|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 368/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
402
Darslarni olib boruvchi o‘qituvchilar maxsus bilimlar, Brayl va
boshqalarni berish bilan cheklanmasdan, xulq-atvor, tekshiruv baxolash, gurux,
ishlari, dasturga moslashish, individual o‘qitish metodlari, sinfni boshqarish va
arzon o‘qitish qo‘llanmalari ulardan foydalanishga ham diqqatni qaratishlari kerak.
Shu bilan birga bugungi kunda oilalarning ijtimoiy xolatini tahlil qilish,
ularni xayotini normallashtirish dolzarb vazifadir.
Nogironlikka ega bo‘lgan bolalar xayotini xam yaxshilash, ularni xam oddiy
maktablarda ta'lim xam oddiy maktablarda ta'lim olishida ijtimoiy ishlar
yo‘nalishi o‘ziga xos alohida axamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ishlar yo‘nalishi o‘z
oldiga bola tarbiyasiga oid qator vazifalarni qo‘yadi.
1.
Nogironlikka ega bo‘lgan bolalar xayotini normallashtirish;
2.
Oilaning ijtimoiy – iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish;
3.
Oilada boshqa farzandlari qatori, nogironlikka ega farzandni xam o‘sib
ulg‘ayishi;
4.
Inklyuziv ta'lim orqali nogiron bolalar xayotini ham me'yorlashtirish va
oilada qoldirish.
“Ota – onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va
tarbiyalashga majburdirlar” deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida.
Shunday ekan har bir farzand ota – ona bag‘rida o‘sib – ulg‘ayib, ta'lim olish
kerak.
|
| |