|
KREATIV FIKRLASH- TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ASOSIY OMIL Pdf ko'rish
|
bet | 274/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)
KREATIV FIKRLASH- TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ASOSIY OMIL
Annotatsiya: Ushbu maqolada, kreativ fikrlashning ahamiyati va xalq ta’limi
xodimlarini malakasini oshirishda
o’qituvchilarning kreativ fikrlash ko’nikmasini
shakllantirish va rivojlantirish usullari ko’rsatib berilgan .
Аннотация: В этой статье оснащена роль креативного мышления и указаны
пути эффективного формирования и развития креативного мышления у
педагогов в сфере повышения квалификации
Kalit so’zlar: kreativlik, ko’nikma, ruhlantirish, enerjayzer, kreativ tafakkur
Hozirgi paytda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin
ortib bormoqda va bu talablarga to’g’ri yondashgan holda ularni amalda bajarish
o’qituvchining vazifasidir. Pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab
sohalaridan biridir. Hozirgi jamiyatimizda o’qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs
sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoiy
bo’lishi lozim chunki, u kechiktirib bo’lmas jarayon shaxsni intellektual hamda
ma’naviy qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Hozirgi zamon standartlarini amalga
tadbiq etish o’qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni,
balki o’z ishiga ijodiy yondashishni talab etadi. O’qituvchining kreativligi o’z
tajribasini qayta ko’rib chiqishi va yaxshilashi hammaga ma’lum narsalarni
o’zgartira olishi va ijodiy foydalana olishi, sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi
juda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Kreativlik tushunchasi(lot., ing. ”create”-yaratish, ”creative”yaratuvchi, ijodkor)
ingliz tilidan tarjima qilinganda ijod ma’nosini anglatadi.
Kreativlikni- ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy
tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya va
pedagogika lug’atlariga asoslanib o’qituvchining kreativligi deb uning
fikrlaridagiб sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy
yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkun. Kreativlik insonda mavjud
ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga
|
| |