|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashningBog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
56
faollik ko‘rsatish, ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish,
shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr
almashish tajribasiga ega bo‘lishga e’tibor qaratadi.
Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati
ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali
shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday
mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega
bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni
tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini-o‘zi
ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim
ahamiyatga ega.[2,77]
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod
mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va
vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy
yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish orqali mavjud bilimlari va
hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash keladi. Buning natijasida
o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.
Pedagogik kreativlik (ijodkorlik) - pedagogning an’anaviy pedagogik
fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi
ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud
pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini
|
| |