• Metallurgiya sexi Eritish va konvertor-anod bolinmalaridan iborat. a) Eritish bolimi (EB)
  • Mis elektroliz sexi.
  • Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot , ishlab chiqarish texnologiyasi




    Download 0,9 Mb.
    bet2/4
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,9 Mb.
    #237365
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Hisobot namuna

    Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot , ishlab chiqarish texnologiyasi

    Mis eritish zavodi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining eng yirik bo'linmasi hisoblanadi.


    Olmaliq shahrida Oltin-To‘pgon qo‘rg‘oshin-rux zavodi tarkibida mis eritish zavodi qurish to‘g‘risida 1958-yil 17-mayda qaror qabul qilingan. Zavod qurilishi 1960-yilda boshlanib, 1963-yil 31-dekabrda zavodni ishga tushirish to‘g‘risida davlat komissiyasi dalolatnomasi imzolandi va shu kuniyoq birinchi marta xomaki mis olish amalga oshirildi.O‘tgan ellik yildan ortiq vaqt mobaynida mis eritish zavodi muttasil rekonstruksiya qilindi, kengaytirildi, yangi sexlar ishga tushirildi, ularda yangi texnologiyalar o‘zlashtirildi, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarildi.
    Faoliyati
    Mis eritish zavodi kombinatning mis zanjiridagi so`ngi yakunlovchi bo'g'in hisoblanadi, uning tarkibiga quyidagi sexlar mavjud.
    Metallurgiya sexi Eritish va konvertor-anod bo'linmalaridan iborat.
    a) Eritish bo'limi (EB) sulfidli mis konsentratlari va tarkibida qimmatbaxo metallar bo'lgan flyuslarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan. Eritish mahsulotlari mis shteyni, chiqindi shlak va sulfat kislota ishlab chiqarish uchun texnologik gazlardir.
    b) Mis shteynini konvertor-anod bo'limida (KAB) qayta ishlanib, sulfat kislota ishlab chiqarish uchun texnologik gazlar, konvertor shlaklari va xomaki mis olinadi;Xomaki misni olovli tozalash anodli pechlarda amalga oshiriladi, eritish mahsulotlari katodlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo'lgan anodli mis, anodli shlak esa xomaki mis ishlab chiqarishga qaytariladigan qayta ishlanadigan mahsulotdir. Mis granulyatsiya qilish pechi mis kuparosini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan granulalarni quyish uchun mo'ljallangan.
    Mis elektroliz sexi. Mis elektroliz tsexining maqsadi yuqori tozalikka ega mis katodini olishdir. Anodli misni elektrolitik tozalash tovar mahsulotini olish, shuningdek, ulardan oltin, kumush, selen va tellur ajratib olish uchun mis elektrolitlar olish maqsadida mis elektroliz elektrolitik vannalarida amalga oshiriladi.

    Download 0,9 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot , ishlab chiqarish texnologiyasi

    Download 0,9 Mb.