“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
411 
holda, bir qadar murakkabroq o‘quv materiallarini taqdim etish, ular o‘quv 
materiallari maqbul o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida o‘z aksini 
topmog‘i lozim. Bunda o‘quvchining bilim sifati va muayyan o‘quv predmetini 
o‘rganishga qo‘yiladigan talablar ham bir qadar oshiriladi. O‘quvchilarning bilim 
darajasini oshirishda ta’lim mazmunini integratsiyalash, unda ta’lim mazmuniga 
singdirilgan barcha tushunchalarni tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy gumanitar sohaga 
oid bilimlar sifatida taqdim etish muhimdir. Zero, integratsiyalashgan 
mashg‘ulotlar o‘quvchilarda dunyoning yaxlitligi xaqida bir butun tasavvur xosil 
qilishga ko‘maklashadi. Shuning uchun ham bir qator o‘quv fanlarini 
integratsiyalashga bugungi kunda kuchli ehtiyoj sezilmoqda.
Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir-birini taqozo 
etuvchi va bir-biriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini 
integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat 
usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. 
O‘quvchilarning iqtidori, qiziqishi, o‘zlashtirishiga ko‘ra differensial 
tayyorgarlikni kuchaytirish va murakkablashtirish – zamonaviy maktabning global 
yo‘nalishiga aylandi. 
Differensiyaning asosiy shakllari – o‘quv muassasalarini turli tiplarga bo‘lish, 
bir maktab ichida potok va profillarga, sinfda guruhlarga ajratish nazarda tutiladi. 
Differensial ta’lim muammosi bir xil hal bo‘lmaydi va qarama-qarshiliklarga ega. 
Ijtimoiy tomondan differensiya ijtimoiy tanlov usuliga aylanadi. Odatda 
tabaqalanish (differensiya) boshlang‘ich maktabni bitirgandan keyin boshlanadi. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, integrativ mashg‘ulotlar o‘quvchilarda 
ishonch hissini qaror toptiradi. O‘quv jarayonining muvaffaqqiyati hamda 
bilimlarning yuqori sifatini ta’minlaydi, darslarda psixologik qulayliklarning 
o‘ziga xos qirralari singdiriladi, ta’lim oluvchifaoliyatini samarali tashkil qilishga 
yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari taqdim etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar 
Kostyuk G.S. Izbrannыe psixologicheskie trudы.-M.: Pedagogika, 1991.-120-b 
I. N. Zornikov, L. P. Volkova. Problemы i perspektivы mejdunarodnoy integratsii 
vыsshego obrazovaniya.-Voronej, 2009. 

Download 6,55 Mb.
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish