“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
409
M.M.Gadoyeva
Buxoro viloyat XTXQTUMOHM
“Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari”
kafedrasi katta o’qituvchisi
KREATIV FIKRLASH - INTEGRATIV VA DIFFERENSIAL
TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH OMILI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kreativ fikrlash orqali integrativ va differensial
ta’limni mazmunan chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini
umumlashtirish , yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy
sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutishi, shuningdek, o‘quvchilarning iqtidori,
qiziqishi, o‘zlashtirishiga ko‘ra differensial tayyorgarlikni kuchaytirish va
murakkablashtirish – zamonaviy maktabning global yo‘nalishiga aylanishi
to’g’risida ma’lumotlar aks etgan.
Аннотация:
В статье рассматриваются понятие и специфика науки, а
также
некоторые
особенности
функционирования,
интеграции
и
дифференциации науки в современных условиях. Результатами деления наук
выступает образование в той или иной степени новых отраслей. Обособлены
самостоятельные научные дисциплины.
Abstract:
The article discusses the concept and specificity of science, as well as
some features of the functioning, integration and differentiation of science in
modern conditions. The results of the division of sciences are the formation, to one
degree or another of new industries. Separated independent scientific disciplines.
Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga
qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon
shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga,
innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
INNOVATSIYA – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan
boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida
boshlashimiz kerak.