71
Ushbu muommolarni bartaraf etish hamda faol
tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalar
bozorining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi, shunungdek, mahalliy va xorijiy innovatsion
ishlanmalarni iqtisodiyotning real sectoriga ilgari surish uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-
sharoitlarni yaratishga Hukumatimiz tomonidan diqqat qaratilmoqda.
Hulosa
qilib autish mumkinki, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk
huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va
tarbikiy islohotlarni davom
ettirishga qaratilgan innovatsion yo’nalishlaridagi bajariladigan ishlar pirovardida quyidagilarga
erishishga qaratilishi lozim:
1. Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy
tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq
erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga
oshirish;
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik
muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining
faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va
nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
3. Davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini
soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini
kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’yektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish;
4. Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga
xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;
5. Korporativ boshqaruvning zamonaviy standart
va usullarini joriy etish, korxonalarni
strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish;
6. Tadbirkorlik sub’yektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va
mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
7. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat
ishtirokini
kamaytirish,
davlat
boshqaruvi
tizimini
markazlashtirishdan
chiqarish
va
demokratlashtirish, davlat-xususiy
sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va
joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish.