2 soat Q
Asosiy bo‘lmagan devor 0,75 s . Asosiy bo‘lmagan devordagi eshik derazalar shuningdek tambur, shlyuzlar 0,6 soat. Bu erda shuni ta’kidlash kerakki, tosh vaboshqa tabiiy minerallardan qilingan devorlar yuqorida o‘tga chidamlilik chegarasi bo‘yicha qo‘yilgan talablarni bajaradi. Agar devorlar mabodo sinchli bo‘lsa, unda uning asosiga ishlatilgan sinchning va orasiga urilgan devorlarning o‘tga chidamlilik chegarasi hisobga olingan holda belgilanadi.
Evakuatsiya yo‘llari har bir sanoat korxonasi uchun mo‘ljallangan bino loyihalanayotgan vaqtda
albatta yong‘in bo‘lgan taqdirda kishilarni u erdan o‘z vaqtida chiqarib yuborish imkoniyatini yaratadigan evakuatsiya yo‘llari bilan ta’minlanadi.
Tanlab eritish bo‘limi joylashgan metallurgik tsexda 2 ta evakuatsiya yo‘llari
ko‘zda tutilgan. Yong‘in bo‘lgan taqdirda ishchilar sanoat korxonasi xonasidan eng qisqa yo‘l orqali ma’lum belginlangan vaqt ichida chiqib ketis hadi.
SNiP II-2-80 ga asosan sanoat korxonalaridan tashqariga chiqib ketish
yo‘llari, koridorlari va qavatlaridan tushish yo‘llarining o‘lchamlari.
Evakuatsiya yo‘llarining eni 1 m, eshiklarning eni 0,8 bo‘yi 2 m. Sanoat korxonalarini loyihalashda odamlarni evakuatsiya qilishga
mo‘ljallangan zinopoyalar va ularni joylashtirish mo‘ljallangan kataklar uchun ma’lum tartibda talablar qo‘yiladi. Masalan, zinopoya o‘rnatilgan kataklarda tutun to‘planmaydigan bo‘lishi, ya’ni tutunni chiqarib yuborish uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta’minlovchi texnik vositalarga ega. Zina kataklari ichkari tomonda yong‘in bo‘lishi mumkin bo‘lgan binodan ajratilgan, tashqi tomonda yoritiladigan bo‘lishi mumkin bo‘lgan binodan ajratilgan, tashqi t omondan yoritiladigan. Mamlakatimiz milliy davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri aholii va xududlarni tabiiy va texnogen favqulotda vaziyatlardan muxofaza qilish, xavfsizlikni taominlash, barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezident I.A. Karimov shu masalaning dolzarbligini e’tiborga olib o’z «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarlarida «Siyosatimizning asl mohiyati aholi xavfsizligini taominlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan himoya qilishdir» deb takidlab o’tadilar. Shunday ekan favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va aholini bo’lishi mumkin bo’lgan xavfdan ogoxlantirish borasida samarali tadbirlar o’tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor harakat qilish, insonlarning qurbon bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiy zararni kam bo’lishini, xavfsizlikni o’z vaqtida ta’minlash asosiy vazifalardan biridir
Fuqaro muxofazasi umumdavlat mudofaa ishlari tizimi bo’lib aholini va halq xo’jaligini tinchlik va harbiy holatlarda Favqulotda vaziyatlardan himoyalash maqsadida, shuningdek obektlarni barqarorligini oshirish tabiiy ofat, avariya kabi FV lar oldini olish, ular yuz berganda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi.
Favqulotda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) – aholi va xududlarni favqulotda vaziyatlardan himoya qilish kuch-vositalari va muassasalarini birlashtiradi, hamda favqulotda vaziyatlarni oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, aholi xavfsizligini, hududlarni va davlat iqtisodiyotini xavfli zararlardan himoya qilishga mo’ljallangan davlat tizimidir.
Favqulotda vaziyat – muayyan xududda o’zidan so’ng odamlarning qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi va atrof-muhitga zarar yetkazishi natijasida katta moliyaviy zararlarga olib keluvchi halokat, tabiiy ofatlar, epidemiya va boshqalardir.
FVDT ning asosiy vazifalari:
-Tinchlik va xarbiy davrlarda aholi va hududlarni Fvlardan himoya qilishning xuquqiy, iqtisodiy meoyoriy xujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-Respublikada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy va texnogen FVlarni prognoz qilish va oqibatlarini baholash.
-Har qanday sharoitlarda FVlarni bartaraf etish kuch vositalarini tayyorganrligini taominlash.
-FV sohasida davlat ekspertizasi nazoratini o’tkazish va tekshiruvini amalga oshirish, shuningdek ushbu sohada halqaro hamkorlik qilish. [17,18]
Loyihalanayotgan korhonada fuqaro himoyasi vazifalarini bajarish maqsadida shu obektning moddiy texnika bazasi negizida quyidagi bo’lim va xizmatlarni tashkil etilgan.
Umumiy aloqa xizmati;
Jamoat tinchligini saqlash (qo’riqlash) xizmati;
Yong’inga qarshi kurash bo’limi yoki xizmati;
Tibbiy xizmat;
Avariyaviy-texnik xizmat;
Moddiy texnik taominot xizmati;
Transport xizmati;
Radiasiya va kimyoviy unsurlardan saqlash xizmati va boshqalar.
Obektning alohida xususiyatlariga ko’ra boshqa bo’lim va xizmatlar ham tuzilishi mumkin. Xizmatlar soni obektning fuqaro himoyasi rahbari tomonidan belgilanadi. Obekt fuqaro himoyasi bo’limining asosiy vazifalaridan biri tinchlik va harbiy holatlarda turli yo’nalishdagi fuqaro himoyasi kuchlarini tuzish va qayta tayyorlashdir. Fuqaro himoyasi kuchlarining asosini shu obektlarning harbiy bo’lmagan shakllari tashkil qiladi. Fuqaro himoyasi kuchlarining tashkil qilinishi yaoni shaxsiy tarkib va ajratilgan texnik-jihozlar obektning ish faoliyatiga taosir ko’rsatmasligi kerak. Fuqaro himoyasi kuchlari maxsus dastur asosida qayta tayyorlanib, tegishli masalalarni bajarishda doim tayyor turadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 noyabrdagi 455-sonli qaroriga ko’ra FVlar quyidagicha tasniflanadi:
TexnogentusdagiFVlar:
Temiryo’l, avtotransport va metropoliten bilan bog’liq avariya va halokatlar.
Yirik xavfli obektlar va ishlab chiqarish bilan bog’liq yong’in va portlashlar.
Energetika va kommunikasiya tizimlaridagi avariyalar.
Gidrotexnikaavariyalari
Radioaktiv taosir natijasida yuzaga keladigan holatlar.
TabiiytusdagiFVlar:
Geologik xavfli hodisalar (zilzila, ko’chki, cho’kish va b.)
Gidrometereologik xavfli xodisalar (kuchli shamol, suv toshqini, sel va b.)
Favqulotda epidemiologik va epizootik holatlar (infeksion va virusli kasalliklar ommaviy tarqalishi va b.)
EkologiktusliFVlar:
Litosfera – quruqlik holati o’zgarishi bilan yuzaga keladigan xavfli holatlar.
Atmosfera– xavo tarkibi o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan holatlar.
Gidrosfera – suv resurslari tarkibi o’zgarishi, ularni chiqindilar bilan zararlanishi natijasida yuzaga keladigan holatlar.
Loyihalanayotgan korhonada oboektida taobiiy va texnogen tusdagi FV lar sodir bo’lishi mumkin. Tabiiy tusdagi FV lar: yer silkinishi yohud zilzila, kuchli shmol, bo’ron bo’lishi mumkin. Undan tashqari ishlab chiqarish bilan bog’liq texnogen tusdagi FV lar: yong’in, enrgetika va komunikatsiyadagi avariyalar sodir bo’lidhi mumkin.
Texnogen tusli Favqulotda vaziyatlarga ishlab chiqarish bilan bog’liq avariya, yong’in, portlash va boshqa halokatlar kiradi.
Avariya – mashina, mexanizm, kommunikasiyalarningishdan chiqishi, foydalanish tartibiga, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, ishga layoqatsizlik va boshqa sabablar natijasida yuzaga keladigan favqulotda holat. Avariya natijasida ishchi xodimlar xayoti va salomatligiga taosir ko’rsatib, yong’in, portlash, elektr tutashuvlari va boshqa holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalaridagi yong’in, portlash kabi vaziyatlar yirik avariyalar xisoblanadi, chunki atmosfera havosiga kuchli ta’sirchan zaharli moddalar va raadiasiya nuralanishi kabi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Korxonada barchbo’limlar, tsexlarda komunikatsiya vositalari bilan ta’minlangan. Korxonada asosiy Fvdan ogohlantiruvchi signal, harbirtsex, bo’lim boshliqlari ratsiya aloqasi mavjud. KTZM – kimyoviy birikma bo’lib maolum miqdorda yo’l qo’ysa bo’ladigan konsentrasiyadan oshib ketganda insonlarga chorvachilik va qishloq xo’jaligi o’simliklariga zararli taosir ko’rsatadi. Ular texnologik jarayoning asosiy xom-ashyosi yoki bir qismi (ammiak, xlor, vodorod sulfid, uglerod, azot, oltingugurt oksidlari) bo’lishi mumkin. SHuning uchun bunday zaharli birikmalar bilan ishlayotganda doim shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday vositalar ishchi-xodimlarga korxona fuqaro himoyasi yoki texnika xavfsizligi bo’limi tomonidan bepul ta’minlab berilishi lozim. Nafas olish yo’llarini himoyalovchi vositalarga umumiy himoya kostyumlari UXK, gazniqoblar va respiratorlar kiradi.
Gazniqoblar himoyalash turiga ko’ra 2 hilga bo’linadi.
To’siqlovchi gazniqoblar – havo tarkibida yuqori konsentrasiyali zaharli moddalar bo’lib, toza kislorod miqdori 16% dan kam bo’lganda qo’llaniladi. Nafas olish uchun havo maxsus kislorod balonlaridan yoki tashqi (toza) muxitga ulangan havo almashtirish tizimidan olinadi.
Filtrlovchi gazniqoblar – havo tarkibida zaharli moddalar bo’lib, toza kislorod miqdori 18% dan kam bo’lmagan holatlarda foydalaniladi. Tashqi muhitdagi havo filtr qutisidan tozalanib o’tib nafas olish yo’liga uzatiladi.
Filtrlovchi gaz niqoblarni qaysi moddalardan himoya qilishini tanlab olish uchun ularning filtlovchi qutisi rangiga qarab ajratiladi.
Favqulotda vaziyatlar davrida aholini himoya qilishning kompleks chora-tadbirlari qatorida muhim o’rinni yuzaga kelgan havflardan aholini o’z vaqtida ogohlantirish vazifalari xisoblanadi. Bunday tadbirlar radio-televidenie va aloqa xizmatlari orqali fuqaro himoyasi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Korhonada ishchi va hizmatchilarni FV dan ogohlantirishda markaziy dispecherlik bo`limidam butun korxona bo’ylab habar beriladi va avariya signali ishga tushiriladi.
Tinchlik va harbiy vaqtlarda yuzaga kelgan favqulotda vaziyatlar davrida aholini qutqarish va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish FH organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Bunday tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad aholini ommaviy qirg’in qurollaridan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat ko’rsatish, avriya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan odamlarni olib qichishga qaratilgandir.
|
| |