Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Qosimova Dilorom Sabirovna 
i.f.d., professor Toshkent Davlat Iqtisidiyot Universiti
MAMLAKATDA FAOL TADBIRKORLIK VA INNOVATSION FAOLIYATNI 
RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI 
Yurtimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga Hukumat tomonidan qaratilayotgan e’tibor 
yil sayin oshib bormoqda, boisi shiddatli dunyo bozor iqtisodiyotning o’sishu-rivojlanishi 


69 
mamlakatlar iqtisodiyotini global trendiga mutanosib bo’lishini talab qiladi. Buning birdan bir yo’li 
– bu innovatsion iqtisodiyotni jadal o’sishu-rivojlanishni ta’minlash. Ilmu-fan ushbu soha 
yuksalishiga xizmat qilishi bois mamlakatda birinchi o’rinda ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyatni 
qo’llab-quvvatlashga diqqat og’darish zarur. Innovatsion faoliyatning ilmiy-nazariy asoslarini 
kengroq yoritish bunda mos bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, ushbu sohaga oid amaliyotda 
kuzatilayotgan yangi hodisa va jihatlar, hukumat tomonidan ko‘rilayotgan choralar mazmun-
mohiyatini ham ochib berilishi nazarga olish ham maqsadga muvofiq. Innovatsion faoliyatning 
metodologik asoslari 1992 yil Oslo shahrida ishlab chiqildi va ular yuzasidan xalqaro standartlarga 
asoslangan tasiyalar qabul qilindi. Ushbu standartlar texnologik innovatsiyalar nuqtai nazaridan 
ishlab chiqilgan, yangi mahsulotlar va jarayonlarni hamda ularda amalga oshirilgan katta 
o’zgarishlarni qamrab oladi. Innovatsiya, faqat u bozorga chiqarilsa yoki ishlab chiqarish jarayoniga 
joriy etilgan bo’lsa, amalda yakullangan bo’ladi. Odatda, innovatsion faoliyatning fan-texnika 
taraqqiyotiga hamda ishlab chiqarish amaliyotini rivojlantirishga qo’shgan xissasi ularoq beshta turga 
ajratsak bo’ladi. 
Buyuk innovatsiyalar
ishlab chiqarish tarkibi, boshqaruv modeli va iqtisodiy 
rivojlanish sur’atlarini tubdan o’zgartiruvchi inqilobiy yangiliklarni o’z ichida aks ettirgan bo’ladi. 
Bularning zamini bo’lib fundamental ilmiy tadqiqotlarning natijalari negizida yaratilgan kashfiyot va 
ixtirolar hisoblanadi. Bunday innovatsiya jumlasiga mineral-resurslarni qiduruv va qazib chiqarish 
(1842-1875 yy.), bug’ dvigateli (parovaya mashina)ni yaratish va qo’llash (1842-1897 yy.), elektr 
energiyasi va ichki yonish motori (dvigatel’ vnutrennego sgoraniya) kashf etilishi (1897-1940 yy.), 
keyin bo’lsa atom fizikasi, kosmik texnika va komp’yuterlar (1940-1995 yy.), bundan so’ng gen 
injeneriyasi, biotexnologiya, yangi materiallar, mikroskopik texnika va energetika (shu jumladan 
yangi muqobil elektr energiya manbai) sohasi yutuqlarini aytish mumkin (1995 y. to hozirgi 
vaqtgacha). 
Radikal innovatsiyalar 
asosida yangi
 
ishlab chiqarish tarmoqlari paydo bo’ladi. Bunga sabab 
yangi ilmiy g’oyalar va ixtirolar yaratilishi bois mavjud texnologik jarayon hamda tuzilmalar 
yaxshilanadi. Bu kabi innovatsiya mahsuli jumlasiga lazer, radio, plazma va optic tola kashfiyotlari 
kiradi. 
Printsipial innovatsiyalar
– bular odatda yirik ixtirolar, ya’ni bunda butun bir texnologiya 
o’rniga yangisi keladi. Ilmiy faoliyat natijasida yaratilgan bu kabi ixtirolar jamiyatimizning shiddat 
bilan oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi yoqori darajadagi texnik va 
iqtisodiy parametrlarga ega bo’lgan, polimerlar kimyosi, nanotexnologiyalar, elektroenergiyaning 
yangi manbalari, agroinvitro, aloqa va axboratlashtirishdagi zamonaviy kommunikatsion 
imkoniyatlar, integral sxemalarning yangi avlodlari, issiqliq manbalarining yangi manbasini misol 
qilishimiz mumkin.
Takomillashtiruvchi innovatsiyalar 
o’z ichiga amaliyotda qo’llanilayotgan texnika va 
texnologiyalarning yangi, takomillashgani vujudga keladi, ya’ni ularning texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlari yaxshilanishi barovarida ijtimoiy foydaliligi oshgan bo’ladi. Bular qatoriga gaz 
tozalash uskunalari, gidravlik presslar, metallga ishlov berish qurulmalarning turli xillari, yangi 
qotishmalar va materiallar olish texnologiyalari va shunga o’xshash yangiliklarni kiritishimiz 
mumkin.
Oddiy innovatsiyalar
ning maqsadi bo’lib ishlab chiqarish jarayonining asosiy texnik va 
iqtisodiy parametrlarini saqlagan holda dastgohlar va asbob-uskunalar ko’rsatkichlarini yaxshilash va 
takomillashtirib borish hisoblanadi. Bunaqa innovatsiyalar tovarni sotish, ishlab chiqarish, 
tayyorlashdagi jarayonlarining yangicha usul va amaliyoti ratsionalizatorlik taklif va uncha murakkab 
bo’lmagan ixtirolar hamda oddiy kashfiyot negizida paydo bo’lishini ta’kidlashimiz o’rinli. 
O'zbekiston Respublikasining 2020.19.06 dagi “Innovatsion faoliyat to'g'risidagi” qonunining 
5-moddasida berilganidek, Innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
innovatsion rivojlantirishning huquqiy jihatdan tartibga solinishini ta'minlash; 
innovatsion faoliyat sohasidagi ustuvor yo'nalishlarni belgilash, shu jumladan texnologik 
taraqqiyotni prognozlashtirish asosida belgilash; 
innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish; 


70 
innovatsion faoliyat sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish; 
innovatsion faoliyat sohasidagi respublika, tarmoq va hududiy davlat dasturlarini ishlab 
chiqish hamda amalga oshirish; 
innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb etishga ko'maklashish; 
innovatsion faoliyat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish; 
innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning 
malakasini oshirishni tashkil etish. 
Mamlakatimizdagi ilmiy jihatdan salmoqli innovatsion texnologiyalarning sanoatga olib 
kirilishini Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Texnolgiyalar transferi qo’mitasi ta’minlaydi, mahalliy 
innovatsiyalarning patent himoyasini O’zbekiston intellektual mulk agentligi amalga 
oshiradi. Eksport innovatsion savdo va investitsiyalarni jalb etish Tashqi iqtisodiy aloqalar, 
Investitsiyalar va Savdo vazirliklari hamkorligida amalga oshiriladi. Respublikadagi innofatsion 
faoliyat ko’p jihatdan davlat tomonidan tartibga solinadi (qonunchilik va egiluvchan soliq solish, 
davlat va idoralar fondlari, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yirik loyihalar va h.). Ustuvor 
davlat dasturlari bo’yicha innovatsion loyihalar uchun mas’uliyat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo’mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Mamalakatimizda innovatsion jarayonlarning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti sharoitida yalpi ichki 
mahsulot o’sishi barqarorlashishiga katta ta’sir etganligi bois innovatsion faoliaytni boshqarish 
ahamiyati tobora ortmoqda. Shunung uchun davlatimiz tomonidan innovatsion faoliyat va 
jarayonlarini jadallashtirish uchun bir qator amaliy choralar ko’riliyapti. Davlat dasturlarida 
innovatsion siyosatining asosiy jihatlari – mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini 
oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o’sishiga imkon beruvchi faol 
tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishga, innovatsion g’oya va 
texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratilishidir.
Shu bilan birga, hukumat organlari o’tkazgan tahlili mamlakatda faol tadbirkorlik va 
innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to’sqinliq qiluvchi, 
jumladan, quyidagi qator tizimli muammolar mavjudligini aniqlashga yordam bergan: 

Download 9,47 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish