|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashningBog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
58
yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning
kreativligini ifodalovchi belgilar sanaladi:
ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etish;
o‘quvchilarni o‘quv fanlarini qiziqish bilan o‘zlashtirishga rag‘batlantiruvchi
strategiya (metod va vositalar)dan foydalana olish;
innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammo)larning yechimini
topishga kreativ yondashish;
kutiladigan natijasi.[4,12]
Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatida
quyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur:
tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;
yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati;
bir qolipda fikrlamaslik;
o‘ziga xoslik;
tashabbuskorlik;
noaniqlikka toqat qilish;
zakovatli bo‘lish.
Quyidagi omillar esa shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi:
o‘zini tavakkaldan olib qochish;
fikrlash va hatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish;
shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
boshqalarga tobe bo‘lish;
har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash.
O'quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, ularda kreativ tafakkurni
shakllantira olish uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor shaxs bo‘lishi
zarur. Bordi-yu, uning o‘zi kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasa, u holda qanday
qilib, o'quvchilarni kreativ fikrlashga rag‘batlantira oladi.
Holbuki, o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, o'quvchilar ham
shunday bo‘la oladi. O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi
emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‘oyalarni
ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda ta’lim va tarbiya jarayonlarining
sifatli, samarali tashkil etilishi ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga
qo‘yilmoqda. Mazkur zaruriyatning qondirilishi pedagoglarning yuqori darajada
kasbiy kompetentlik, mahorat va malakalarga ega bo‘lishlarini taqozo etadi.
Pedagoglarning ta’lim jarayoniga kreativ yondashuvlari o‘quvchi va talabalarda
|
| |