|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 275/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
304
javob beradi.
Kreаtivlik yuqumli xususiyatga egadir; kreativ bo’lish uchun kishi кo’proq
kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo’lishi lozim. Har
qanday ko’nikmani shakllantirish mumkun bo’lganiday, kreativ fikrlash qobilyati
yoki ko’nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu pedagoglarga kreativlik ustida
ishlash, noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq, pedagoglarni ruhlantirish
va kreativ bo’lishga undash o’qituvchining qay darajada malakali ekanligiga
bog’liq. Bu auditoriyadagi muhit, pedagoglarda fikrlash tarzining shakllanishi,
o’qituvchining yondashuv va strategiyalari elementlarini o’z ichiga oladi”.
Haligacha ta’lim tizimida ko’plab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash
emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to’g’ri yetkazishga,
nari borsa, bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga
yo’naltirilgan. Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganiga qaramay, ko’pchilik
o’qituvchilar hali hanuz kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish
tajribasini o’zlashtira olmayaptilar.
Balki darslarni avvaldan o’ylab, rejalashtirib o’tilishi pedagoglar uchun
qiziq bo’lmayotgandir, balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi
pedagoglar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag’bat bildirmayotgandir.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod
mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratish zarur. Quyida, pedagog xodimlar
uchun Pedagogika yo’nalishidagi mashg’ulotlarda foydalansa bo’ladigan kreativ
fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish usullaridan ba’zi namunalar
keltiramiz. “Barcha uchun shokolad” rolli o‘yin:
Maqsad: ishtirokchilarga o‘zlarini sotuvchi rolida sinab ko‘rish imkonini berish
orqali kreativ fikrlash, rolli o’yinni qiziqarli va samarali tashkil etish, akademik
qobiliyatlarini namoyon qilish
Kerakli materiallar: rol tavsifi yozilgan kartochkalar, yarim kilo shokolad
Vaqt:15 daqiqa
“Barcha uchun shokolad” rolli o‘yinini tashkil qilish uchun 4 nafar ko‘ngilli
tanlab olinadi va auditoriyadan tashqariga chiqariladi. Ularga mashxur shokolad
fabrikasining reklama agenti rolini o‘ynash topshiriladi. Shundan so‘ng ko‘ngillilar
auditoriyaga taklif etiladi, har biri bitta maqsadli guruh bilan muloqot qilib,
topshirilgan vazifani bajaradi.
Reklama agentlarining vazifasi- kreativ fikrlash ko’nikmasini maksimal darajada
qollab, har qanday yo‘l bilan mahsulotni reklama qilish, iloji bo‘lsa- sotish.
Maqsadli guruhlarning vazifasi-o‘zlarini guruh tabiatiga mos tutish, mahsulotni
|
| |