442
tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4731-son Qarori mamlakatimiz sanoatini va ishlab chiqarishini
kamaytirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha qabul
qilingan. Uning asosiy maqsadi rangli metal sanoatini rivojlantirish hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil «Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq
sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5159-son Qarori, mis
ishlab chiqarishga va uning hajmini koʻpaytirishga qaratilgan. Mamlakatda mis sanoati klasterini
shakllantirish boʻyicha dastur ishlab chiqilgan, ushbu dasturda mis ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-
texnologik klasterni yaratish koʻzda tutilgan. Yuqorida taqdim qilingan qarorda mis ishlab chiqarish
sanoatini texnik va texnologik yangilash, yuqori samaradorlikka erishish, togʻ-kon sanoatini yangi
rivojlantirish darajasiga olib chiqish kabi yoʻnalishlar koʻrib chiqilgan.
Mis sanoati klasterini shakllantirishning asosiy maqsadi «ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan
holda tajriba-konstuktorlik ishlarini bajarish, texnologiyalar transfer
jozibadorligini oshirish,
innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga singdirish,
rivojlangan xorijiy texnologiyalardan andoza olish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish uygʻunligini
ta’minlashdan iboratdir».
2023-yilda Ohangaron tumanida mis ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish maqsadida
«Ohangaron Tech Industrial» yangi texnopark foydalanishga topshirildi. Mazkur texnopark «Mis va
noyob metallar xom ashyosini qayta ishlashning texnologik zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyunda qabul qilingan PQ-295-
son Qarori asosida barpo etildi. Texnopark negizida ilmiy-tadqiqot faoliyati olib boriladi va tajriba-
konstruktorlik faoliyati imkoniyatlaridan foydalanib, import xom ashyo materiallarini qisqartirish va
eksportbop, yuqori daromadli mahsulotlar ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
«2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi»da
metallurgiya sanoati korxonalariga katta investitsion loyihalarni jalb qilish, iqtisodiyotning ishlab
chiqarish potensialidan keng foydalanish koʻzda tutilgan.
«Yoshlik I» koniga yoʻnaltirilayotgan investitsiyalarning umumiy hajmi 2 mlrd. AQSh
dollarni tashkil etadi. Stretegiyada koʻzda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida
istiqbolli rejada
2028-yilga kelib kumush – 270 tonna, oltin – 50 tonna va mis ishlab chiqarish yiliga 400 ming tonnani
tashkil etishi rejalashtirilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish
maqsadga muvofiq hisoblanadi, rux va misni qayta ishlash, ular asosida simlar, tasma va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarish iqtisodiyotga faqat naf keltiradi. Mis kukunining hajmini 2 ming tonnaga
va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chaqarish hajmini 10 ming tonnaga koʻpaytirish nazarda tutilgan.
Metallurgiya
sanoatining
YaIMdagi
ulushi
oxirgi
yillarda
11
foizdan
24 foizga oshgani sanoat rivojlanib borayotganidan dalolat bermoqda. Metallurgiya sanoatida 2022-
yil 97,8 trln. soʻmlik ishlab chiqarish hajmiga erishildi, oxirgi olti yilda ushbu koʻrsatkich 10
baravarga koʻpayganini koʻrishimiz mumkin. 2022-yilda jami mis ishlab chiqarish oʻtgan
yilga
nisbatan 3,3 foizga koʻtarildi va 184 ming tonnaga yetkazildi. Mamlakat eksport salohiyatini rangli
metallar eksporti belgilaydi, mis eksporti 2022-yilda 0,4 foizga oshdi va 954 mln. AQSh dollarini
tashkil etdi, rux eksporti 30 foizga oshdi va 213 mln.AQSh dollarini tashkil etdi, alyuminiy eksporti
esa 10 foizga oshdi va 48,6 mln.AQSh dollarini tashkil etdi. Oltin eksportiga toʻxtaladigan boʻlsak,
ushbu koʻrsatkich 14,2 foizga kamayib, 3,6 mln.AQSh dollarini tashkil etdi.
2022-yilda
sanoat
korxonalariga
toʻgʻridan
toʻgʻri
investitsiyalar
hajmi
1,3 mln.AQSh dollarini tashkil etdi, bu koʻrsatkich 2021-yil 1,2 mln.AQSh dollarini tashkil etgan edi.
Barcha sanoat korxonalariga qilingan investitsiyalarning 64 foizi «Olmaliq kon-metallurgiya
kombinati» AJga toʻgʻri keladi.
Bugungi kunda jahon amaliyoti shuni koʻrsatadiki, xom ashyo qazib olish sanoati istiqbolli
rivojlanishga ega. Gʻarbda, jumladan, Kanada va AQShda togʻ-kon metallurgiya sanoati rivojlanish
tendensiyasiga ega, uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida boshqa xorijiy davlatlar
salohiyatidan ham foydalanish nazarda tutilgan, masalan ushbu sanoat korxonalari uchun asbob-
443
uskunalarni Finlandiya korxonalaridan yetkazib beriladi. Avstraliya togʻ-kon
metallurgiya sanoati
uchun dasturiy ta’minotlarni yetkazib beruvchi davlat hisoblanadi.
Xorijiy mamlakatlar misolida Chilini ham keltirishimiz mumkin, u dunyodagi mis
zahirasining 23 foiziga ega, Chilida aynan mis klasteridan keng foydalaniladi.
Xorijiy tajriba shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan mis klasteri loyihasi
oʻta samarali loyihadir. Mis klasterini shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha mamlakatda Yoʻl
xaritasi ishlab chiqilgan, unda mis klasteri infratuzilmasini yaratish, rivojlangan davlatlardan
hamkorlarni jalb qilgan holda, ishlarni tashkil etish va xom-ashyo resurslarini mahalliylashtirish, mis
klasterining servis xizmatlarini nazarda tutuvchi qoʻshimcha sharoitlar yaratish belgilab qoʻyilgan.
Shu bilan birga mis klasterini rivojlantirish qoʻshimcha koʻplab ish oʻrinlarini
yaratilishiga olib
keladi, ba’zi xizmatlar, masalan, qayta ishlash, logistika, IT-texnologiyalardan foydalanish uchun
autsrsing kompaniyalar jalb qilinadi.
«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ yiliga 148 ming tonna mis ishlab chiqaradi, bu
MDH davlatlari ichida Rossiya va Qozogʻistondan keyin uchinchi oʻrinni egallaydi.
«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi amalga
oshirilmoqda, loyihaning umumiy hajmi 2 mlrd.AQSh
dollarini tashkil etib, Wood (Italiya)
kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. loyihani texnik baholash Technip Energies
(Britaniya) kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Loyihani muvaffaqiyatli yakunlash uchun
qoʻshimcha ohak zavodi, energotizim va shu kabi infratuzilmaviy obyektlar qurilishi boshlab
yuborilgan.