“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
57
va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas,
balki darslarni kreativlik
ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga
intilishingizdadir”[3,10]
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo,
muayyan
masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash
o‘quvchi va talabalardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda
ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir
tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi.
Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini
inkor etib bo‘lmaydi.
Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni
shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish,
masalani yechishda o‘quvchi va talaba yechimning bir necha variantini izlaydi
(ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul
natijani kafolatlovchi
birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar
guruhlari:
1) bilishga oid (gnostik)
malakalar;
2) loyihalash malakalari;
3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;
4) tadqiqotchilik malakalari;
5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
6) tashkilotchilik malakalari;
7) izchillikni ta’minlovchi (protsessual) malakalar;
8) texnik-texnologik malakalar.
O'quvchilar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la
namoyon qilishlari mumkin. Agar o'quvchilarda muvaffaqiyatsizlikka
uchrash
qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga
uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini samarali
shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. O'quvchilarda kreativlikni
odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini
muvaffaqiyatli
shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta
anglanishi va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan metod va
vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Muayyan
omillar
pedagoglarda
kreativlik
sifatlari,
malakalarini
rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o‘qituvchilar
ushbu omillarni barataf etishga e’tibor qaratishlari lozim.
Darslarda o‘qituvchi “kreativlik yo‘l xaritasi”ga ko‘ra quyidagi to‘rtta