“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
401 
– tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar sterebral falaji, 
skolioz, poliomielit, miopatiya, osteomielit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining 
yetishmovchiligi — pakanalik); 
– psixik rivojlanishi sust bolalar; 
– aqli zaif bolalar; 
– murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2ta va undan ko‘p yetishmovchilik 
bo‘lgan bolalar). 
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasining o‘quvchilari yakshanba va 
bayram kunlaridan tashqari muassasaga tegishli yotoqxonalarda yashab, 
belgilangan ustav va ichki tartibga, shuningdek, sanitariya normalari va qoidalariga 
amal qilishlari shart.
Inklyuziv ta'limni ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasida olib borilishining
ijobiy tomonlari: 
Maxsus maktab va maktab-internatlarda ta'lim olayotgan bolalar o‘rtasida 
kamsitilish, o‘zining nusqonidan uyalish kabi holatlar bo‘lmaydi, sababi o‘quv 
tarbiya jarayonlari tabaqalashtirilgan yondashuv asosida olib boriladi. Ya'ni ko‘rish 
qobiliyatida nuqsoni borlar alohida, karlar alohida, psixik rivojlanishida nuqsoni 
bor bo‘lganlar alohida maktablarda. 

Maxsus maktablardagi bolalar ta'lim olish bilan bir qatorda tibbiy 
xizmatlardan ham foydalanish, davolanish huquqiga ega bo‘ladilar. 

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o‘quvchilari bepul maktabgacha 
ta'lim va umumiy o‘rta ta'lim olish, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari 
uchun belgilangan norma va qoidalar asosida bepul oziq-ovqat bilan 
ta'minlanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar 
va tanlovlarda) qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar. 
Salbiy tomonlari: 

Mahsus maktabda ta'lim olayotgan bolalar o‘z qobiqlariga va o‘z 
“toifalaridagi” tengdoshlari qobig‘iga o‘ralib qolishadi. Bir xildagi hayot 
tarziga ko‘nikib, kelajaklariga umidsizlik bilan qaray boshlashadi. 

Ota-onalaridan, oilalaridan uzoqlashib, “yovvoyilashib”, begonalashib 
borishadi. 

Xohlamagan vaqtda uxlashga, ovqatlanishga majbur bo‘lishadi. 

Yolg‘iz yashashga o‘rganib qolishadi. 

O‘zlarini “sog‘lom odamlar”dan yiroq his qilishadi va beixtiyor jamiyatdan 
ajralib borishadi. 

“Nogironlar” va “sog‘lomlar” degan tabaqalanish hissida ulg‘ayishadi. 



Download 6,55 Mb.
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish