“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
55
Oripova Mavluda Qodirovna
BVXTXQTMOHM "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi" kafedrasi
katta o’qituvchisi
O’QITUVCHI IJODKORLIGINI SHAKLLANTIRISHNING
PEDAGOGIK ASOSI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim tizimida pedagoglarning kreativlik
sifatlariga ega bo‘lishlari ularda o‘quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga
an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni yaratish, bir qolipda
fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslik kabi
jihatlar ochib berilgan
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida,
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda
yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi.
Kreativlik
(lot.,ing.“create” - yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) –
individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda
mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
ma’nosini ifodalaydi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha,
kreativlik
muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
farazni tekshirish va o‘zgartirish;
qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro
qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi. [1,28]
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga
shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va
rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari,
tabiiy va ijtimoiy quvvatini, kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga
yo‘naltiradi. Ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik
sifatlariga ega bo‘lishlari ularda o‘quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga
an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni yaratish, bir qolipda
fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka
yordam beradi.
Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda
ijodiy yondashish, yangi, ilg‘or, o‘quvchi va talabalarning o‘quv faoliyatini,
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g‘oyalarni yaratishda
|