150
turli xil muddatgacha cho‘ziladi. Shu kunga qadar O‘zbekiston tashkilotga
eng uzoq davrdan beri
a’zo bo‘lish jarayonidagi davlat hisoblanadi. Ilk qadam 1994-yilda boshlangan bo‘lib, 2005-yilga
qadar muzokaralar olib borilgan, vaqtincha to‘xtatilgan, shundan so‘ng 2017-yilda JSTga a’zo bo‘lish
jarayoni yana kun tartibiga qaytdi va hozirgi kunga qadar muzokaralar olib borilmoqda.
Shuningdek, davlatimiz oldida yana bir iqtisodiy integratsiya hisoblangan Yevroosiyo
iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasi ham bor. Hozirda O‘zbekiston uchun birinchi navbatda JST
yoki YeOII a’zo bo‘lish ko‘proq iqtisodiy foyda olib kelishi borasida ko‘plab keng muhokamalar
hamda izlanishlar olib borilishini taqozo etmoqda.
Milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni,
xususan tashqi
savdoni yanada yaxshilash maqsadida mamlakatimizda 2016-yildan boshlangan iqtisodiy
islohotlardan so‘ng JSTga qo‘shilish harakati yana kuchaydi. Sababi xozirgi kunda O‘zbekistonning
top eksport hamda import hamkorlarining barchasi JSTning a’zosi hisoblanadi. Ushbu davlatlar bilan
savdo-iqtisodiy munosabatda O‘zbekiston uchinchi davlat sifatida ishtirok etishi natijasida
mamlakatimizdan eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan yuqori boj stavkalari hamda notarif tartibga
solish usullari keng joriy etilishining eksport salohiyatiga salbiy ta’siri bartaraf etiladi. Hozir 204
mamlakat bilan savdo aloqasi yo‘lga qo‘yilgan. Tashqi savdo aylanmasining salmoqli ulushi aynan
JST tarkibiga kiruvchi davlatlarga tegishli. 2022 yil yakuniga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 61,5 foizni
tashkil qildi. Bunda Rossiya 18,6, Xitoy 17,8, Qozog‘iston 9,2, Turkiya 6,4, Koreya Respublikasi
4,7, Qirg‘iziston 2,5 va Germaniya 2,3 foizni tashkil etdi.