|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar» Pdf ko'rish
| bet | 302/447 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 9,47 Mb. | | #267669 |
Bog'liq Сборник готовыйTarahtiyeva G.K.,
“Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi
dotsenti, PhD, TDTU
NEFT-GAZ SANOATI KORXONALARINING INNOVATSION-INVESTITSION
FAOLIYATINING TAHLILI
So‘nggi vaqtlarda global miqyosda ro‘y berayotgan siyosiy –iqtisodiy hodisalar hamda
rivojlangan mamlakatlarning an’anaviy yoqilg‘i turlaridan asta-sekinlik bilan voz kechishga bo‘lgan
intensiv harakatlari negizida mamlakatimizning neft va gaz sanoatining istiqboldagi taraqqiyoti va
rivojlanish sstenariylarini yana bir karra ko‘rib chiqish va tahlil etishni taqozo etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi darajadagi qazib olish darajasini ushlab turish uchun 2040
yilgacha jahon miqyosida neft va gaz tarmog‘iga 17 trln.dollar innovatsion-investistiya kiritish talab
etiladi, bu esa o‘z navbatida jahon energetikasiga kiritiladigan innovatsion-investistiyalarning 1/3
qismini tashkil qiladi. Bynga asosan ctrategik zarur ilmiy-texnologik va ictiqbolli innovatsion-
investitsion loyihalarni, zarur va daromadli innovatsiyalarni, har xil algoritmlarni tadbiq qilish bilan
etakchi
ishlab
chiqarish
tarmoqlarini
innovatsiyalash,
zamonaviy
texnik-texnologik
modernizatsiyalash, mahalliy innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish orqali iqticodiyotning yanada
rivojlantirishga katta xissa qo‘shmoqda.
Innovatsion-investistiyalar va ularni amalga oshirish uchun amaliy tadbirlar, milliy iqtisodiyot
va uning tarmoqlari investitsion faoliyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
-innovatsion-investitsion voqea-hodisalarning yuqori darajadagi dinamikligi va uni
boshqarishdagi qarorlarni shakllantirishning yuqori murakkabligi;
-sanoat korxonalarining umumiqtisodiy tizim bilan integratsiyalashuvi hamda uning
rivojlanish strategik maqsadlariga yo‘naltirilganligi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tamoyillar negizida qurilgan innovatsion-investitsion faoliyat iqtisodiy
jarayonlar va ularning tarmoqlari neft-gaz sanoat korxonalari rivojlanishining yuqori darajasi va
innovatsion-investitsion faoliyatning muhim tugallovchi natijalariga erishishga imkon yaratadi.
Innovatsion-investitsion jarayon boshqaruvining asosi - innovatsion-investistiyalar resurslarni
shakllantirishni tashkil etish va ularni boshqarishdan iborat.
|
| |