“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
412
Muqimova Gulnora Rashidovna
Buxoro viloyat
XTXQTMOHM Tillarni o`qitish
metodikasi kafedrasi o`qituvchisi
O‘SIMLIK NOMLARNI KO‘CHMA MA’NODA KELISHNI TOPISH
ORQALI O`QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI
RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya:
Kreativ fikrlash bugungi yoshlarning rivojlanishlari uchun kerakli
kompetensiya hisoblanadi. Bu ularga globallashuv sharoitida jadallik bilan
o‘zgarib borayotgan, savodxonlik va raqamlash ilgari surilgan hamda “21-asr”
ko‘nikmalariga ega moslashuvchan ishchilarni talab qiladigan dunyoga
moslashishga yordam beradi.
Annotation:
Creative thinking is a necessary competency for the development of
today’s youth. This will help them adapt to a rapidly changing world in a
globalized world, where literacy and numbering are promoted and where flexible
workers with 21st century skills are needed.
PISA tadqiqotida
kreativ fikrlash
termini o‘quvchilarning tasavvurlarni
ta’sirchan tarzda ifodalash, bilim olishni rag‘batlantiruvchi, original va samarali
yechim topishga yo‘naltiruvchi g‘oyalarni shakllantirish, baholash va
takomillashtirishda faol ishtirok etish kompetensiyasi sifatida ta’riflangan. Bu
ta’limning barcha turida tahsil oluvchi o‘quvchilarning g‘oyalar yaratish
jarayonida qay darajada ishtirok etishi, g‘oyalarning ahamiyati va yangiligini
inobatga olib, ularga nisbatan o‘z munosabatlarini qay tartibda bildirishini va
o‘zlari kutgan natijaga erishmagunga qadar g‘oyalarni yaratishda davom etishini
anglatadi. Endigina rivojlanib borayotgan Kreativ fikrlash sohasi ustida Amabail,
Pratt, Barbot va Hyuzer, Begetto kabi tadqiqotchi olimlar qator tadqiqotlar olib
brogan.
Ta’limning asosiy roli o‘quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyatga erishishlari
uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar bilan ta’minlashdan iborat. Kreativ fikrlash
bugungi yoshlarning rivojlanishlari uchun kerakli kompetensiya hisoblanadi. Bu
ularga globallashuv sharoitida jadallik bilan o‘zgarib borayotgan, savodxonlik va
raqamlash ilgari surilgan hamda “21-asr” ko‘nikmalariga ega moslashuvchan
ishchilarni talab qiladigan dunyoga moslashishga yordam beradi. Kreativ fikrlashni
o‘rgatish bugungi kun o‘quvchilari va yoshlariga dolzarb muammolarni yechish
uchun yangi texnologiyalardan foydalangan holda hali yaratib ulgurilmagan
sektorlarda yoki vazifalarda ishlash, shu bilan birga mashinalar bajara olmaydigan
ishlarni osonlikcha amalga oshira olish hamda murakkab mahalliy va global
|