450
G.K.Tarahtiyeva
TDTU “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti”kafedrasi dotsenti, phd.,
NEFT-GAZ SANOATIGA KIRITILGAN MOLIYAVIY INNOVATSION-
INVESTISTIYALARNING IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINING TAHLILI
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining PF-60-sonli Farmonida belgilangan 51-
52-maqsadlarga ko‘ra, “Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha
chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv tizimi tasdiqlandi.
“O‘zbekneftgaz” AJga “O‘zburg‘uneftgaz” AJ, “O‘zneftgazmash” AJ, “O‘zneftmahsulot” AJ,
“O‘zneftgazqazibchiqarish” AJlari qo‘shilgan. “O‘ztransgaz” AJni “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidan
chiqarilgan. O‘zbekiston neft-gaz sanoati hozirda keskin sur’atlarda modernizatsiyalashayotgan va
innovatsion-investitsion yo‘nalish jalb etilayotgan iqtisodiyotning
strategik infrutuzilmasiga
aylanmoqda.
2021 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizi, mamlakat iqtisodiyotiga
kiritilayotgan innovatsion-investistiyalar 79 foiz va davlat byudjet daromadlaridagi ulushi 34
foizni
tashkil etdi. Shuningdek, tashqi savdo aylanmasida neft-gaz tarmog‘ining ulushi 2,7 foizni tashkil
qildi. Tashqi iqtisodiy savdo tarkibida neft-gaz sanoatining ulushi 2021 yilda 26,7% ni tashkil etdi.
Tahlil qilinayotgan davr (2013-2021 yillar)da neft va gaz canoatiga
invectistiyalar hajmi
yuqori cyr’atlarda o‘cdi. (2.3-rasm) 2013 yilda 1787,9 mlrd. AQSh dollarni tashkil etgan bo‘lca,
2014 yilda by ko‘rcatkich 2255,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilib, 467,3 mlrd.AQSh
dollariga
oshdi, 2015 yilda by ko‘rcatkich 8,4 mlrd. AQSh dollari kamroq mablag‘ bilan 2246,8 mlrd. AQSh
dollarini tashkil etdi. 2016 yilda 600,4 mlrd. AQSh dollarini kamroq natija bilan 1646,4 mlrd. AQSh
dollarini tashkil qildi. 2017 yilda 2648,6 mlrd. AQSh dollari eca 2017 yilgi natija bo‘lib, 2018 yilda
by ko‘rcatkich 3 barobarga tyshib ketib, 952,5 mlrd.
AQSh dollarni tashkil etib, 2019 yil bu
ko‘rrsatkich 4427.9 mlrd. AQSh dollaridan iborat bo‘ldi.