447
osonlashtiradi; iqtisodiy rivojlanish bosqichidan qat’iy nazar, mamlakatlar o‘zlarining ta’siri va
ta’sirini kengaytirish orqali global raqamli iqtisodiyotda ishtirok etishdan foyda olishlari mumkin;
samaradorlik va unumdorlikni oshirishdi: ma’lumotlarni avtomatlashtirish va tahlil qilish kabi
raqamli texnologiyalarni joriy etish turli sohalarda samaradorlik va unumdorlikni sezilarli darajada
oshirishi mumkin. Bu rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar uchun jarayonlarni
ratsionalizatsiya qilish va ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun umumiy imkoniyatdir.
2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi, davlatimiz
rahbarining bu borada izchil amalga oshirayotgan siyosati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish agentligini tashkil etilishi, 2022 yil yanvar oyidan respublikaning
barcha mahallalarida
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari
boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari lavozimi ta’sis etilganligida oʻz ifodasini
topgan.
Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, hokim yordamchilariga berilgan vakolat va huquqlar doirasida
mahallabay ishlash tizimi orqali aholiga beriladigan koʻmak va yordam (ijaraga er berish, kredit,
subsidiya, kasbga va tadbirkorlikka oʻqitish, doimiy va mavsumiy ishga joylashtirish, oʻz- oʻzini band
qilish orqali norasmiy sektordagi fuqarolar faoliyatini qonuniylashtirish va boshqalar) har bir mahalla
aholisi, ayniqsa, qishloq aholisi turmush tarzi oʻzgarishi, bandligi ta’minlanishi va muqim daromadga
ega boʻlishida keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi «Oʻzbekiston — 2030»
strategiyasi toʻgʻrisida»gi PQ-300-son Qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-
quvvatlash maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish vazifa qilib belgilandi:
-tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi ayol tadbirkorlar uchun maxsus axborot portalini
ishlab chiqish va ishga tushirish;
-aholining mehnat faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirishga, aholi
bandligini oshirishga qaratilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish va
sifatini oshirish;
-band boʻlmagan shaxslar, kambagʻal oilalarning ishsiz a’zolari va yoshlarni davlat hisobidan
amaliy monomarkaz, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida kasb-hunar, xorijiy tillar va
tadbirkorlik koʻnikmalariga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali ularning
bandligiga koʻmaklashish koʻlamini ikki barobar oshirish;
-innovastion tadbirkorlik natijasida yaratilgan yangi ish oʻrinlari sonini oshirish; ehtiyojmand
aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qulay shartlarda qoʻllab-quvvatlash maqsadida raqamli
mikromoliya tashkilotini tashkil etish;
-tadbirkorlik sub’ektlariga barcha xizmatlarni «yagona darcha» tamoyili asosida onlayn portal
orqali koʻrsatish
choralarini amalga oshirish;
-tadbirkorlik sohasida qulay shart-sharoitlarni yaratish, tartibga solish yukini kamaytirish
borasidagi ishlarni izchil davom ettirish.
Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatda tadbirkorlikning barcha shakllarini
rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosati yuritilayotganligi, aholini, ayniqsa, yoshlar va
xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish ishlari olib borilayotganligi,
sohani rivojlantirish
borasida byurokratik toʻsiqlar, gʻovlarni bartaraf etilayotganligidan dalolat berib, iqtisodiy oʻsishni
ta’minlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning konsteptual va strategik
yondashuvlarini ishlab chiqishga turtki boʻladi.
Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar davomi sifatida kelgusida tadbirkorlikni
rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini
ta’minlash hamda kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha har bir mahallada hokim
yordamchisi lavozimi yoʻlga quyilib, ularga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida aholiga kredit va
subsidiyalar uchun tavsiyanoma berish vakolati berildi.
Bu esa har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va
kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha teng imkoniyat berilishining muhim omili
hisoblanadi.